BOLGARIYA
(Bolgariya Respublikasi)
Maydoni - 111000 kvadrat kilometr.
Aholisi - 8300000 kishi.
Bolgarlar janubiy slavyanlardir. Ular
qadimdan Bolqon yarim orolining shimoli-
sharqiy qismida yashaydilar. Lekin butun
tarixi davomida mustaqillik uchun aw al Vi-
zantiya, so'ng Usmonli Turk saltanatiga
qarshi kurashib keldilar va o'z yozuvi va
madaniyatini saqlab qola oldilar. Bolgar yo
zuvi va madaniyati sharqiy slavyanlar — rus,
7—K-8279
ukrain, belaruslarnikiga juda yaq
olgar
adabiyoti ayniqsa boy. O'tkir hazil-
^oyiba
va hayotiy hajvlarga boy quvnoq
avrovo
hikoyalarini kim bilmaydi, deysiz.
Ilgari Bolgariya Yevropaning eng qoloq
mamlakatlaridan biri edi. Hatto o'roq, chalg'i,
igna ham boshqa mamlakatlardan sotib d i
nar edi. Endi bolgarlarning o'zi po'lat va
qo'rg'oshin, traktor va avtomobillar, asboblar,
stanoklar, ko'tarish kranlari, kemalar ishlab
chiqarmoqdalar. Bolgariyada og'ir sanoat va
oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. .lashi-
nasozlik, e le ktro n va e le ktr te xn ika ,
metallsozlik korxonalari mavjud; qurilish ma-
teriallari ishlab chiqariladi, qora v i rangli
m e ta llu rg iya , kim yo va neft kim yosi,
yog'ochsozlik, konserva korxonala.i barpo
etilgan, ko'mir, temir rudalari, neft qazib oli
nadi. B olg a riya d a ishlab ch iq a rilg an
ko'tarma kran va elektr kranlarni O'zbekiston
korxonalarida ham uchratish mumkin.
Bolgariyani Yevropaning polizi deb atay-
dilar. Bu gapda jon bor. Bolgar dehqonlari
makkajo'xori, bug'doy, sholi, paxta ekadilar.
Ammo Bolgariya ko'proq o'zining uzumi va
sabzavotlari — pomidor, qalampir, bodring-
lari, olma va noklari bilan mashhur. Bular
yangiligida va konserva holida maxsus av-
topoyezd va samolyotlarda turli mamlakatlar-
ga yetkazib beriladi. Bolgariyaning naq
markazida, tog' oralig'idagi havzada dunyo
ga mashhur moyli atirgullar plantatsiyasi
mavjud. Gul barglaridan atirgul moyi olinadi.
Bolgariyada og'ir sanoat va oziq-ovqat
sanoati ham rivojlangan. Bolgariyaning
so'lim tabiati va rohatbaxsh qumli sohillari
chet ellik sayyohlarni ko'plab jalb etadi. Qora
dengiz bo'yidagi shifo va orom maskanlari
mashhur. Oltin qumloq va Quyoshli sohil
kurortlarida dunyoning hamma tillarida
so'zlashuvchi sayyohlar va dam oluvchilarni
uchratish mumkin.
Bolgariya bilan O'zbekiston Respublika
si o'rtasida 1992-yil diplomatiya munosabat
lari o'rnatilgan. Ikkala mamlakat o'rtasidagi
munosabatlar iqtisodiy va madaniy aloqalar
yanada rivojlana boshladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |