BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI
O'zbekiston 1991-yil 31-avgust kuni o'z
mustaqilligini e’lon qilganini yaxshi bilamiz,
albatta. Shu ulug' tarixiy sanadan ko'p o'tmay,
1992- yil 2- martda Respublikamiz Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (qisqartma nomi - BMT)ga
qabul etildi. Jahondagi eng yirik xalqaro tash-
kilotga teng huquqli a’zo bo'lib kirdi. Uning
ko'k, yashil va oq rangdagi Davlat Bayrog'i
BMT binosi oldida h ilpiradi. Dunyo
O'zbekistonni tanidi!
BMTning o'zi qanday tashkilot? U qachon,
qayerda tuzilgan? Buni bilib olish uchun tarix
sahifalariga murojaat qilamiz.
1914 - 1918-yillardagi
birinchi jahon
urushi va 1939 - 45-yillardagi ikkinchi jahon
urushi bir avlod umri davomida odamzod
boshiga son-sanoqsiz kulfat soldi. Bu urush-
larda millionlab kishi jang maydonlarida, front
orqasida halok bo'ldi, bundan ham ko'proq
tinch aholi asirlikda, qamoqlarda, konslager-
larda qirg'in qilindi, otildi, osildi.
Yaradorlar,
nogironlar, bedarak yo'qolganlar soni esa
hozirgacha noma’lum, ammo ular ham mil
lionlab ekani shubhasiz.
Bundan buyon dunyoda dahshatli urushlar-
ga boshqa yo'l qo'ymaslik, Yer yuzida tinch
lik va xavfsizlikni saqlash, mustahkamlash,
xalqlar o'rtasida tinch hamkorlik o'rnatish
uchun birinchi galda nima qilish kerak? Mus
taqil davlatlarning ixtiyoriy birlashuvi, xalqaro
tashkilotini tuzish zarur! Ikkinchi jahon urushi
davom
etar ekan, gitlerchilarga qarshi jang
qilayotgan mamlakatlarning oliy rahbarlari
ana shunday fikrga kelishdi. Yangi tashkilot -
Birlashgan Millatlar Tashkilotini tuzish uchun
hozirlik ko'ra boshlashdi. Awalo mazkur tash-
kilotning vazifalari belgilandi, tartib-qoidalari,
ya’ni Nizomi yaratildi.
U Birlashgan Millatlar-
ning 1945-yil 24-iyunda San-Fransisko
(AQSH) shahrida o'tkazilgan Konferensiyasi-
da imzolandi. Oradan to'rt oy o'tib, sobiq
SSSR, AQSH, Angliya, Fransiya, Xitoy, BMT
a’zolarining jami 50 nafari tomonidan
Nizom
tasdiqlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti dun-
yoga keldi. Uning maqsadlari - xalqaro tinch
lik va xavfsizlikni saqlashdan, m illatlar
o'rtasida do'stona aloqalarni rivojlantirishdan,
hamkorlik o'rnatishdan, inson huquqlari va
erkinliklariga hurmat bilan qarashni qaror top-
tirishdan iborat, deb e’lon etildi.
Shu tarixiy voqeadan beri oradan ellik
yildan ziyod vaqt o'tdi. BMT a’zolari soni 188
taga yetdi (1999).
Yer yuzida tinchlikni
saqlash, davlatlar o'rtasidagi nizolarni
to'xtatish, qurolsizlanish, mustamlakachilikni
tugatish, inson huquqlarini himoyalash kabi
juda muhim masalalarni
hal etish yuzasidan
yuzlab qarorlar qabul qilindi va amalga oshi-
rildi. Ular orasida Bolalar huquqlari haqidagi
Konvensiya ham bor. 1989-yil 20-noyabrda
qabul qilingan bu hujjatda bolalarni kamsit-
maslik, ularning sog'lom o'sishi, ilm olishi, o'z
qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun barcha
shart-sharoitni ta’minlash
zarurligi alohida
ko'rsatilgan.
O'zbekiston BMTning teng huquqli a’zosi
sifatida uning ishida faol ishtirok etmoqda.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov BMT
Bosh Assambleyasining BMT tashkil etilgan-
ligining 50 yilligiga bag'ishlangan sessiyasi-
da so'zlagan nutqida O'zbekiston dunyoda
eng obro'li halqaro tashkilot bo'lgan
BMTning
maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilayotga-
nini yana bir marta ta’kidladi.
Do'stlaringiz bilan baham: