Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BERUNIY ABU RAYHON
(973 — 1048)
Bu voqea bundan ming yil aw al yuz ber- 
gan. Do'mboqqina bola har kuni ertalab Amu 
daryosi sohili bo'ylab aylanib yurar, har xil o't-
giyoh va gullarni, shuningdek, meva, don, 
mayda toshlarni yig'ishga oshiqardi. So'ng 
terganlarini xaltaga solib, uyiga qaytardi. Kun- 
larning birida yig'gan giyohlarini ko'tarib, ma- 
halladagi hamma taniydigan tabibga keltirdi- 
da: «Bobo, bu o'tning oti nadur?» deb so'radi. 
Tabib bobo jilmaydi, bolaning qiziqishidan 
xursand bo'lib: «Barakalla, bo'tam, qanday 
yaxshi ish qilibsan. Qara-ya, bu giyohlar - 
dorivor o'tlarku», - dedi. Shu tariqa tabib 
bobo har gal giyohlar va donlarning nomini 
aytib berar va bolaning tabiatga qiziqishini 
yanada oshirar edi.
Bu bolakay bo'lajak buyuk qomusiy olim 
Abu Rayhon Beruniy edi.
Beruniy 4-sentabrda Xorazmning qadimiy 
poytaxti Kot (Kat) shahrida tug'ildi. U erta 
yetim qolgan bo'lsa ham yaxshi odamlarning 
qo'lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga 
juda qiziqdi. Ayniqsa, m atematika, as­
tronomiya, geografiya va tabiiyot fanlariga 
doir ko'p risolalarni o'qib chiqdi. Qadimgi 
Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini pux- 
ta o'rganib oldi. Boshqa tillardan ham mashq 
qildi.
So'ngra o'zi ham matematika va as­
tronomiya, geografiya va tarixga doir asarlar 
yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo 
oqimini o'lchadi. Qum ostida qolgan baliq 
suyaklarini topdi va o'rgandi, tabiat sirlari bi­
lan qiziqdi. Turli fanlar sohasida kuzatishlar 
olib borish maqsadida o'zi ko'pgina tajriba 
asboblarini ixtiro etdi. Asta-sekin uning bilim- 
donligi va kashfiyotlari olimlarning nazariga 
tushdi.
Xorazm oqsuyaklari orasida taxt uchun 
boshlangan kurashlar olimning ilmiy ishlarini 
davom ettirishiga imkon bermadi. Kot shahri 
Urganch amiri Ma’mun I tomonidan bosib 
olingandan so'ng Beruniy 22 yoshida Ray 
shahriga (hozirgi Tehran yaqinida) ketishga 
majbur bo'ladi. U Rayda ancha og'ir hayot 
kechirgan. Olim 998-yilda Jurjonga (Eronda- 
gi viloyat) keladi va bu yerda mashhur tabib, 
astronom va faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy 
bilan tan ish ib , undan ko'p narsalarni 
o'rganadi. Beruniy «Qadimgi xalqlardan qol­
gan yodgorliklar» asarini Jurjonda yoza bosh-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Abu Rayhon Beruniy. Rassom M. Nabiyev. 1950-yil.
lagan va 1000-yilda yozib tugatgan. U Xora- 
zmning yangi hukmdori Ma’mun II tomonidan 
Xorazmga chaqirtiriladi. O'sha davrda Ur- 
ganchda Xorazmshoh saroyida ko'p mashhur 
olimlar to'planib, turli sohalarda ilmiy ishlar olib 
borardilar. Hozir «Ma’mun akademiyasi» deb 
ataladigan bu anjumanda Beruniy yetakchi 
o'rin egallagan. Xorazm G'aznaviylar davlati 
hukmdori Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib 
olingach (1017), Beruniy ham boshqa olimlar 
qatorida Afg'onistonning G'azna shahriga olib 
ketiladi. Olim bu yerda o'zining barcha bo'sh 
vaqtlarini ilmiy ishlarga sarfladi. Mahmud 
G'aznaviyning Hindistonga yurishlarida Beruniy 
unga hamroh bo'lgan va ma’lum muddat 
Hindistonda yashab, ijod bilan shug'ullangan.
Hindistonda bo'lganida hind madaniyati
adabiyoti va o'sha davr olimlari bilan yaqindan 
tanishuvi eski hind tili - sanskrit tilini o'rganishi 
uchun imkon berdi. Uning Hindiston yeri, 
tog'lari, daryolari, o'simlik va hayvonot dunyo- 
si, xalqi, dini va urf-odatlari batafsil ta’riflangan 
mashhur «Hindiston» asari shu tarzda dunyo- 
ga keldi. «Hindiston» hajm jihatdan juda katta
asar. Unda hind adabiyoti, falsafasi, aniq fan- 
lar, geografiya, etnografiya, qonun va urf-odat- 
lar, din, diniy-tarixiy rivoyatlar, hind yozuvining 
turlari kabi ko'p masalalar yoritilgan. Bu kitob 
hind madaniyati tarixini yoritish jihatidan juda 
muhim asar hisoblanadi.
Mahmud G'aznaviyning o'g'li Mas’ud davri­
da Beruniy ancha yaxshi yashadi va barakali 
ijod qildi. U astronomiyaga doir «Mas’ud qo- 
nuni» asarini Sulton Mas’udga bag'ishladi.
Beruniy har bir ishga sinchkovlik bilan, erin- 
may qarar, boshlagan ishini oxiriga yetkazish- 
ga harakat qilar edi. U «har kim ... o'z ishini 
qayta-qayta tekshirib tursin, tirishqoq bo'lsin, 
mehnat qilishdan hech mahal erinmasin», deb 
uqtirardi.
Abu Rayhon bilim doirasi nihoyatda keng 
olim bo'lgan. U o'z asarlarida dunyoning chek- 
sizligini, qit’alar va okeanlar doimo o'zgarib 
turishini, ya’ni bir suv bosib, bir tog' ko'tarilib, 
davr o'tishi bilan dengizlar cho'lga aylanib turi­
shi hodisasini ilmiy asoslagan.
Beruniy O'rta Sharq olimlari orasida birin­
chi bo'lib Yerning dumaloq sh^klda ekanligini 
isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, de­
gan fikrga keldi. U Yer shari o'lchamini aniqla­
di, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chiz- 
di. Dunyoning qayerida qanday boyliklar bor- 
ligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qal- 
qib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlari- 
ning sababini soddagina qilib izohlab berdi. 
Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda 
sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi.
Beruniy asarlarida geometriya, arifmetika, 
algebra, sonlar nazariyasi va trigonometriya 
tushunchalari ma’lum tartibda tushuntiriladi. 
Geografiya, geodeziya va geologiya fanlari 
sohasida ham olimning qo'shgan hissasi kat­
ta. U ijtimoiy nazariyalar sohalarida ham sama- 
rali ijod etdi. Buyuk olimning falsafiy qarashlari 
o'z davri uchun muhim ahamiyatga ega 
bo'lgan.
Shunisi juda muhimki, Beruniyning hamma 
kitoblarida fan hamisha amaliyotga, kishilar- 
ning xo'jalik faoliyatiga xizmat qilishi kerakligi 
uqtirilgan. U 75 yil umr ko'rdi. Shu davr ichida 
160 ga yaqin kitob va risolalar yaratdi. Asar­
lari matematika, astronomiya, geografiya,
www.ziyouz.com kutubxonasi


geologiya, farmakologiya, kartografiya, tarix, til, 
adabiyot sohalariga, shuningdek etnografiya, 
falsafa 
va 
boshqa 
fan 
sohalariga 
bag'ishlangan. Uning «Qadimgi xalqlardan qol­
gan yodgorliklar», «Xaritalar chizish», «Turar 
joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joy- 
laming chegaralarini aniqlash», «Astronomiya 
ilmidan boshlang'ich ma’lumotlar», «Mas’ud 
qonuni», «Astronomiya qonunlari», «Mineral- 
ogiya», «Dorivor o'simliklar haqida kitob» va 
boshqa shu kabi yirik asarlari jahon xalqlarin- 
ing turli tillariga tarjima qilingan. 11-asr boshi- 
da yozilgan bu kitoblar o'sha zamon fanida ta- 
momila yangilik edi. Beruniydan keyin 
yashagan olimlar uning kitoblarini o'qib- 
o'rganib uni o'zlariga ustoz deb bildilar. Sa­
marqand rasadxonasini yaratgan Mirzo 
Ulug'bek ham Beruniy kitoblaridan foydalan- 
gan.
Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va mux- 
lisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fan­
ning gullashiga bog'liq, odamning baxti esa 
uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi. 
Beruniy ma’rifat dushmanlariga, qoloq urf- 
odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. 
Buyuk olimning ko'pgina asarlari o'sha za- 
monlarda yashab o'tgan xalqlarning ijtimoiy, 
xo'jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus 
bo'lib xizmat qilgan.
Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xiz- 
matlari jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. 
Uning yubileylari ko'p mamlakatlarda nishon- 
lanadi, tug'ilgan shahri, O'zbekiston Fanlar 
akademiyasining Sharqshunoslik instituti, 
Toshkent politexnika instituti Beruniy nomi bi­
lan atalgan, Beruniy nomidagi O'zbekiston 
Davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish