Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BERING VITUS
(1681 — 1741)
Kech kuz. Tinch okeanning shimoliy qismi­
da kuchli dovul avjida. Kema goh to'lqinlar 
qanotida 
uchadi, 
goh 
suv q a ’riga 
ag'darilguday boladi. Osmonni qalin bulut 
burkab olgan, dengizchilar quyoshni, yulduz- 
larni ko'rishm a g a n ig a allaqancha kun 
bo'lgan. Amerikaning yangi kashf etilgan shi- 
moli-g'arbiy sohillari ortda qoldi, oldinda- 
serto'lqin okean kengliklari. Birdan navbatchi- 
ning hayqirg'i eshitiladi: «Yer!» Hamma yuqo- 
riga ko'tarildi, hatto lavsha kasalligidan o'lim 
yoqasida turgan odam lar ham emaklay 
boshlashdi. Og'ir xasta kapitan-komandor Vi­
tus Bering ham o'z kayutasidan chiqdi.
Vitus Bering... Barcha dunyo xaritalarida 
nomi qolgan kashfiyotchilardan biri. U Daniya-
www.ziyouz.com kutubxonasi


da tug'ilgan, lekin yoshligida rus podshosi 
Petr I flo tig a hizm atga kirgan. Bering 
mashaqqatli dengiz yurishlarida ishtirok et­
gan, birinchi bo'lib, Osiyo va Am erika 
o'rtasidagi bo'g'oz suvlaridan suzib o'tgan. 
Har ikki materikning shimolda tutash emasli- 
gi, ularni bo'g'oz ajratib turishi shunday isbot- 
langan edi.
Mana, ikki kema Shimoliy Amerikaning 
noma’lum sohillari tomon yo'lga chiqdi. Ular 
Kamchatkadagi Petropavlovsk gavanidan 
safar boshlashganida ochiq havoli, osoyish- 
ta iyun tonglaridan biri edi. Lekin ko'p o'tmay, 
kuchli dovullar boshlandi. Noma’lum va 
notinch suvlarda dengizchilar rosa qiynalish- 
di. Nihoyat, bir oy o'tgach, ular Yerni — Alyas- 
kaning janubiy sohilini ko'rishdi.
Kuz tobora yaqinlashib kelmoqda edi. Ob- 
havo kun sayin yomonlashardi. Dengizchilar 
lavsha kasalligi bilan og'riy boshlashdi. 
Bering uyga qaytishga oshiqardi: u kuzgi 
bo'ronlar, tumanlar va begona sohilda noiloj 
qishlashdan cho'chirdi. Ortga qaytayotganida 
ekspeditsiya yangi — Aleut tizmasi va keyin- 
roq matros Shumagin nomiga qo'yilgan orol- 
larni kashf etdi.
Lavsha esa avjiga chiqardi. Dengizchilar 
omon qolishdan umidlarini uza boshlashdi.
Ana shunda uzoqda quruqlik ko'rindi, bu 
dov-daraxtsiz bir orol edi. Bering suzishda 
davom etishni xohlardi, lekin kema ekipaji 
undan shu yerda qishlab qolishni iltimos qil­
di. Bering, garchi bu to'xtash uning uchun 
so'nggisi ekanini tushunib turgan bo'lsa-da, 
rozilik bildirishga majbur bo'ldi.
1741 -yilning 8-dekabrida oltmish yoshli 
kapitan-komandor Vitus Bering vafot etdi.
U dafn etilgan orolga Bering nomi berildi. 
Osiyo va Amerika qit’alari o'rtasidagi bo'g'oz 
va Tinch okeanning Bering boshliq kemalar 
suzib o'tgan qismi Bering nomi bilan atalgan.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish