Kanada
Kanada – Shimoliy Amerikaning shimolida joylashgan. Maydoni 10 mln km2 ga yaqin bo’lib, kattaligi jihatidan dunyoda 2-o’rinda turadi. Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi: 3 tomondan okean bilan chegaradoshligi va AQSH bilan chegaradoshligi.
Suvdagi chegaralarini ichida Buyuk ko’llar va San-Lavrentiy daryosining ahamiyati katta. Tinch okeani orqali Osiyo davlatlari bilan, Atlantika okeani orqali Yevropa davlatlari bilan bog’langan.
Kanada tabiiy resurslarga boy. Ayniqsa neft, tabiiy gaz, ko’mir, uran, temir, mis, nikel, polimetall va asbestga boy. Mamlakatni g’arbida baland tog’lar mavjudligi sababli gidroenergiya resurslariga boy. Yirik mahsuldor o’rmon zapaslariga ega.
Aholisi. 1997-yilda 29,8 mln kishi, 2003 yilda 31,6 mln kishi bo’lib, Tug’ilish koeffisienti 11 ‰, o’lim 7‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 18 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 13 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 77-82 yosh. Aholisining etnik tarkibiga immigrasiya hal qiluvchi ta’sir ko’rsatgan. Aholisining asosini Yevropadan AQSH ga ko’chib kelganlarning avlodlari tashkil etadi. Kanadalik inglizlar – 45%, Kanadalik fransuzlar – 30%. Etnik gruppalar – 25%, indeyeslar va eskimoslar juda kamchilikni tashkil etadi. Davlat tillari – ingliz, fransuz. Hozirda ham aholisining tabiiy o’sishining ¼ qismi immigrasiya hisobiga bo’ladi. YAMD si 26530 $(2001).
Aholisining zichligi juda past 1 km2 ga 2,7 kishi bo’lib, juda notekis joylashgan. Aholisining asosiy qismi (2/3) AQSH chegarasi bo’ylab 300-400 km li polosada yashaydi. Kanada hududining 2/3 qisimni egallagan shimoliy qisimda 20-25 km2 joyga 1 kishi to’g’ri keladi. Urbanizasiya darajasi yuqori 76%. Millioner shaharlar: Monreal (1060000 kishi).
Kanada hududiga dastlab 1497 yil J.Kabot kelgan, Evropaliklarning ommaviy ko’chib kelishi XVII asrda boshlangan. 1605 yil fransuzlar, 1623 yil inglizlar ko’chib kelgan. 1756-63 yillari Kanada Buyuk Britaniya qo’liga o’tgan. 1867 yildan Kanadaga dominiant statusi berilgan. 1931 yildan Angliya hukumati Kanada mustaqilligini tan oldi.
Kanada – 10 ta viloyat, 3 ta territoriyadan iborat bo’lgan federal davlat. Hamdo’stlik tarkibida Kanada NATO va NORAD ga a’zo. Asosiy siyosiy partiyalari:
Liberal partiya (1873-yil tashkil topdi).
Kanada kommunistik partiyais (1921 yil).
Kanada yuqori darajada rivojlangan industrial-agrar davlat. Kanadaning “Ettilik” ga kirishiga AQSH monopoliyalari va Buyuk Britaniyaning ta’siri kuchli. Rivojlangan davlatlar ichida chet el kapitalining ko’p kirib kelishi jihatidan 1-o’rinda AQSH turadi. Sarmoyasining 72,1 % ini AQSH kapitali tashkil etadi.
Kanada mineral xom-ashyo ishlab chiqarish va eksport qilishda ham eng katta mamlakatlardan hisoblanadi (xom-ashyoning 80 % i eksport qilinadi). Sanoatining asosiy tarmoqlari: o’rmon, sellyuloza-qog’oz, qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati (bug’doy, go’sht), mashinasozlik.
Kanad energetikasining asosini neft va tabiiy gaz tashkil etadi, GES va AES lar ham bor. Kanada neft markazi – Edmonton.
Rangli metallurgiya sanoati asoan chetdan keltirilgan va o’zida ishlab chiqarilgan boksitga asoslangan. Eritilgan alyuminiy asosan AQSH ga eksport qilinadi. 2001 yil Kanada 540 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqardi. 14 mln t. po’lat eritildi, 56 mln t. ko’mir qazib olindi, 91mln m3 neft, 72 mlrd m3 tabiiy gaz qazib olindi.
Yog’ochsozlik va sellyuloza-qog’oz sanoati eng rivojlangan bo’lib, Kanada 1986-yil 9,2 mln t. qog’oz ishlab chiqarda. Bu sanoatning rivojlanishiga boy xom-ashyo bazasi, arzon suv yo’llari va elektr-energiyasi, shuningdek, jahon bozorida ehtiyojning yuqoriligi sabab bo’lgan. Ishlab chiqarilgan qog’oz va yog’och-taxtaning deyarli hammasi eksport qilinadi.
Kanada mashinasozlik sanoatida asosiy tarmoqlar transport mashinasozligi va qishloq xo’jaligi mashinasozligidir. Ayniqsa avtomobillar, kemalar, teplovozlar. Kanada 1986-yil 1846000 avtomobil, shu jumladan 1550000 (1995-yil) engil avtomobil ishlab chiqarildi (dunyoda 9- o’rin).
Aholi jon boshiga qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish, mehnat unumdorligini va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash sohasida Kanada dunyoda etakchi o’rinlarda turadi. Ayniqsa donli ekinlar etishtirish muhim o’rin tutadi. Masalan, 1987-yil Kanadada 55,8 mln t. don etishtiriladi. Donli ekinlar asosan janubda va Ko’lbo’yi va Dasht rayonlarida ekiladi. Kanadaning bug’doy poytaxti – Vinnipeg.
Mamlakat maydoni kattaligi sababli temir yo’llar transporti asosiy hisoblanadi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 70,5 ming km. temir yo’llar asosan g’arb va sharqni, ichki rayonlarni portlar bilan, AQSH bilan bog’laydi. Avtomobil yo’larning uzunligi 887 ming km.
Ichki suv tansporti ayniqsa dengiz transporti va havo transporti rivojlangan. Eksportning 2/3 qismi xom-ashyolar: bug’doy, o’rmon, o’rmon sanoati mahsulotlari, go’sht, sut mahsulotlari, metallar. Kanada tashqi savdosining 75 % i AQSH ga to’g’ri keladi. Importining asosiy qismini ¾ ini tayyor buyumlar: mashina va jihozlar. Pul birlig – kanada dollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |