BASKETBOL
«Basket» so'zi inglizchadan tarjima qilin-
ganda, «savat» ma’nosini anglatadi. XIX asr-
ning oxiri, ya’ni mana shu o'yin paydo bo'lgan
paytda hozirgi metall halqali to'r o'rnida de-
vorga mahkamlab qo'yilgan savatcha ishlatil-
gan; savatchaning tub qismi ochiq bo'lgan.
«Bol» so'zi esa, «to'p» deb tarjima qilinadi.
Basketbol to 'p i voleybol va futbol
to'plaridan farq qiladi: u katta va og'irroq.
Ammo basketbol to'pi bo'lmasa, hovlida fut
bol yoki voleybol to'pi bilan ham basketbol
o'ynash mumkin.
Bolalarning ko'pchiligi basketbol o'ynash
uchun, albatta, kishining bo'yi baland bo'lishi
kerak, deb o'ylaydilar. Albatta, bo'yning ba
land bo'lishi basketbolchi uchun muhim, chun
ki bo'yi baland o'yinchi to'pni savatga oson-
roq tashlaydi. Ammo o'rta va past bo'yli bo-
lalardan ham yaxshi basketbolchi yetishib chi-
qishi mumkin. Chunki o'yinda hamma narsa
harakatchanlik, chidam va chaqqonlikka
bog'liq.
O'yindan maqsad — balandga mahkam
lab qo'yilgan savatga to'pni qo'l bilan tushi-
rishdir. O'yin 26x14 metrli tekis to'g'ri to'rt
burchak maydonchada o'ynaladi; o'yin ikki
jamoa o'rtasida o'tkazilib, har bir jamoa 5
kishidan iborat bo'ladi. Har bir jamoada
yana 5 tadan za xira o 'y in c h i b o 'la d i.
O'yinchilar markaziy o'yinchi, hujumchi va hi-
m o yach ilarg a b o 'lin a d i. A gar jam oa
o'yinchisi to'pni o'yin davomida jarima may
doni tashqarisidan savatga tushirsa, to'p
tushirgan jamoa uch ochko (xol)ga, jarima
maydoni ichida tushirsa ikki ochko (xol)ga,
ja rim a to 'p i ta sh la g a n d a tu s h irs a bir
ochko(xol)ga ega bo'ladi. O'yin ikki davr
www.ziyouz.com kutubxonasi
(taym): kattalar uchun 20, 13-suvdan chiq-
14 yoshdagi bolalar uchun -n iborat poda
12 d a q iq a davom etadi.vda erinchoq-
To'pni musht bilan urish yokidi, pishqiradi,
oyoq bilan tepish mumkinirgan ovozlari
emas. Shuningdek raqibni^h anchagina
ushlash yoki turtishga harn^a emas, hat-
ruxsat etilmaydi.
arning baquv-
K ichik yoshdagi
b o l a l a r ^ d d i
tuxum
uchun basketbolning mini-bas-1'*3 tashlashi
ketbol turi mavjud. Mini-basket-|9ancla xuddi
bolda o'yin soddalashtirilganishinin9 uzun-
qoida bo'yicha olib boriladi.yn'9sa. u™[]9
12x6 metr hajmdagi maydon-J shu tlshi bi-
chani asfaltlangan hovlining1 oxshat) suv
o'ziga chizish mumkin. Jamo-
alarda o'yinchilar to'rt va undan
ko'p bo'lishi mumkin.
Basketbolchi to'pni o'ng va chap qo'lda
aniq tashlash va ilib olishni bilishi kerak.
Buning uchun biror joyni mo'ljalga olib, o'ng
va chap qo'lda u yerga mayda toshlarni
tashlash foydalidir. Bundan tashqari, devor-
ga ham biror belgi qo'yib, sakrab unga
qo'lni tekkizing. Asta-sekin shu belgini yu-
qoriga ko'tara boring. Ko'proq mashq qi-
ling!
BAYROQ
Ona diyorimiz O'zbekiston mustaqil res
publika, deb e’lon qilinganidan keyin bir
necha oy o'tar-o'tmas, 1991-yil 18-noyabr-
da parlament « 0 ‘zbekiston Respublikasi
ning Davlat bayrog'i to‘g‘risida» O'zbekis
ton Respublikasining Qonuniga binoan dav-
latimizning milliy bayrog'ini qabul qildi. Bu
bejiz emas, albatta. Har qanday mustaqil
davlat o'z bayrog'iga ega bo'lishi shart. Il
gari zamonlarda Movarounnahr, Turon,
Turkiston deb atalgan yurtimizda tashkil top
gan qadimiy davlatlar, jumladan, ulug' so-
hibqiron Amir Temur davlatining ham o'z
tug'i-bayrog'i bo'lgan.
Endi hozirgi milliy bayrog'imizga bir na-
zar soling. Undagi Oy bilan o'n ikki yulduz
tasviri darhol diqqatingizni o'ziga tortadi.
Bular nimani bildiradi?
Faqat 1830-yilga kelib mustaqillikka erishdi.
Mamlakatda ikki millat: vallonlar va fla-
mandlar yashaydi. Bu yerga birinchi marta
kelgan kishi barcha yozuv va ko'rsatkichlar
ikki tilda - fransuz (vallonlar shu tilda
so'zlashadi) va flamand tillarida yozilganiga
e’tibor beradi.
Bugungi Belgiya - yuksak rivojlangan dav
lat. Mamlakatda cho'yan, po'lat, mis, avtomo
billar, stanoklar, elektr apparatlari, kimyoviy
moddalar, oyna, gazmol, gilam ishlab chiqa
riladi.
Belgiyaliklar qishloq xo'jaligiga ham katta
e’tibor berishadi. Don, kartoshka, sabzavot
yetishtirishadi. Mamlakatda sersut sigir zotlari
i__
.
...w—
......_—
—-------- —
>
O'zbekiston Respublikasining bayrog'i.
Sharqda ikki xil taqvim (kalendar) bor.
Biri - Oy (Qamar) hisobi bo'yicha, boshqasi-
Quyosh (Shams) hisobi bo'yicha yuritiladi.
Qamariy yil hisobi Oyning Yer atrofida, sham-
siy yil hisobi esa Quyoshning go'yo Yer atro
fida aylanishiga qarab yuritiladi (aslida Yer
Quyosh atrofida aylanishi sizga ma’lum). Aj-
dodlarim iz ilmiga ko'ra, Quyosh bir yil
mobaynida o'n ikki burjni (yulduzlar turkumi-
ni) aylanib chiqadi, har bir burjda bir oydan
bo'ladi. Bayrog'imizdagi o'n ikki yulduz ana
shu burjlaming ramzidir. Aytmoqchi, Oy, yulduz
tasvirlari qadimgi va hozirgi turkiy davlatlar
bayroqlarida ham uchraydi, faqat yulduzlar
soni turlichadir.
Bayrog'imizdagi ranglar ham tabiatdagi
ranglarga juda mosdir. Moviy rang tiriklik
mazmuni aks etgan mangu osmon va obiha-
yot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni,
donishmandlikni, shon-shuhrat va sadoqatni
bildiradi. Oq rang muqaddas tinchlik ramzi
bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yulduzlari
bilan uyg'unlashib ketadi. Bu rang poklik,
beg'uborlik, ezgu orzu-maqsadlar, go'zallikka
intilish timsolidir. Yashil rang - tabiatning
yangilanish ramzi, u ko'pgina xalqlarda yosh-
lik, navqironlik, umid va shodlik timsoli sa-
naladi. Qizil chiziqlar esa vujudimizda jo'shib
oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir. Bayroq
odatda Konstitutsiya va maxsus qonun bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bo'ynining ostidagi patiari qizg ish - sariq
bo'lib, oq dog'lari bor. Modasining rangi nari-
dan boshqacharoq: bo'ynining oldingi qismi
oqimtir, keyingi qismi qora yoki qizg'ish may
da xolli. Tanasining ikki yonida uzunasiga ket-
gan yo'llardan tashqari yana qizg‘ish-och
qo‘ng‘ir rangli ko'ndalang yo'llari bor.
Bedana tez yo‘rg‘alaydi. Oziq qidirib yerni
panjalari bilan titadi. Tuproqqa ag'anashni
yaxshi ko'radi. Tunda va qosh qorayganda
serharakat boladi, kunduzi esa dam olib yo-
tadi.
Bedanalar aprel-may oylarida to‘da-to‘da
bo'lib qishlov jo y la rid a n uchib ketadi.
Bedanalar kunduzi oziqlanib, kechasi uchgani
uchun ko'zga kam tashlanadi. Ular avgustdan
boshlab noyabrgacha uchib keta boshlaydi.
Shu davrda bedapoyalar, paxtazorlar, poliz
ekilgan joylarda, cho'llar va daryo qayirlari va
to'qaylarda bedanani ko'plab uchratish
mumkin. Ayrim bedanalar O'zbekistonning
janubiy rayonlarida qishlab qoladi. Ko'pchilik
bedanalar esa Shimoliy Afrika va Hindiston
da qishlaydi.
Bedanalar o't-o'lanlar qalin joylarga xas va
cho'plar to'shab uya quradi. Uyaga 9 tadan
20 tagacha noksimon shakldagi tuxumlarini
qo'yadi. Tuxumlarni modasi 15-17 kun bosib
yotadi. Tuxumdan chiqqan jo'jalar juda may
da bo'lib, og'irligi 5-6 gramm keladi. Lekin
ular tez o'sadi va bir oy ichida og'irligi katta-
lariga tenglashib qoladi. Yoz bo'yi jo'jalar ona-
va umurtqasiz hayvonlarni
Bedananing go'shti juda
Iqlari bedanani sayroqi qush
n to'rqovoqda boqishadi.
BEGEMOT
Qadimgi rimliklar Afrikada Nil daryosining
dengizga quyilish joyida bu qo'pol, beo'xshov
begemotlarni ko'rib, ularni suv ayg'irlari, ya’ni
«suv otlari» deb atashgan ekan. Agar bege-
motning otga o'xshab kishnashi demasa,
unga o'xshash joyi yo'q.
Begemot terisi silliq, yaltiroq, tuksiz va suv-
dan chiqqani zamon tez quriydi. Ko'zi va bu-
run teshiklari bo'rtib chiqqan. Xuddi baqa
yoki timsohnikiga o'xshash, boshining yuqori
qismida joylashgan. Bu hayvon xuddi suv osti
kemalari durbinidek suvdan ko'zi va burnini
chiqarib yotaveradi. Begemotning kichkina
qulog'i ham hamisha ding. Oyoq panjalari
orasida kichkina suzgich pardalari bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Begemotlar issiq kunlarda suvdan chiq-
maydi. Bir nechta begemotdan iborat poda
yoki kichkina begemot oilasi suvda erinchoq-
lik bilan u yoq-bu yoqqa yuradi, pishqiradi,
ba’zida daryo uzra ularning o'kirgan ovozlari
eshitiladi. Ularga yaqinlashish anchagina
xavfli: begemotlar faqat odamga emas, hat
to qayiqqa ham hujum qiladi, ularning baquv-
vat ja g ‘i qayiq bortini xuddi tuxum
po'chog'idek chilparchin qilib tashlashi
mumkin. Begemot jag'ini ochganda xuddi
chamadonga o'xshaydi, qoziq tishining uzun
ligi 70 santimetrga yetadi. Ayniqsa uning
pastki qoziq tishi katta bo'lib, u shu tishi bi
lan xuddi ekskavator kovshiga o'xshab suv
ostidan o'tlarni yig'ishtirib oladi.
Ba’zan, ko'pincha tunda ular qirg'oq
bo'yida o'sgan barra o'tlar bilan oziqlangani
suvdan chiqadi. Goh-gohida daryo yaqinida
gi dalalarga borishadi, ayniqsa, mak-
kajo'xorini xush ko'rishadi. Yumshoq tuproq
da ularning to'rtta yo'g'on, kalta oyoqlarinigi-
na emas, balki yo'g'on qornining izlari ham
ko'zga yaqqol tashlanadi. Chunki katta yosh-
dagi begemotning og'irligi uch tonnadan or
tiq bo'ladi. Bolalari 35-40 kilogramm vaznda
tug'iladi.
Ikki-uch haftadan keyin begemot bolasi
onasi ketidan ergashib yurib, o'tlay boshlay
di, lekin begemotlar bari bir ko'p vaqtini suv
da o'tkazadi.
Odamlar begemotlarni go'shti, qalin terisi
va qimmatbaho qoziq tishi uchun ovlashgan.
Shimoliy va Janubiy Afrikada begemotlar
deyarli butunlay qirilib ketgan. Endilikda ular
ni Sharqiy va Markaziy Afrikadagina — faqat
qo'riqxonalarda uchratish mumkin.
BELGIYA
(Belgiya Qirolligi)
Maydoni - 30500 kvadrat kilometr.
Aholisi -10100000 kishi.
Yevropada joylashgan bu mamlakat uncha
katta emas: maydoni Buxoro viloyatidan
kichikroq. Uni avtomobilda to‘rt-besh soatda
aylanib chiqish mumkin. Belgiya turli davrlar-
da goh Fransiya va Germaniya, goh Ispaniya,
Avstriya va Gollandiyaga qaram bo'lgan.
Faqat 1830-yilga kelib mustaqillikka erishdi.
Mamlakatda ikki millat: vallonlar va fla-
mandlar yashaydi. Bu yerga birinchi marta
kelgan kishi barcha yozuv va ko'rsatkichlar
ikki tilda - fransuz (vallonlar shu tilda
so'zlashadi) va flamand tillarida yozilganiga
e’tibor beradi.
Bugungi Belgiya - yuksak rivojlangan dav
lat. Mamlakatda cho'yan, po'lat, mis, avtomo-
billar, stanoklar, elektr apparatlari, kimyoviy
moddalar, oyna, gazmol, gilam ishlab chiqa-
riladi.
Belgiyaliklar qishloq xo'jaligiga ham katta
e’tibor berishadi. Don, kartoshka, sabzavot
yetishtirishadi. Mamlakatda sersut sigir zotlari
bor.
Dengizdan esuvchi nam shamol qishda
sovuqning, yozda issiqning taftini pasaytirib
turadi. Daryolari muzlamaydi. Qishda tez-tez
osmonni bulut va tuman bosadi, yozi salqin,
yomg'ir va momaqaldiroq ko'p bo'ladi.
Belgiyaning markaziy qismida temiryo'l va
avtomobil yo'llari, daryo va kanallar juda ko'p,
hayot ham jo'shqin. Bu yerda ko'mir konlari,
yirik zavod va fabrikalar bor.
Daryo vodiylari bo'ylab shahar va shahar-
chalar bir-biriga ulanib ketgan. Belgiyaning
eng katta porti — Antverpenda dunyoning
hamma mamlakatlaridan kelgan kemalarni
ko'rish mumkin.
Bundan tashqari Belgiya gullar, jilvador
to'rlar, zargarlik buyumlari, qadimiy yodgor-
liklar, me’moriy obidalar mamlakati hamdir.
Belgiya bilan O'zbekiston Respublikasi
o'rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari
o'rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |