Bangladeshning qishloq
joylarida qayiqlar asosiy
transport vositasidir.
«Bengallar yurti»ning maydoni uncha kat
ta emas.
Ammo aholisi Buyuk Britaniya,
Fransiya yoki Italiyanikidan ko‘p. Bengallar
butun mamlakatda zich joylashgan. Ularning
ko'pchiligi qishloq joylarda yashaydi. Uylarni
bambuk, yog'och yoki g'ishtdan, albatta, tepa
joyga qurishadi, tomini
poxol yoki palma yap-
roqlari bilan, boyroq odamlar tunuka bilan yo-
pishadi. Daryolar toshgan paytda odamlar bir-
birinikiga ko'pincha qayiqlarda borishadi.
Xonadonlarning hamma tarafini ekinzorlar va
mevali daraxtlar egallagan. Har bir qarich yer
dan unumli foydalanishadi.
Suv bosadigan dalalarda sholi yetishtiriladi.
Guruch - bengallaming asosiy ovqati. Sabza
vot, banan, kokos palmasi ham yetishtirishadi.
Issiq va namgarchilik ko'p bo'lgani uchun ekin-
zorlardan yiliga ikki, hatto uch marta hosil olish
mumkin. Yemi ishlashda buyvoldan foydalanadi-
lar, sholini esa qo'lda ekadilar.
Bu yerda jut ko'p yetishtiriladi. Uning uzun va
pishiq tolasidan arqon, qop, sholcha to'qiladi.
Jut hosili va uni
boshqa mamlakatlarga sotish
jihatidan Bangladesh dunyoda birinchi o'rinda
turadi. Chetga choy ham chiqariladi. Bang
ladesh mashhur yozuvchi Rabindranat Tagor-
ning vatanidir.
Mamlakatda katta shaharlar, zavod va fab-
rikalar juda kam. Eng katta shahri Dakka —
Bangladesh poytaxti.
Bangladesh qo'shni mamlakatlar bilan yaxshi
munosabatda. Hindiston bilan tinchlik, do'stlik va
hamkorlik to'g'risida shartnoma tuzilgan.
1 - o'rik; 2 - olma; 3 - shaftoli; 4 - uzum;
5 - lavlagi va 6 - qulupnay barglari.
Bangladesh bilan O'zbekiston Respublikasi
o'rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari
o'rnatilgan.
BARG
Awallari odamlar barg o'simliklaming foyda-
siz zeb-ziynati, ularning asosiy zahmatkash
qismi esa ildiz deb o'ylashgan. Vaqtlar o'tib fan
yashil barglarsiz o'simliklaming yashashi u yoq-
da tursin, hatto
Yer yuzida umuman hayot
bo'lishi mumkin emasligini isbotlab berdi.
Ma’lum bo'lishicha, barg hujayralaridagi alohi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
da modda — xlorofillning yashil donachalari-
da suv va karbonat angidrid gazining qand va
kraxmalga aylanishi sodir bo'lar ekan.
Ma’lumki, qand va kraxmalsiz yashashimiz
mumkin emas. Bu jarayonda barglardan bar
cha tirik mavjudot nafas olishi uchun zarur
bo'lgan kislorod ajralib chiqadi.
Yashil bargni hayotning buyuk fabrikasi
deb atash mumkin. Havodagi karbonat an
gidrid gazi va o'simlikda doimo mavjud
bo'lgan suv
bargning asosiy xom ashyosi,
harakatga keltiruvchi kuch esa yorug'likdir.
Yashil bargga yorug'lik ta’sir etishi bilan
«fabrika» suv va karbonat angidrid gazini
kraxmal va qandga aylantira boshlaydi.
Yorug'lik bo'lmasa xlorofill donachalarida
sodir bo'ladigan jarayonning hammasi
to'xtab qoladi.
O'simlik o'zining o'sishi
va rivojlanishi
uchun zarur bo'lgan moddalarni o'z tanasi-
da shu tariqa to'play boradi. Bu moddalar
odam va hayvonlar uchun ozuqa bo'lib xiz
mat qiladi.
O'simliklar havoni ortiqcha karbonat angid
rid gazidan tozalaydi va Yerdagi kislorod za-
xirasini uzluksiz yangilab va to'ldirib turadi.
Barglar o'z tarkibida-
gi xlorofill donacha-
lari tufayli doimo
yashil bo'lib turadi.
Ular
Quyosh spek-
tridagi yashil rangli
nurdan boshqa bar
cha nurlarni yutish
xususiyatiga ega.
Xlorofill donachalari
yashil nurlarni qaytar-
gani uchun barg va
o 'tla r
bizga yashil
bo'lib ko'rinadi.
Barglarning shakli
turlicha bo'lib, kattali-
gi bir necha m illi
metrdan
yigirm a
metrga (palma, ba-
nan) yetadi. Barg
ba’zi o'simliklarda bir
necha haftada to'ki-
ladi, ba’zilarida esa
o'n besh yilgacha
turaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: