laming uch oilasi: yengil avtomobillar, yuk av-
tomobillari va avtobuslar paydo bo'ldi. Birin-
ketin (1924-yildan 2000-yilgacha) Amerika,
Germaniya, Yaponiya, Angliya, Italiya,
Rossiya, Chexoslovakiya, Janubiy Koreya,
Fransiya, Shvetsiya, Belorussiya. Ukraina va
boshqa mamlakatlarda AMO-F-1,5 («polutor-
ka», ya’ni bir yarim tonna yuk ko‘taradigan
yuk avtomobili), GAZ-A, ZIS-110, «Ford»,
«Mersedes», «Moskvich», «Pobeda», MAZ-
200, «Volga», «Chayka», «Zaporojes»,
«Jiguli», «Ока», «Tavriya», ZIL, KamAZ,
«Ural», «Opel»,«Volvo», «Pejo», «Reno»,
«Fiat» va boshqa rusumli avtomobillar ishlab
chiqarildi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan
so'ng avtomobil sanoati rivojlangan mam
lakatlar qatoriga qo'shildi. Janubiy Koreya-
ning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda
yengil avtom obillar
ishlab chiqaradigan
«O'zDEU avto» qo'shma korxonasi tuzilib,
Andijon viloyatining Asaka shahrida «Nek-
siya», «Damas», «Tiko» rusumli yengil avto-
m ashinalar (1996-yildan), Turkiyaning
«Kochxolding» kompaniyasi bilan hamkorlik
da avtobus va turli yuk avtomashinalari ishlab
chiqaradigan «SamKochAvto» qo'shma kor
xonasi tuzilib, Samarqand shahrida M 23.9,
M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9,
80.12 rusumli har xil yuk avtomashinalari
(1999-yildan) ishlab chiqarila boshlandi.
Xuddi odamlarga o'xshab, avtomobillarn-
ing ham kasblari ко p: ularning ichida o‘t
o'chiruvchi va sanitarlar ham, xat tashuvchi va
montyorlar ham, yuk tashuvchi va ko'cha su-
puruvchilar ham, jangchi va sportchilar ham
bor. Ba’zilari o'zining ulkanligi va bahodirona
kuchi bilan kishini hayratga soladi. Masalan,
Belorussiya avtozavodining 65 tonnali BelAZ-
524 samosvali ana shunday ulkan va pah-
lavondir. Bir gaining o'zida 120 tonnagacha
yuk tashiy oladigan haqiqiy pahlavonlar —
maxsus avtopoyezdlar ham bor. Ular katta-
katta qurilish va konlarda ishlashadi, tuproq,
shag al, ruda tashishadi.
Bahaybat samosval oldida yengil
mashina
o'yinchoqdek ko'rinadi. Lekin u juda qulay va
tezyurar. «Volga» avtomobili soatiga 145 ki-
lometrgacha, «Chayka», «Neksiya» esa 200
kilometrgacha yo'l bosa oladi.
Tez yurish va og'ir yuklarni ko'tarish uchun
qudratli yurak va baquwat muskullar kerak.
Avtomobilning yuragi uning motoridir. Motor
energiyasini g'ildiraklarga uzatib turadigan
vallar esa uning muskullaridir.
Mana,
shofyor
m ashinani
o't
oldirdi,starterni bosdi, elektr uchquni dvigatel
silindrlaridagi yonuvchi aralashmani alangal-
antirdi, shunda hosil bo'lgan gaz bosimi
ta sirida porshenlar harakatga kela boshladi,
vallar aylanib, g'ildiraklar qo'zg'aldi.
Motor qanchalik kuchli bo'lsa, mashina
shuncha tez yurishi va ko'p yuk tashishi
mumkin. Mana shuning uchun ham eng kuchli
dvigatellarni poyga avtomobillariga, tya-
gachlar (shatakchi avtomobil yoki traktorlar)
va ko'p tonnali samosvallarga o'rnatishadi.
Avtomobildan hamma yerda: xo'jalikda
ham, uy-ro‘zg‘orda ham, hatto dam olish pay-
tida ham foydalaniladi. Shuning uchun kun-
dan-kunga avtom obillarning soni ortib
bormoqda.
Bu esa bir tomondan yaxshi, bir
tomondan yomon. Nima uchun yaxshiligi ham-
maga ma'lum: avtomobil odamning eng ya
qin yordamchisi. Lekin millionlab avtomobil
lar har daqiqada havoga chiqaradigan zararli
gazlar sayyora havosini bulg'aydi. Demak,
benzin bilan emas, balki boshqa zararsiz
yonilg'i bilan yuradigan dvigatellar va butun
lay boshqa konstruksiyadagi avtomobillar ker
ak ekan. Hozirgi kunda vodorod, gaz, elektr
energiyasi, hatto quyosh energiyasi yordami
da yuradigan avtomobillar paydo bo'lmoqda.
AYIQ
Ayiqlarning oq ayiq, qo'ng'ir ayiq va qora
ayiq kabi bir necha turlari ma’lum. Oq ayiq bi
lan qo'ng'ir ayiq ko'rinishdan ancha farq qil-
sa ham, ularning qarindoshligini payqash
qiyin emas. Qutb qorlari orasida yashovchi
oq ayiqlar doimo oq rangda, qo'ng'ir ayiqlar
esa sariq, bug'doyrang, jigarrang yoki qariyb
qora rangda bo'ladi.
Oq ayiq Yer yuzidagi eng yirik yirtqich
hayvonlardan biri bo'lib,
Arktikadan boshqa
hech qayerda uchramaydi. U butun umrini
www.ziyouz.com kutubxonasi
muzlar orasida o'tkazadi, suvni yaxshi ko'radi.
Oq ayiq soatiga 4 -5 kilometr tezlikda uzoq
vaqt suza oladi, tyulenga nisbatan yomon
sho'ng'imaydi va suv ostida ikki daqiqagacha
tura oladi. U tyulen, baliq va qushlar bilan
oziqlanadi. Bolalash payti kelganda g'orga
o'xshatib qordan yasalgan iniga kirib oladi.
Oq ayiqning vazni 700 kilogrammgacha
(erkaklariniki 1000 kilogrammgacha) boradi.
Bu ulkan hayvonning bolalari kalamushdan sal
kattaroq bo'lib tug'iladi. Ona ayiq bolalari
ulg'aygunga qadar uyadan chiqmaydi.
Qo'ng'ir ayiq Yevropa, Osiyo va Shimoliy
Amerikada keng tarqalgan. O'rta Osiyoda,
jumladan, O'zbekistonda tog' o'rmonlari va
archazorlarda uchraydi. Respublikamizda
uchraydigan qo'ng'ir ayiqning bo'yi 2 metr
gacha, og'irligi 480 kilogrammgacha boradi.
Mo'ynasining rangi qo'ng'ir tusdan to qora-
gacha o'zgarib turadi.
O'rta Osiyo
ayiqlari junining birmuncha
uzun va siyrak hamda panjalarining oq
bo'lishi bilan boshqa hududlarda yashaydigan
ayiqlardan farq qiladi. Shuning uchun
O'zbekistondagi ayiq oqpanja ayiqlar kenja
turiga kiradi. Qo'ng'ir ayiqlar o'simliklar va
hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular oktabrning
oxiri va noyabrning boshlarida qishki uyquga
kiradi. Uyasini ko'pincha toshlar orasidagi
pastqam joylarga, ba’zan qalin butazor va
changalzorlar orasiga soladi. Bu hayvon qish
da to'la uyquga kirmaydi. Kuzda ko'pincha
ertalab uyg'oq bo'ladi. Havo isib turadigan
paytlarda juda ziyrak uxlaydi. Odamlar yaqin-
lashsa darrov sezadi, ba’zan esa tashqariga
Qo'ng'ir ayiq.
ham chiqadi. O'rta Osiyodan boshqa hudud
larda qo'ng'ir ayiqlar yiqilgan daraxtlar ostida,
botqoqlik yoki suv havzalariga ega bo'lgan
o'rmonli tekisliklarda hamda tog'lik joylarda
yashaydi.
Bir qarashda
beso'naqay
ko'rinadigan qo'ng'ir ayiq mohir ovchilardek tez
yuguradi, chaqqonlik bilan daraxtga chiqadi,
yaxshi suzadi va sakraydi. Ayiq barcha narsani
yeyaveradi, ko'proq meva hamda ildizlar bilan
oziqlanadi; hasharotlar va ularning qurtlarini kov-
lab oladi; baqa va baliqlarni tutib olib yeydi.
Yarador bo'lgan ayiqlar odamga
hujum qilishi
mumkin. Q o'ng'ir ayiq asalni juda xush
ko'rganidan, hatto ari chaqishidan ham hayiq-
maydi.
Ayiqlar bahorgacha xotirjam uxlash uchun
kuzda yaxshi boshpana topishi lozim. Ayiq an
cha yirik hayvon bo'lganligi sababli qishda oziq
topishi, qalin qor ichida yurishi qiyinlashadi.
Agar u kuzda o'zida yetarlicha yog' to'play ol
masa, qishki uyquga yotmaydi. Och ayiq qish
da jahldor bo'lib qoladi. Bunday ayiqlar odam
uchun ham xavfli. Ayiqning tanasi harorati uyqu
paytida ham pasaymaydi. Ona ayiq yoshga
to'lgan bolalari bilan bitta uyada yotadi.
Ayiqchalar yangi tug'ilgan bolalarga qarashda
ona ayiqqa ko'maklashishadi. Bir yil aw al
tug'ilgan ayiqchalar tarbiyachilar deb ataladi.
Yosh ayiqchalar ikki yilgacha ona ayiq bilan bir
ga yuradi. Ayiqlar qahraton qishning yanvar va
fevral oylarida ikkita bola tug'adi. Ona ayiq ul
arni bahorgacha boqadi. Agar ayiqchalar atigi
yarim kilogramm vaznda tug'ilmaganda ona
ayiq bunday oilani hech qachon boqa olmasdi.
Ayiqchalar bahorgacha juda sekin o'sadi: ular
mayda kuchukchaga o'xshash bo'ladi.
Oq tirnoq ayiq.
m
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bahorda ayiqning ishtahasi bo‘rinikidan
ham zo'rroq boladi. Qishda ayiq «barmog'ini
so‘rib yotadi», degan gap bor. Lekin bu bilan
qorin to'yd irib bo‘lm aydi-ku! Aslida u
barmoglni so'rmaydi. Qishning o‘rtalarida
ayiqning barmoq terilari ko‘cha boshlab, qichi-
shadi, uyqudagi ayiq eski terisini so'rib, sidi-
rib tashlaydi.
Qo‘ng‘ir ayiqning izini ba'zan odamning izi
bilan adashtirib yuborish mumkin. Lapanglab
yurgani uchun
ayiqni maymoqoyoq deb ham
atashadi. Bu noto‘g‘ri fikr, chunki ayiq juda
chaqqon bolib, hatto otni ham quvib yetishi
mumkin.
Qo‘ng‘ir ayiqning hid bilish va ko'rish organ
lari yaxshi rivojlangan. Eshitish organi esa it-
nikiga nisbatan sustroq rivojlangan.
Qo‘ng‘ir ayiq q olga yaxshi o'rganadi.
Lolilar qadimdan qishloq va shaharlar bo'ylab
ayiq olib yurib, xilma-xil o'yinlar ko'rsatishadi.
Sirkda esa ayiqlarni turli murakkab mashqlar-
ni bajarishga, hatto velosiped va mototsiklda
yurishga o‘rgatishadi. Oq ayiq qo‘ng‘ir ayiqqa
nisbatan qolg a qiyin o'rganadi. Hayvon
o'rgatuvchilar oq ayiqni eng xavfli hayvon deb
hisoblashadi. Himolay toglarida qora ayiq
ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: