Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

AVIATSIYA
Inson qadim-qadimdan qush kabi uchish- 
ni, burgutdek baland tog' cho'qqilari ustida 
parvoz qilishni orzu qilib kelgan. Ertaklarda-
gi «uchar gilam» va «uchar ot»lar bekorga 
to'qib chiqarilmagan. Ajdodlarimizdan qaysi 
biri bolaligida varrak uchirmagan? Varrak, 
qushlar, «uchar gilam» va «uchar ot»lar in­
sonning uchadigan mashinalarni o'ylab to- 
pishiga turtki bo'ldi. Qush kabi uchadigan 
apparatlar — havodan og'ir uchish apparat- 
larining dastlabki chizmalari o'rta asrlarda 
yashagan buyuk italyan olimi Leonardo da 
Vinchi qo'lyozmalarida topildi. Undan keyin 
ko'pgina ixtirochilar juda g'aroyib uchish ap- 
paratlari yaratishga urinib ko'rishdi. 1882-yil- 
da rus dengiz ofitseri A. F. Mojayskiy osmon- 
ga ko'tara oladigan dunyoda birinchi samol­
yot qurdi. Unda hozirgi samolyotning barcha 
asosiy alomatlari: tana (korpus), qanotlar, 
dum, qanot, shassi, boshqarish mexanizmlari, 
motor qurilmasi bor edi. Sinovlardan birida 
samolyot yerdan bir oz ko'tarildi-yu, lekin yoni- 
ga qiyshayib borib, yerga quladi va qanotlari- 
ni sindirib oldi. Amerikalik aka-uka Raytlarga 
bu ishda omad kulib boqdi: 1903-yil 17-dek- 
abrda ularning kerosin bilan ishlaydigan dvi- 
gatelli aeroplanlari osmonga ko'tarildi va 32 
metr joygacha uchib bordi. Shu tariqa avi- 
atsiya (lotincha «avis» - qush) dunyoga keldi. 
20-asr boshida aviatsiya jadal rivojlana 
boshladi. Butun dunyoda birin-ketin samolyot- 
larning turli-tuman konstruksiyalari yaratildi, 
gidrosamolyot deb ataladigan uchar qayiqlar 
qurildi. 1909-yilda fransuz konstruktor-uchuv- 
chisi L. Blerio o'zi qurgan «Blerio-XI» samoly- 
otida Lamansh bo'g'ozi orqali Fransiyadan 
Angliyaga uchib o'tdi. Rus konstruktori A.N 
Tupolev yaratgan ANT-3 samolyotida 1926- 
yili uchuvchi M. Gromov Yevropani aylanib 
uchib o'tdi. Amerikaning «Rayan» firmasida 
tayyorlangan samolyotda uchuvchi Ch. Lind- 
berg 1927-yilda birinchi marta AQSHdan At­
lantika okeani orqali Yevropaga uchib o'tdi. 
A. N. Tupolev rahbarligida loyihalangan ANT- 
4 (TB-1) samolyotida 1929-yilda uchuvchi 
S.A.Shestakov Moskvadan parvoz qilib, Sibir, 
Tinch okean orqali 20000 kilometr masofani 
bosib o'tib, Nyu-Yorkka qo'ndi. V.Chkalov, 
G.Baydukov va A.Belyakov 1937-yilda ANT- 
25 samolyotida Moskva - Shimoliy qutb -
Vankuver (AQSH) marshrutini qo'nmay uchib
www.ziyouz.com kutubxonasi


0
‘tishdi. Amerikaning «Duglas» firmasi tayy- 
orlagan DS-3 sam olyotidan dunyoning 
ko'pgina mamlakatlarida ancha yillar davomi­
da yo'lovchilar tashishda foydalanildi. Biroq, 
bu samolyotlar kam o'rindiqli va uchish tezli­
gi kichik bo'lganligi sababli 50-yillarga kelib 
yo'lovchi va yuklarni tashishda qoniqtirmas 
edi. Rossiya, Angliya, Germaniya, Italiya va 
AQSH da reaktiv dvigatel yaratish borasida 
qizg'in ish olib borildi. 1949-yil Angliyada 40 
o'rinli «Komet» tipidagi, 1955-yilda sobiq It- 
tifoqda 100 o'rinli «Tu-104» reaktiv samol­
yotlar ucha boshladi. Shundan so'ng AQSH 
da «Boing» tipidagi, Angliyada «Britaniya» 
va «Vaykaunt», Fransiyada «Karavella», so­
biq Ittifoqda Tu-114, «Tu- 
154», Tu-134» 11-18, «II- 
62», «П-76», «N-86» «An- 
24» «Yak-40», Yevropa 
mamlakatlari firmalari bi­
lan birgalikda loyihalan- 
gan «А-300», «А-310»,
«А-320» va boshqa 
sam olyotlar ya ratildi.
Ko'p 
m am lakatlarda 
1960-yillar 
oxiridan 
boshlab tovushdan tez 
uchar samolyotlar yara­
tish ustida qizg'in ish olib 
borildi. Sobiq Ittifoqda 
«Tu-144», Angliya va
Fransiyada «Копко- 
rd», AQSHda «Bo- 
ing-2707» samolyot- 
lari yaratildi. Bular 
soatiga 2500—3000 
kilometr tezlik bilan bir 
necha ming kilometr 
masofaga qo'nmay 
ucha oladi. Bu orada 
vertolyotlarning turli 
xillari yaratildi.
O 'z b e k is to n d a
sam olyotlar ishlab 
chiqarish 40-yillarda 
boshlangan. 1941-yili 
Ximki shahri (Moskva 
viloyati) dan Toshkent­
ga ko'chirib keltirilgan V. P. Chkalov nomida­
gi aviatsiya zavodi negizida barpo qilingan 
Toshkent aviatsiya zavodi (1996-yildan «Tosh­
kent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» 
davlat aksiyadorlik jamiyati)da dastlab jango- 
var samolyotlar tayyorlangan. Urushdan key­
ingi yillarda IL-14, 1958-yildan transport 
samolyotlari, 1966 yildan AN-22 - «Antey» 
samolyotlari, 70-yillar boshlaridan IL-76 
samolyotlari ishlab chiqarilgan. 90-yillarda 
uning asosiy mahsuloti IL-76 MF transport 
samolyoti bo'ldi, 1992-yildan mahalliy havo 
yo'llarida uchishga mo'ljallangan IL-114 
samolyotlari (64 o'rinli) o'zlashtirildi. 1997-yil- 
da S.Ilyushin nomidagi aviatsiya kompaniya-
www.ziyouz.com kutubxonasi


si (Rossiya) IL 114 samolyotini ishlab chiqar­
ish va !l ^6 MF- samolyotini ta’mirlash huqu- 
qini b^radiqan xalqaro sertifikatlarni Toshkent
avia.c-o/lariga topshirdi
AVSTKAIIVA
Bu g'aroyib m aterikning taqdiri ham 
o'/qanha! Gap uni yevropaliklar Amerikadan 
anr ha keyin kashf etganliklaridagina yoki uzoq 
Avr traliyani o'zlashtirganlar orasida Angliya- 
d^n surgun qilingan jinoyatchilar bolganligida 
ham emas Yo‘q! G‘alatiligi ancha ilgari, taxmi- 
nan 100 million yil awalroq - Avstraliya o‘z te- 
varagidagi orollari bilan katta quruqlikdan 
ajralib ketgan davrda boshlangan.
O'sha davrda Yer yuzida sutemizuvchi 
hayvonlar paydo bolgan, ammo ularning ak- 
sariyati hali o‘z ajdodlari - kaltakesakka
o'xshab tuxum qo'yar edilar. Tirik bola tug'a 
boshlaganlarining bolalari esa, yaxshi 
rivojlanmagan va nimjon edi. Hayvonlarning 
bunday bolalari onasidan alohida yashay ol- 
mas, shuning uchun onasi ularni qorin terisin- 
ing burishgan joyidagi xaltachasida ko'tarib 
yurgan. Shu xaltachada hayvonlar ona sutini 
emgan va «yetilgan». Bunday hayvonlarni olim­
lar xaltalilar deb atashadi. Avstraliyaning 
o'rmonlari va savannalari abadiy xaltali hayvon­
lar olami bo'lib qolgan
U yerda xaltali bo'ri ham, daraxtlarda 
yashaydigan xaltali koala ayig'i ham, xaltali ol- 
maxon va kalam ush ham bor. Ammo 
Avstraliyaning eng asosiy xaltali hayvoni - ken­
guru. U yerda tuxum qo'yuvchi hayvonlar ham 
topildi, holbuki olimlar ularni million yillar oldin 
q irilib ketgan, deb yurar edilar. Bular 
o'rdakburun va yexidna. Shu boisdan Avstraliy-
ani ko'pincha qoldiq 
hayvonlar muzeyi 
deyishadi.
Avstraliyada par- 
randalar ko'p va xil- 
ma-xil. Eng yirigi -
emu tuyaqushi. Eng 
go'zali - kamalak 
singari tovlanadigan 
jannatqushlaridir. 
Eng 
g'a la tisi 
-
m azaxchi 
qush. 
R a n g - b a r a n g
to 'tiq u sh la r gala- 
gala uchib yurishadi.
A v s t r a l i y a d a
mashhur «nasos- 
daraxt» - evkalipt 
o'sadi. Uning bo'yi 
baland 
bo'lib, 
y a p r o q l a r i d a n
xushbo'y bug' chiqib 
turadi.
A v s tra liy a n in g
keng savannalari va 
cho'l chekkalari ti- 
kanakli qalin butazor 
(skreb)lar 
bilan 
band.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sidney shahridagi Opera uyi.
Avstraliyada sersuv, katta daryolar yo'q. 
Eng katta daryosi - Murrey. Uning irmog'i -
Darling qurg'oqchilik paytida qurib qoladi. 
Sug'orilishga muhtoj bolgan talay suvsiz yer­
lar hozircha kam o'zlashtirilgan, u yerlarda aholi 
ham deyarli yasham aydi. A vstraliyada 
sug'orish masalasi - eng muhim muammolar- 
dan biri. Daryo suvlarini taqsimlash uchun u 
yerda maxsus gidrotexnika inshootlari quril­
gan. Yer osti suvlaridan ham foydalaniladi.
Avstraliyada toglar ko'p bolgani bilan un- 
cha baland emas. Yer bag'rida oltin, kumush, 
mis va temir rudalari, toshko'mir va boshqa foy- 
dali qazilmalar bor. Bu qazilma boyliklarning 
ko'pi hamisha boshqa mamlakatlarga sotila- 
di. Ammo Avstraliyaning boshqa mamlakatlar­
ga sotadigan asosiy narsasi - qishloq xo'jalik 
mahsulotlaridir. Avstraliya qo'ychilik bo'yicha 
dunyoda birinchi o'rinda turadi. U Yevropa,
Osiyo va Amerikaning bir qancha mamlakat- 
larini jun xom ashyosi bilan ta minlab turadi 
Qo'y boqiladigan yaylovlarni kengaytirish 
maqsadida ko'p ajoyib o'rmunlar yo'q qilib 
tashlandi.
O’tgan asr o'rtalarida Avstraliyada oltin 
konlari topilganda, jahonning hamma yeiidan 
osongina boyib olish ishqibozlari bu yeig^ 
kelishga intildilar.
In g lizla r A vstra liya n i egallab, um 
o'zlashtirdilar. Avstr aliyaning tub aholisi ingliz­
lar tomonidan noqulay yerlarga siqib chiqaril 
gan va asrlar o'tishi bilan juda kam qolgan 
Mahalliy aholi dengizda kelgindilarning kema 
larini ko rishlari bilanoq sohildagilarm
ogohlantirish uchun «kui-i» deb qichqirganlan 
bejiz emas. Bu bolajak xavfni bildirish va yoi 
damga chaqirish signali edi.
Biroq mahalliy aholi mustamlakachilarning 
to p va zambaraklariga o zlaridagi baliq ov 
lash changaklari va ovchilik nayzalaiidan 
boshqa nimani ham qarshi qo'ya olar edilar?
Avstraliyaning tub aholisini pistirmalarga 
quvlab, otib tashlardilar, zaharlangan ovqatldi 
berib xoinona oldirardilar, chol ichkarisiga 
haydab, ochlikdan halok bo lishga mahkum 
etar edilar. Hozir Avstraliyaning tub aholisi 
hammasi bolib 50 ming kishidan oshmaydi
Avstraliya materigida bitta davlat - Avs- 
traliya davlati joylashgan. Avstraliyaliklar, 
asosan, inglizlarning avlodlari bolib. ingliz till 
da so'zlashadilar. Ular qishloq xo'jaligi bilan 
shug'ullanadilar, shaxta va konlarda, metal 
lurgiya zavodlarida, to quv vu poyabzal fab 
rikalarida ishlaydilar
AVSTRIYA
(Avstriya Respublikasi)
Maydoni - 83800 kvadrat kilometr.
Aholisi - 8000600 kishi
Maydoni uncha katta bo'lmagan bu davlat 
Yevropaning markazida joylashgan. Uning 
sharqidan g'arbigacha Alp tog'i tizmalari 
ch o 'zilib yotadi 
Juda baland qorli 
cho qqilarda yuzlab daryolar va sharsharalar 
paydo boladi. Ularning ko'pida gidroelektr 
stansiyalar qurilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vena shahridagi Parlament 
binosi.
Tog' yonbag'irlari archa 
va pixta o'rm onlari bilan 
qoplangan. Tog' yaylovlar- 
ida sh irali o 'tla r o'sadi.
Daryo vo d iyla rid a iqlim
o'rtacha iliq va yumshoq. U 
yerlarda 
dehqonlar 
bug'doy, javdar, m akka­
jo'xori, kartoshka, uzum, 
meva yetishtirishadi. Avst- 
riyaning o'zi yetishtiradigan 
don mahsuloti o'ziga yetmaydi, uni boshqa 
mamlakatlardan sotib oladi. Avstriya nasldor 
qoramollari bilan mashhur.
Mamlakatdagi Dunay daryosidagina ke­
malar qatnay oladi.
Avstriyada sanoat yaxshi rivojlangan. 
Uning zavod va fabrikalari ko'plab a’lo sifatli 
asbob va mashinalar, gazlama va qog'oz 
ishlab chiqaradi. Yer bag'ridan magnezit, 
neft, gaz, turli metall rudalari qazib olinadi.
Avstriyada mashhur kompozitorlardan 
Motsart, Betxoven, Shubert, Shtraus, Brams 
yashab ijod etganlar. Avstriyaliklarning mil­
liy kuyi — Vena valsidir. Bayram larda 
orkestrlar musobaqasi o'tkaziladi, shahar 
maydonlarida yarim kechagacha o'yin-kul- 
gi bo'ladi.
Avstriyaga har yili 7 millionga yaqin chet el 
sayyohlari keladi; bu — mamlakatning mahal­
liy aholisi soniga deyarli teng! Chet elliklar Alp 
tog'larida chang'i uchadilar, shifobaxsh suvli 
kurortlarda davolanadilar, ko'hna qo'rg'onlar 
va muzeylarni tomosha qiladilar.
Avstriyaning poytaxti va eng yirik sanoat 
shahri — Venada muzey, ko'hna saroy va is- 
tirohat bog'lari ayniqsa ko'p.
Ikkinchi jahon urushi arafasida Avstriya 
gitlerchilar qurolli kuchlari tomonidan istilo 
qilindi. Urushdan keyin tuzilgan Davlat 
shartnomasiga ko'ra, u hech qanday harbiy 
ittifoqlarda qatnashmaslik majburiyatini oldi.
M amlakat parlam enti doim iy betaraflik 
to'g'risida qonun qabul qildi.
Avstriya Respublikasi O'zbekiston Res­
publikasi bilan 1992-yilda diplomatiya muno- 
sabati o'matgan.
AVTOMAT
Qadimgi yunon tilida «automatos» so'zi 
«o'zi harakatlanuvchi» ma’nosini bildirgan. 
Siz qadimgi yunonlarda o'zi harakatlanuvchi 
avtomat qurilmalar bo'lganmi deb so'rarsiz. 
Ha, bo'lgan ekan. Masalan, bundan 2000 yil 
ilgari ibodatxonalardan birida «muqaddas» 
suv sotadigan avtom at bo'lgan. Dinga 
ish o n u vch ila r uning qanday ishlashini 
bilishmagan va shuning uchun ham bu 
«automatos»ni buyuk mo'jiza deb hisoblash- 
gan. Hozir biz suv sotadigan avtomatga, yoki 
bo'lmasa, jiringlaydigan soatga (budilnikka) 
qulluq qilishni xayolimizga keltirmaymiz: axir, 
tanga tashlasangiz o'z-o'zidan suv chiqaradi- 
gan qurilma ham, o'zi ham vaqtni ko'rsatib, 
ham siz xohlagan paytda jiringlaydigan soat 
ham avtomat tarzda ishlaydi-ku. Biz o'zi har­
akatlanuvchi qurilm a la rg a allaqachon 
o'rganib qolganmiz. Avtomatlar tangangizni 
maydalab beradi, ko'cha harakati xavfsizligi- 
ni ta ’minlaydi, poyezd va sam olyotlarni 
boshqaradi, kosmosga uchadi, Oyni tadqiq
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladi... Avtomat stanoklar metall va plast- 
massaga ishlov beradi, gazlama to'qiydi, 
vintlar, tugmalar, konfetlar, tabletkalar, muzqay- 
moq idishchalari, tish pastalari, plyonkali kas- 
setalar ishlab chiqaradi, hatto chuchvara tug- 
adi. Xullas, avtomatlar bajaradigan ishlar juda 
ko'p. Avtomatlar minglab turli narsalarni va 
turli ishlarni odamlarga qaraganda tezroq va 
aniqroq bajaradi. Avtomat charchamaydi va 
xato qilmaydi, u qizib turgan pech ichida ham,
poyonsiz muzliklarda ham, yer, suv ostida va 
ochiq koinotda ham ishlay oladi. Avtomat- 
stanoklarchi! Ular bir-birlari bilan «kelishib» 
ishlaydi. Shu yo'sin qator avtomatik stanoklar 
bir-biriga ulanib, avtomatik liniya hosil qilina- 
di. Birinchi stanok zagotovkani ishlab, 
boshqasiga o'tkazadi. Ikkinchi avtomat- 
stanok o'ziga tegishli ishni bajarib bo'lgach, 
yonidagiga uzatadi. Oxirgi stanokdan esa 
tayyor mahsulot: traktor shesternyalari yoki 
konserva bankalar, sharikli podshipniklar yoki 
elektr lampochkalar chiqadi. Hozirgi paytda 
butun boshli avtomat zavodlar ham bor. Ular 
o'z ishlarini hormay-tolmay, bir zumda aniq 
bajaradi. Shunday katta zavodni bir necha 
kishigina boshqarib turadi. Har bir avtomat- 
ning o'z «sezgi a’zolari» bor. Avtomat odam­
ga xavf tug'ilganligini «ko'rib» qolsa, darhol 
stanokni to'xtatadi. U harorat o'zgarishlarini 
ham «sezadi»: dazmol, sovitkich, elektr pech- 
ni dam ulab, dam uzib turadi. Avtomatik «bu- 
run» shaxtadagi xavfli gaz hidini «sezib», sig­
nal beradi, avtomatik «quloq»lar avtomashi- 
na gudogini eshitib, darvozani ochadi. Av­
tom atik « q о ‘ I»I a r , «ko'z»lar, «burun», 
«quloq»lar dedik. Xo'sh, «miya»chi? Aqliy 
ishlarni bajara oladigan avtomatlar yaratish 
mumkinmi? Ha, mumkin ekan. Hozir mu­
rakkab hisoblash ishlarini bajaradigan, loyi- 
halar, chizmalarni chizadigan avtomatlar bor. 
Odamlar murakkab avtomatik boshqarish 
mashinalari yasashni, haqiqiy «elektron miy- 
alar» yaratishni o'rganib olishdi. Bunday 
mashinalar domna yoki elektr stansiya yaxshi 
ishlashi uchun, raketa to'g'ri parvoz qilishi 
uchun qachon nima qilish kerakligini o'zi 
hisoblab, o'zi hal qiladi. Shuningdek, faqat 
hisoblab, hal qilibgina qolmaydi. Uning o'zi 
boshqa avtomatlarga zarur buyruqlarni bera­
di va bu buyruqlar qanday bajarilganligini tek- 
shirib ko'radi. Avtomat qorovul, sotuvchi, ish- 
chi, buxgalter, muhandis, uchuvchi... Bularning 
hammasi hozir bor, ishlab turibdi, odamlarga 
yordam bermoqda. Xo'sh, ertagi kunning av- 
tomatlari qanday bo'ladi? Ularni yaratuvchi 
kishilar nimalarni orzu qilishadi, nimalar usti­
da ishlashmoqda? Kasalning harorati va qon
www.ziyouz.com kutubxonasi


bosimini o'zi o'lchaydigan, tomir urishini 
sanaydigan, yurak va o'pkasini eshitib 
ko'radigan avtomat-shifokorni tasavvur qiling. 
Uning o'zi kasallikni aniqlaydi va qanday 
davolash kerakligini belgilaydi... Yangi, yana- 
da mukammalroq avtomatlarni yaratish uchun 
eng bilag'on, eng qobiliyatli, eng ishchan olim 
va muhandislar, texnik va ishchilar — o'z ish- 
ining haqiqiy ustalari kerak. Bular esa sizlarn- 
ing ichingizdan yetishib chiqadi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish