ing uchun atmosferani ifloslantirmaslik juda
muhim, biroq butun yer yuzida atmosferaga
ko'plab sanoat chiqindilari: zavod va issiq
lik elektr stansiyalari mo'rilaridan chiqadi-
gan tutunlar, avtomobillarning zararli gazlari
chiqariladi. Mamlakatimizda havoni ifloslan
tirmaslik uchun korxonalarda tozalash in-
shootlari qurilgan, atmosferani muhofaza
qilishga katta ahamiyat beriladi.
ATOM
Miloddan uch yuz yil avval Yunonistonda
faylasuf olimlar har qanday modda, har qan
day buyumni mayda bo'laklarga bo'lish
mumkinligi to'g'risida fikr bildirganlar. Tosh-
ni kukun qilib maydalash,
suvni esa sochib
yuborish mumkin (keyin suv bug'ga aylanib
ketadi). Suv bug'i shunday kichik zarralar-
dan iboratki, ularni oddiy ko'z bilan ko'rib
bo'lmaydi.
Moddalarni qaysi darajagacha parcha-
lash mumkin? Nahotki ular cheksiz parcha-
lanaversa? Balki, hech qanday kuch bilan
parchalab bo'lm aydigan qandaydir eng
kichik zarralar bordir. Hech kim o'z ko'zi bi
lan ko'rmagan bunday mayda zarralarni
yunon olimlari atom deb atashni taklif etdi-
lar. Yunoncha «atom» - «bo'linmas» degan
ma’noni anglatadi.
Olimlar har bir narsaga darrov ishonib
qo'ya qolmaydilar,
ular hammasini albatta
tajribada sinab ko'radilar. Mana, kimyogar-
lar moddalarni tarkibiy qismlarga ajratish-
ga qo'l urdilar. Masalan, agar bo'r qizdiril-
sa, u karbonat angidrid va ohakka ajraladi.
Karbonat angidridni kislorod va uglerodga,
ohakni esa kislorod va kalsiyga ajratish
mumkin. Lekin kalsiy, uglerod va kislorodni
endi boshqa parchalab bo'lmaydi. Kimyo
v iy
y o 'l
b ilan
boshqa
p a rc h a la b
b o 'lm a y d ig a n
bunday
«oddiy
moddalar»ning soni o'tgan asr o'rtalarida
70 ga yaqinni tashkil etdi. Shu bilan birga,
bu oddiy moddalar muayyan sharoitda yana
murakkab moddalarga aylanishi mumkinli
gi ham ma’lum bo'ldi.
Agar atom haqiqatan ham mavjud deb
faraz qilinsa, bu masalani osongina hal qil
ish mumkin, degan qarorga kelishdi olimlar.
Har bir oddiy moddaning o'z atomi bor: ug
lerod atomi kislorod atomidan ham, kalsiy
atomidan ham farq qiladi va umuman olgan-
da, dunyoda qancha oddiy moddalar bo'lsa,
shuncha turda atomlar ham mavjud.
Kimyoviy
reaksiyalar sodir bo'layotganida oddiy mod-
dalarning atomlari molekulalarga birlashadi.
Molekulalarni ularni tashkil etgan atomlarga
parchalash mumkin, lekin atomlarni kimyoviy
yo'l bilan aslo parchalab bo'lmaydi. Shu bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi
birga, bir atomni ikkinchi atomga aylantirish,
bir oddiy moddadan ikkinchi oddiy moddani
hosil qilish mumkin emas. Masalan, simob
yoki qo'rg'oshindan, bir zamonlar alkimyogar-
larorzu qilganidek, oltin olib bo'lmaydi.
Barcha kimyoviy hodisalar atom va mole-
kulalar haqidagi tushunchani juda ravshan
izohlab berdi. Atom va molekulalarning mav-
judligi to'g'risida endi hech qanday shak-
shubha yo'q edi.
Lekin nahotki atomni par-
chalab bo'lmasa? Moddaning biror bir zarra-
chasini, hatto u juda mayda bo'lganda ham,
nahotki uni juda bo'lmaganda ikki bo'lakka
bo'lishning iloji bo'lmasa?
Mana shunda fiziklar ishga kirishdilar.
XIX asrning oxirida ular atomga nisbatan de
yarli ikki ming marta kichik bo'lgan mayda
zarralar borligini kashf etdilar. Bular elektron
lar deb ataldi. Elektronlar atomlar tarkibiga
kiradi. Demak, atomlarni parchalash mumkin
ekan-da! Haqiqatan ham, keyinroq fiziklar
atomning murakkab tuzilishga ega ekanligini
isbotladilar. Atomning markazida yadro joy
lashgan bo'lib, elektronlar uning atrofida
go'yo Quyosh atrofida sayyoralar aylanga-
nidek aylanadi.
Lekin hammadan qizig'i hali oldinda edi.
Atomlarning yadrolari ham bo'linadigan bo'lib
chiqdi. Atom yadrosi proton va neytronlardan
tashkil topgan bo'lib, ular yadroda nihoyatda
kuchli birikkan. Agar yadro parchalansa, juda
katta energiya hosil bo'ladi. Olimlar atom
yadrosini parchalash yo'lini topdilar. Hozirgi
kunda insoniyat atom energiyasining qudratli
manbai
- atom reaktorlariga, shuningdek
dahshatli qurol - atom bombasiga ega bo'ldi
Lekin atom ustidagi ilmiy izlanishlar hali ham
to'xtagani yo'q. Kim bilsin, balki u yanada
kichikroq zarralarga bo'linar. O'zbekistonda
bu izlanishlar bilan O'zbekiston Fanlar aka-
demiyasiga qarashli Yadro fizikasi instituti
olimlari shug'ullanishadi.
AVESTO
Eng qadim iy kitob qayerda paydo
bo'lgan? Bu savolga yaqin-yaqinlargacha
aniq javob berib bo'lmasdi. Tarixchi olimlar
haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning tad-
qiqoti natijasida, eng mo'tabar, qadimgi
qo'lyozma Avesto ekanligi ma’lum bo'ldi. Bu
nodir kitob
uzoq zamonlarda bizning ona
zaminimizda, aniqrog'i Xorazmda vujudga
kelgan. U ayni vaqtda O 'rta Osiyo,
Afg'oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining
birinchi yozma yodgorligidir. Avestoda ana
shu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiy-ij-
timoiy hayoti, diniy tasavvurlari, urf-odatlari,
tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlari
bayon etilgan. Avesto maxsus yozuvda yozil
gan Bu yozuv sanskrit deb atalgan yozuvga
yaqin. Kitob o'sha zamonlardayoq boshqa
tillarga tarjima qilingan Avestoning asl nusxa-
si muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ru
honiylari qo'lida saqlangan. Kitobda keltiril
gan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari
miloddan awalgi 2-mingyillik oxiri, 1-mingyil-
lik boshiga oid. Avesto tarkibiga turli diniy urf-
odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoi-
dalar va boshqalar q o 'sh ilib borgan.
Avestodagi ko'p ma’lumotlar asosan og'zaki
tarzda avloddan-avlodga o'tib kelgan. Dast
labki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisi-
ga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axamoniy-
lar sulolasining
poytaxti Sheroz yaqinidagi
Taxti Jamshidda saqlangan. Makedoniyalik
Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuy
dirib yuborilgan. Hozir fanda ma’lum bo'lgan
Avesto milodiy 6-asrda Sosoniylar shohi Hus-
rav I Anushirvon davri(531-579)da yozib ol
ingan. 7-asrda arablar S osoniylarni
mag'lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniy-
larning bir qismi Hindistonga o'tib ketgan. Ul
arning avlodlari hozirgi Avestoning asl nusx-
asini saqlab kelmoqda Bizgacha yetib kel
gan Avesto 27 jilddan iborat bo'lib, ular asarn
ing yettidan bir qismi xolos.
Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki,
unda ilk falsafiy ta’limotlar bilan tanishasiz. Bu
ta’limotga ko'ra, olam ikki qarama-qarshi
kuch, ya’ni yorug'lik bilan zulmatning, yaxshi-
lik bilan yomonlikning to'xtovsiz kurashidan
iborat Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahura-
mazdo yer, o'simlik va boshqa hamma tabiiy
boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik tim-
soli Anxramaynu Ahuramazdoga qarshi
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga
ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.
Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yo-
monlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylash
gan, yer sahni esa kurash maydonidir.
Hayot-
dagi turli o'zgarishlar qaysi kuchning g'alaba
qilishiga bog'liq. Inson ham tana va ruhning,
axloq esa yaxshi va yomon xulqning o'zaro
kurashidan iborat.
Avesto ta’limotiga ko'ra, birinchi inson Go-
vamard (ho'kiz-odam; forscha Qayumars).
Undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi
shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki
unda o'lim bo'lmagan, Axuramazdo doimiy
bahor yaratgan. Kishilar bekam-u ko'st, bax
tiyor yashagan. 900 yil o'tgach shoh Yima
g'ururga berilib, man etilgan sigir go'shtini
yeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmida-
gi kuchlar bosh ko'taradi. Olamni muzlik
qoplaydi. Yima Axuramazdo amri bilan odam
lar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish
uchun qo'rg'on qurib, unga har bir jonzotdan
bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk
oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshi-
lik va yomonlik) o'rtasidagi kurash davri
bo'lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi
davrda Axuramazdo g'alaba qilib, ezgulik sal-
tanati barqaror bo'ladi, adolatli jamiyat yuza-
ga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat,
oilaviy turmush bilan mashg'ul bo'lishlari ker
ak. Avesto va zardushtiylik dini ta’limoti key-
ingi barcha dinlarga ta’sir ko'rsatdi.
Avesto
- bizning qadim tarixga ega
o'lkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat
bo'lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjat-
dir. O'zbekiston Respublikasi Vaziriar Mahka-
masi UNESKO bosh konferensiyasining
1999-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan sessiyasi
qaroridan kelib chiqib, O'zbekistonda 2001-
yilning oktabr oyida Avesto yaratilganligining
2700 yilligini nishonlash haqida qaror qabul
qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: