Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

ASL METALLAR
Dengiz tubida g'arq bolgan kemalar yotib- 
di. Ularning yelkanlari allaqachonlar chirib ket­
gan, kema bortining qoldiqlarini chig'anoq va 
suvo'tlar qoplagan, temir qismlarini esa zang 
bosgan. Bronza zam baraklar dengizning 
sho'r suvi ta’siridan qorayib ketgan. Faqat 
kemadagi oltin va kumush tangalargina uzoq 
yillar davomida deyarli o'zgarmagan.
Odamlar qadim zamonlardayoq oltin va 
kumushning g'aroyib xossalarini payqash- 
gan edi. Bu m etallar havoda o'z jilvasini 
yo'qotmagan, suvda zanglamagan, o'yuvchi 
kislota va ishqor eritm alarida erim agan. 
Mustahkamlik va o'zgarmaslik hamma davr­
da asllik belgilari sanalgan. Shuning uchun 
odamlar oltin va kumushni asl metallar deb 
atashgan. Buning ustiga ular kam uchragan. 
Shu sababli deyarli hamma mamlakatlarda 
odamlar buyum qimmatini asl metallar qim- 
mati bilan qiyoslashgan. Kimning oltin va 
kumushi qanchalik ko'p bo'lsa, u shuncha- 
lik badavlat, aslzoda, qudratli hisoblangan. 
Oltin va kumush tufayli urushlar bo'lgan.
Bundan 300 yil awal Janubiy Amerika kon- 
larida ispanlar oltin yuvishga xalal bergan og'ir 
m e ta lln i ja h lla ri c h iq ib b a z o 'r u lo q tirib
tashlashardi. Ular kelajakda bu metall oltindan 
ham qadrliroq bo'lishini xayollariga keltirma- 
gan holda uni “platina" (ispan tilida “kumush” 
degani) deb atashgan.
K im y o g a rla r p la tin a n i o 'rg a n is h g a
kirishib, platinali metallar guruhini aniqlash- 
di. Ular orasida Yerdagi eng og'ir metall —
osmiy ham bor edi. U qo'rg'oshindan ikki
www.ziyouz.com kutubxonasi


marta, temirdan esa deyarli uch marta og'ir.
Barcha asl metallar, aw alo, platina hozir­
gi zamon texnikasida qo'llaniladi. Platinadan 
maxsus kimyoviy idish - platina tigeli tayyor­
lanadi, chunki platina yuqori haroratlarga 
chidamli, o'ta darajada qiziganida ham havo 
tarkibidagi kislorod bilan birikmaydi va o'z 
vaznini o'zgartirmaydi. Platina bilan iridiy qo- 
tishmasidan kilogramm o'lchov namunalari 
yasalgan. Shu asosda barcha mamlakatlar­
da tarozilar tekshirib turiladi. Projektorlar 
ko'zgusi asl metall rodiy bilan qoplanganligi 
uchun u yuqori haroratda ham o'z yaltiroqligi- 
ni yo'qotmaydi. Kimyogarlar asl metallarning 
boshqa muhim xossalarini ham aniqlashgan. 
Ularning ba’zilari (ayniqsa, platina va palladiy) 
ishtirokida ko'pgina kimyoviy reaksiyalar o'n 
va yuz ming marta tezlashadi. Kumushga 
ham ish topildi. Usiz fotografiya ham, kino 
ham bo'lmasdi: axir kumushning ayrim birik- 
malari yorug'likka sezgirligi tufayli fotoplyon- 
kada tasvir hosil bo'ladi. Kumush a’lo dara- 
jadagi elektr o'tkazgichdir. Undan elektron rele 
kontaktlari ishlanadi, radiopriyomnik qismlari 
kumush bilan qoplanadi.
Oltinga bo'lgan munosabat ham o'zgardi. 
U endi faqat zargarlik buyumlari yasashdagi- 
na qo'llanilmaydi. Elektr vakuum asboblarida- 
gi kontaktlar oltindan tayyorlanadi, oltinsiz 
tranzistor ham yasab bo'lmaydi. Oltinning 
platina bilan qotishmasi eng chidamli kimyo­
viy idishlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish