Ensiklopediyasi


ARXIMED (taxminan miloddan awal 287—212-yillar)



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

ARXIMED
(taxminan miloddan awal 287—212-yillar)
Arximed Yunonistonning buyuk olimlaridan
ixtirochilaridan biri bolgan.
Siz hali m aktabga borm asingizdanoq 
Arximed ixtirolaridan biri bilan tanishgansiz. 
Onangiz chuchvaraga qiyma chiqarayotgan- 
da go'sht qiymalagich ichidagi vintsimon valni 
ko'rgansiz, albatta. Go'sht qiymalagichning 
dastasi aylantirilganda vintsimon val ham ay­
lanib, go'sht bo'laklarini pichoqqa itarib be­
radi. Ana o'sha val Arximed vinti deb atala­
di, lekin A rxim ed uni aslida g o 'sh t q iy­
malagich uchun o'ylab topmagan, balki ekin- 
larni sug'orish maqsadida daryodan suv 
chiqarib beradigan mashina uchun yaratgan. 
Arximed vinti har xil mashinalarda ishlatiladi, 
bug'doy, qum singari sochiluvchan yuklami yu­
qoriga ko'tarish uchun xizmat qiladi, zavodlar­
da detallarni surib beradi.
Maktabda fizika 
darsida siz Arximed 
qonuni bilan tanish- 
asiz. Bu qonun den- 
gizda ulkan kemalar 
nima uchun cho'kib 
ketm asligini tush- 
untirib beradi. Bu 
qonunni topganida u 
“Evrika!” (“Topdim”) 
deb xitob qilgan edi.
Arximed richag- 
larning harakatla- 
nish q o n u n la rin i 
o 'rg a n is h
bilan 
s h u g 'u l l a n g a n .
“ M enga ta ya n ch
nuqtasini bersangiz,
Yerni ham o'rnidan 
q o 'z g 'a ta m a n ...” , 
degan edi u. Olim 
bu so'zini maqtan-
ish uchun aytgan emas, u buni aniq hisoblab 
chiqqan edi.
Arximedning matematikaga doir ishlari 
ham muhim. U aylana uzunligining diametriga 
nisbatini katta aniqlikda hisoblab topgan. 
Arximed ishlatgan usullar asta-sekinlik bilan 
hozirgi integral hisobga olib kelgan.
Arximed o'z ona shahri — Sirakuzani hi­
moya qilish uchun ko'plab ajoyib jangovar 
mashinalar yasagan. Rimliklar Sirakuzaga 
bostirib kelishganida Arxim edning harbiy 
mashinalari dushman kemalarini cho'ktirgan. 
Ularni parcha-parcha qilib yuborgan, jangchi- 
larini qirgan. Biroq shahar himoyachilarining 
qo'shini son-sanoqsiz Rim qo'shini oldida 
juda oz va kuchsiz edi, shuning uchun rimliklar 
Sirakuzani bosib olishgan.
Afsonaga ko'ra, o'sha paytda Arximed 75 
yoshga kirgan edi. Rim jangchisi olimning uyi- 
ga bostirib kirganda u qumli yashik ustiga 
engashib, nimalarnidir chizayotgan cholni 
ko'rgan. Arximed esa bu paytda geometrik 
shakllarni chizar edi.
Chizmalarimga qo'lingni tekkizma, - deb 
xitob qilgan Arximed. Javob o'rniga jangchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilichini ishga solgan va buyuk olim qum 
ustiga yiqilib, chizmalarini qonga bo'yagan.
ASALARI
A s a ln i xu sh
k o ‘ rm a y d ig a n odam
bo'lmasa kerak. Bu ajoyib mahsulot asal- 
ari uyasidagi mum kataklaridan olinishini 
hamma yaxshi biladi. Uyaga esa asalni 
asalari olib keladi. A sa la rin i bolari deb 
ham atashadi. Asalari qadimdan qimmat- 
baho m ahsulotlar bo'lgan asal, propolis, 
mum, ona asalari suti, asalari zahari va 
boshqalarni olish, qishloq xo'jaligi ekinlari- 
ni changlatish uchun boqiladi.
Asalarilar oila b o lib yashaydi. Bir oila- 
da bir ona asalari bir necha ming ishchi 
a sa la ri va bir necha yuz erka k a sa la ri 
b o la d i.
Bitta mitti asalari qancha ham asal olib 
kelishi mumkin? Axir bitta asalari uyasidan 
o ‘nlab kilogram m asal olinadi-ku! Mevali 
daraxt va turli-tum a n o 'sim lik gullaridan 
shira — nektar va gul changini yig'ib, key­
in u bir kilogramm asalga aylanishi uchun 
asalari 300 ming kilometr masofaga uchib 
(bu O y g a ch a b o 'lg a n m a s o fa n in g 3/4 
q ism in i ta s h k il e ta d i), 19 m illio n gulga 
qo'nishi lozim boladi. Bir necha kilogramm 
asal olish uchun esa asalari millionlab ki­
lometr masofani uchib o'tishi kerak.
Albatta, bitta ishchi asalari butun hayoti 
davomida bu ishlarni bir o'zi bajara olmay­
di. U faqat 30— 35 kun yashaydi. Xalqimiz- 
da asalarining mehnatsevarligi maqolga ay- 
langanligi bejiz emas. U soatiga 60 kilometr 
tezlikda uchib, kuniga taxminan 7 ming gul­
ga qo'nadi. Uning barcha a ’zolari mevali 
daraxt va o'simlik gullaridan nektar yig'ishga 
m oslashgan: orqa panjalaridagi m axsus 
tu k la ri va s a v a tc h a la ri y o rd a m id a gul 
changini yig'adi va tashiydi, uzun xartum- 
chasi va buqog'ida gul changini asalga ay­
lantiradi. Bulardan tashqari asalarida asal- 
bop o'simlik haqida bir-biriga xabar beruv- 
chi murakkab signal sistemasi ham bor.
Qiziq, asalarilarga shuncha ko'p asal nima- 
ga kerak? Bu shuning uchunki,asalarilar qish-
da uxlashmaydi, asal esa ularning qishki ovqa- 
tidir.
Malumki, qish oylarida o'simlik gullamay- 
di. Shu boisdan asalarilar yoz bo'yi tinmay 
mehnat qilib, o'zlariga ham, odamlarga ham 
bemalol yetadigan asal to'plashadi. Bundan 
tashqari, uyadagi mumda bo'lajak asalari li- 
chinkalari ham boladi. Katta asalarilar ular­
ni asal va gul changi bilan boqishadi.
Asalarilar mehnati qat’iy taqsimlangan: 
ba’zilari ovqat topadi va uni uyaga tashib 
keladi, ikkinchilari ularni qabul qilib oladi va 
uyalardagi mum kataklarga taqsimlab chiqa­
di, u c h in c h ila ri kata k ich in i to z a la y d i, 
to'rtinchilari qanotlarini qoqib, uyalarini mun­
tazam shamollatib turadi. Beshinchilari eshik 
oldida “qo'riqchilik” qilib, ya’ni dushmandan 
muhofaza qilishadi, oltinchilari esa qurtcha- 
larni boqadi. Bularning hammasini ishchi 
asalarilar bajaradi.
Ishchi asalarilar oilada 60— 80 mingta 
bolib, uyadan 2-3 kilometr va undan ham 
uzoqroq masofaga uchib borib, shira olib 
kelish va gul changini yig'ish, nektarni asal­
ga aylantirish, katak qurish kabi ishlar bilan 
ham shug'ullanadi.
5 yilgacha yashaydigan ona asalari bun­
day ishlarda qatnashmaydi, uning atrofida 
hamisha erkak asalarilar parvona bo'lishadi. 
Ona asalari uyada bir o'zi tuxum qo'yadi va 
kelajakda ulardan yosh asalarilar yetishib 
chiqadi.
Odamlar juda qadim zamonlardan beri asal 
iste’mol qilib kelishadi. Ilgari yovvoyi asalari
www.ziyouz.com kutubxonasi


asalini yig'uvchi maxsus ovchilar bolgan. Kishi­
lar asalarini “qoT’ga o'rgatishganiga ham ko‘p 
yillar boldi, shundan beri ular maxsus qutilar 
qo'yilgan joylarda boqiladi. Uning bir necha 
mahsuldor zotlari yaratilgan.
Odamlar asalari ne’matidan qadim-qadim 
zamonlardan beri foydalanib kelishayotganiga 
qaramay, yaqin-yaqingacha uning fe’l-atvori 
haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. 
Masalan, asalarilar o'rtasidagi o'zaro signal, 
ya’ni xabar berish usulini olib ko'raylik. Bu vosi- 
ta orqali ular qayerda ko'proq gul changi yoki 
ko'proq nektar yig'ish mumkinligi to'g'risida 
bir-biriga xabar yetkazadi. Ko'pincha odamlar 
asalari uyasiga qaytib kelgach, uning atrofida 
raqs tushgandek aylanaverishini kuzatishgan. 
Buning siri yaqinda oshkora boldi. Ma’lum 
bo'lishicha, razvedkachi asalarilarning raqsga 
tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan 
qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular 
qanday gul ekanligi va oz-ko'pligini bilib ol- 
ishar ekan!
Asalarilarning g'uvillashida ham ma’lum 
ma’no bo'lishi kerak. Olimlar hozir mana shu 
sirni topish ustida tadqiqot olib borishmoqda.
Asalarilar ajoyib shifokor hamdirlar.
A salning shifobaxsh ekanini odam lar 
qadimdanoq bilishgan. Hatto hadisda ham 
uning shifobaxshligi ta’kidlangan. Abu Ali ibn 
Sino esa o'zining “Tib qonunlari”da: “Asal 
a’zolarimizdagi suyuqlik o'tkazuvchi tomirlar- 
ni kengaytirish va tozalash xususiyatiga ega. 
U ichki a’zolardagi fasodni haydab chiqara- 
digan narsa ... Asal ko'z xiralashishiga ham 
dori... Tomoq og'riq (angina)ni ham davolay- 
di...” deb yozgan va asaldan o'nlab dorilar 
tayyorlash mumkinligini aytgan edi. Darha- 
qiqat, asal faqat to'yimli oziqgina bo'lib qol- 
masdan, balki ba’zi zararli mikroorganizmlar- 
ni halok etadi, bundan tashqari uning tarki- 
bida odam organizm i uchun jud a za rur 
bolgan A provitamini ko'p.
Asalarilar bo'lajak ona-asalarini boqadi- 
gan maxsus aralashma - asalari suti ham 
qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u 
yurak faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ocha­
di va organizmning turli kasalliklarga qarshilik 
ko'rsatish qobiliyatini oshiradi.
Ammo asalarining eng qimmatbaho dorisi 
uning zaharidir. Asalari chaqishi, albatta, nox- 
ush, bordi-yu bir yo'la 400 asalari chaqsa, 
odam halok bo'lishi ham hech gap emas. Bi­
roq asalari zaharidan to'g'ri foydalanilsa, u 
odamni ko'pgina kasalliklardan xalos etadi.
Ekinlarni changlatishi asalarining yana bir 
ajoyib xususiyatidir. G'o'za, mahsar, beda kabi 
ekinlar asalarilar yordamida changlanganda 
hosildorligi 20— 25% ortadi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish