Ensiklopediyasi


Yerevan shahrining markaziy qismi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Yerevan shahrining markaziy qismi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ARMSTRONG NIL
(1930-yilda tug'ilgan)
Qaysi bola yoshligida uchuvchi bolishni 
xohlamagan, deysiz. Yuriy Gagarin kosmos­
ga chiqqandan keyin esa hamma bola kos- 
monavt bolishni orzu qilib qoldi. AQSH as- 
tronavti Nil Armstrong ham yoshligidan avi- 
atsiyaga qiziqib, 16 yoshidan samolyotda 
mustaqil ucha boshladi. 1955-yilda universitet- 
ning aviatsiya fakultetini tamomlagandan ke­
yin turli harbiy aviatsiya qismlarida uchuvchi, 
sinovchi-uchuvchi bolib ishlab yurdi, hatto, 
kunlardan bir kuni 100 kilometr balandlikda 
uchadigan X=15 rusumli samolyotni sinovdan 
o‘tkazdi. Samolyotlarni sinashga doir kitoblar 
yozdi. 1962-yilda uni astronavtlar tayyorlaydi- 
gan milliy aeronoavtika boshqarmasiga qabul 
qilishdi. 1966-yilda Armstrong birinchi bor 
“Jeminay=8” kosmik kemasida D. Skott bilan 
birgalikda kosmosga parvoz qildi. 1969 yil- 
ning 16-iyul kuni N. Armstrong M. Kollinz va 
E.OIdrin bilan birga Oy tomon parvoz qildi. 
1969-yil 21-iyul kuni Arm strong insoniyat 
tarixida birinchi b o lib Oy sathiga qadam 
qo‘ydi, 20 minutdan keyin Oldrin ham unga 
qo‘shildi. Astronavtlar dastlab yurishni, yugur- 
ishni va h a tto s a k ra s h n i m ashq q ilib
ko‘rishganidan keyin Yerdan olib borilgan il­
miy apparatlarni kema atrofidagi joylarga 
o‘rnatishdi. Oy jinslaridan namunalar yiglshdi 
(22 kilogramm), AQSH bayroglni o'rnatishdi, 
shu davrgacha kosmonavtika sohasida xiz- 
matni o'tab turib halok bolgan birodarlari 
Y.A.Gagarin, V.M.Komarov, V.Grisson, E.Uayt 
va R.Chaffilarning tasvirlari tushirilgan medal- 
larni joylashtirishdi. Bu ishlarni 2 soatcha vaqt 
ichida qilib bolishdi. Inson oyog'i birinchi bor
tekkan joy “Sokinlik bazasi” deb atala bosh- 
landi. 1969-yil 24-iyulda astronavtlar Tinch 
okeaniga, ularni kutib turgan joyga qo‘ndirildi. 
Shunday qilib, Armstrong boshliq astronavt­
lar guruhi g‘oyat murakkab va qiyin vazifani -
Yerdan boshqa osmon jism larini bevosita 
o'zlashtirish davrini boshlab berishdi. Inson­
ning azaliy orzusi - Oyga chiqish xayoli amal­
ga oshdi.
ARSLON
Afrika savannasi uzra qorong'ulik tushgan. 
Qishloqdagi odamlar shirin uyquda, echki va 
qo'ylar qo'raga qamalgan, boglangan ot va 
tuyalar mudramoqda.
Birdan dahshatli o'kirish hamma yoqni 
larzaga keltirib yubordi. Odamlar o‘rinlaridan 
sapchib turishdi, jonivorlar tipiichilab qolish- 
di. Boyagi dahshatli o'kirish yana takrorlandi, 
demak, hayvonlar podshosi — arslon ovga 
chiqibdi. Axir uni hayvonlar podshosi, sher 
deb bekorga atashmagan.
Kuch-qudrat, chaqqonlik va dovyuraklikda 
arslonga teng keladigani yo'q. U yashirinmay- 
di, o‘z oljasiga panadan pisib hujum qilmay- 
di. Arslon men ovga chiqdim, hoy hayvonlar, 
o ‘z in g n i e h tiy o t qil, deb o c h iq c h a s ig a
ogohlantiradi. Yovvoyi cho'chqa va yo'l- 
y o l zebra, tezchopar va bahaybat buyvol, 
ehtiyot bol!
Uzoq vaqt arslonlar chindan ham Afrika 
savannalarining hokimi bolgan. Mahalliy aholi 
esa bu yirtqichni ahyon-ahyonda ovlagan. 
Ammo qurolli odamlar paydo bo'lgach, ars- 
lonning kuch-qudrati ham, chaqqonligi ham, 
dovyurakligi va yashirinishdagi uddaburonligi 
ham yordam bera olmadi. Oradan ko'p vaqt 
o'tm ay, arslonlarni deyarli butunlay qirib 
tashlashdi. Hozir arslonlar Markaziy Afrika- 
ning ayrim rayonlarida va qo'riqxonalarda, 
shuningdek, juda oz miqdorda Hindistonda 
saqlanib qolgan.
Dastlab arslonlar qirib tashlansa, tuyoqli 
hayvonlar ko'payadi deb o'ylashgan edi. Asl- 
ida esa aksin cha b o 'lib chiqdi. M a’lum 
bo'lishicha, arslonlar eng a w a lo kasalmand, 
nimjon hayvonlarni tutib yeyar ekan va shuning
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun yuqumli kasalliklar keng tarqalmas 
ekan.
Endilikda arslonlar saqlanib qolgan joylar­
da ularni ov qilish taqiqlangan. Faqat maxsus 
ruxsatnoma bo'yicha hayvonot bog'lari uchun 
tutish m um kin. A rslo n la r tutqun likka tez 
ko'nikadi va hatto shunday sharoitda ham bo- 
lalaydi.
Yangi tug'ilgan bolalari (ular odatda uchta 
bo'ladi) juda kichkina, uzunligi 30 santimetrga 
yaqin, olachipor tusda bo'ladi, katta bolganda 
esa terisi bir xil rangga kiradi.
A rs lo n n in g ta n a s i ikki m etrga, dum i 
to'qson santimetrga yaqin. Katta hamda o'tkir 
panja tirnoqlari yurganda teri ichiga tortilib 
kiradi. Arslonning juni qisqa, erkagining bo'yni 
va ko'kragini yol qoplagan bo'ladi.
ARTIST
San’atga astoydil mehr qo'yib, unga hayo- 
tini baxshida etgan va yuksak m ahorat 
cho'qqilarini egallagan har bir san’at kishisi
- u musiqachi bo'ladimi, rejissyor, rassom 
yoki yozuvchi bo'ladimi, u haqda ba’zan “Qan­
day ajoyib, ilhombaxsh artist!” — degan ibo- 
ra ishlatiladi. Lekin ko'pincha “artist” so'zi 
(lotincha “ars”— “san’at”) aktyorlarga nisbatan 
ishlatiladi.
A rtist pyesa yoki 
filmlardagi turli qahra- 
monlar qiyofasiga kir­
ib, ular hayoti bilan 
yashashni, ular nomi- 
dan harakat qilishni 
biladi. U o'zi yaratay- 
otgan qahramon to- 
vushi bilan gapira ola­
di, unga o'xshab yura 
oladi. Bugun artist za- 
mondoshimiz obrazini 
y a ra tm o q d a , uning 
quvonch va qiyinchi- 
likla ri, ta sh vish i va 
y u tu q la ri 
b ila n
yashamoqda. Ertaga 
esa u - o'rta asr rit- 
sari yoki ertaklardagi qirol bo'lishi mumkin.
H ar oqshom a rtis t o 'zi ya ra ta y o tg a n
qahramon taqdiri tomoshabinlarni hayajonga 
solishi, unga ishonishlari uchun ko'p mehnat 
qiladi. Talaygina tarixiy kitoblarni o'qiydi, 
doimiy ravishda odamlarni kuzatib yurib, ul­
arning qiyofasi, xatti-harakati, xulq-atvorida- 
gi o'ziga xos belgilarni o'rganib oladi. Bu- 
larning hammasi sahnada kerak bo'ladi. Axir 
artist o'zi tasvirlayotgan kishi haqida ham- 
ma-hamma narsani bilishi zarur: u kishi kim, 
nimani istaydiy-yu va o'z maqsadiga erish- 
ish uchun nimalar qiladi. Shundagina artist 
butun pyesani va uning asosiy g'oyasini yax­
shi anglaydi.
Artist hayot oqimini sezgirlik bilan ilg'ab 
olishi, hamisha haqiqatni izlashi, haqsizlik bi­
lan kurashishi lozim. Aktyor - jamoat arbobi
u tomoshabinlarni o'z ortidan yetaklaydi, ular­
ni tarbiyalaydi, to'g'ri yo'lni tanlab olishlariga 
yordam beradi.
Artist xalq bilan uzviy bog'langan. U o'z 
iste’dodi va mahoratini xalqqa bag'ishlaydi. 
Xalq ham uni yuksak qadrlaydi. Bizning eng 
y a x s h i a k ty o rla rim iz , q o 's h iq c h ila r va 
rejissyorlarimizga “O'zbekiston xalq artisti” 
faxriy unvoni berilishi bejiz emas.
Grim, kiyim va dekoratsiyalar artistga o'z 
qahramonini yanada yaxshiroq ko'rsatishga,
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomoshabinlarda xursandchilik va quvonch, 
tashvish, achinish va nafrat kabi tuyg'ular 
uyg‘otishiga yordam beradi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish