li, bejirim va foydali bo'lishini istaydi, shu
maqsadda harakat qiladi.
Oddiy ish qurollari-
dan tortib o'zi yashaydigan xonagacha go'zal
bo'lishi uchun mehnat qiladi. Ana shu harakat,
ana shu mehnat unga kuch-quwat, intilish va,
eng muhimi, quvonch baxsh etadi. Bu hara
kat, intilishlar davrlar o'tishi bilan san’atga ay
lanadi. Bu san’at, bir so'z bilan aytganda,
bezak san’ati deyiladi. Adabiyotlarda deko-
rativ sa n ’at (fransuzcha «dekor» so'zi
«bezak» mazmunini bildiradi) deb ham
ishla-
tiladi. Bu san’at o'z mohiyati va mazmuniga
ko'ra mahobatli bezak san’ati, amaliy bezak
san’ati hamda turli marosim va tadbirlar
o'tkazish
maqsadida xiyobon, maydon, xona
va zallarni tezkor jihozlash bilan bog'liq
bezash san’atiga ajratiladi. Bu so'nggi - be-
zash san’ati turi vaqtinchalik mavjud bo'lib,
ta d b ir yoki m arosim o'tgandan so'ng
yig'ishtirib olinishi mumkin. Masalan, Musta-
q illik kuniga, N avro'z bayram iga atab
o'tkaziladigan tadbirlar uchun bino, ko'cha,
maydon va xiyobonlarni bezatish. Lekin ma
hobatli bezak va amaliy bezak san’ati o'zining
umrboqiyligi va uzoq davrga mo'ljallanganligi
bilan ajralib turadi.
Chunki mahobatli bezak
s a n ’ati m e’m orlik bilan bog'liq bo'lib,
me’moriy inshootlarning ichki va tashqi to
monlarini bezatishda ishlatiladi. Demak, yara
tilgan me’moriy bino qanchalik nodir va davr
ruhini o'zida mujassam etgan bo'lsa, u shun-
chalik uzoq yashaydi. Amaliy bezak san’ati
ham badiiy yechimi va nodirligi bilan o'z um-
rini belgilaydi. Masalan, chiroyli taqinchoqlar,
chinni va sopol idishlar,
qurol-aslaha va
boshqalar.
Bezak san’ati - qadimiy san’at. Ibtidoiy ja
moa kishisi ham o'zi yashaydigan muhiti
go'zal bo'lishiga harakat qilgan. U o'zi
yashagan g'orlarning devorlariga rasmlar
chizgan, uy anjomlari, ov qurollari sirtiga rasm
lar, bo'rtma tasvirlar ishlagan. Davlatlar yuza-
ga kelishi bilan bezak san’ati rivojlanib bor
gan. Boy davlatlar o'zlariga hashamatli saroy-
lar qurdirib, uning ichki va tashqi tomonini chi
royli bo'rtma tasvir,
naqsh va rasmlar bilan
bezashga katta e’tibor bergan. Bunday
bezakli hashamatli saroylar va ularning
qoldiqlari bizgacha yetib kelgan. Masalan,
Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Ossuriya dav
latlari bezak san’ati shundan dalolatdir.
O'zbekiston hududida ham bezak san’ati
juda qadimdan rivojlangan. Ibtidoiy davrning
Zarautsoy
rasm laridan tortib , qadim gi
Xorazm davla tin in g muhim yod g o rlig i
Tuproqqal’a, so'g'd davlatlaridan bizgacha
saqlangan Afrosiyob,
Bolaliktepa, Varaxsha
bezaklari shundan darak beradi. Amir Temur
va temuriylar davrida ham bu san’at nihoyat
da rivojlangan: Am ir Temur maqbarasi,
Bibixonim masjidi, Ulug'bek madrasasi, Sho
hi Zinda me’moriy majmuasi bezaklari,
qadimdan saqlangan
turli amaliy bezak
buyumlari va boshqalar.
Bugungi kunda bezak san’ati yangi rivojla-
nish davrini boshdan kechirmoqda. Qurilayot-
gan binolar, yaratilayotgan buyumlar bezagi
zamon ruhiga hamohang.
Do'stlaringiz bilan baham: