BOBUR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD
(1483 — 1530)
T o s h k e n t s h a h rid a g i N avoiy shoh
ko 'c h a s id a n bo rib, S h a y x o n to h u r to r
ko'chasiga burilsangiz, sharqona usulda
qurilgan, salobatli maqbaraga ko'zingiz
tushadi. Bu 15-asr oxirida Toshkent viloyati
hokimi bo'lgan Yunusxon maqbarasidir. Yu-
nusxon mashhur shoir va davlat arbobi
Boburning ona tomondan bobosidir. Shoir
ning onasini Qutlug' Nigorxonim deyishar-
di, u o'qimishli va madaniyatli ayol bo'lib,
o'g'lining tarbiyasiga katta e’tibor bergan.
Boburning otasi Umarshayx Mirzo esa
Farg'ona viloyatining hokimi bo'lgan, u Amir
Temurning uchinchi farzandi Mironshohning
nabirasi Sulton Abusaid Mirzoning o'g'li edi.
Bobur 14-fevralda Farg'ona vodiysidagi
Axsi qal’asida dunyoga kelgan. U o'n ikki
yoshda ekanligida otasi Umarshayx fojiali
halok bo'lgan. Shundan keyin Bobur otasi
o'rniga Farg'ona viloyatiga hokim bo'ldi.
Shu vaqtdan e’tiboran uning davlat arbobi
va sarkarda sifatidagi mustaqil faoliyati
boshlandi.
U Movarounnahrda ulug' bobosi Sohib-
qiron Amir Temur saltanati kabi markaz-
lashgan qudratli davlat barpo qilish rejasi-
ni tuzadi, shu maqsadda Samarqand tomon
yurish boshlaydi va 1497-yil kuzida uni
qo'lga kiritadi. Ammo, uzoq muddatli qamal
oqibatida shahar iqtisodi izdan chiqqan,
hatto yem ish to p is h ham m ushkul
bo'lganligidan, Samarqandni tashlab keta
di. Bu orada yosh hukmdorning raqiblari,
uning S am arqandda e ka n lig id a n foy-
dalanib, Andijonni o'z ixtiyorlariga olgan
edilar. Shu bois Bobur tog'alari huzuriga -
Toshkentga qarab yo'l oladi. Bir necha
urinishlardan keyin 1498-yil yozida Andijon
ni qaytarib olishga muvaffaq bo'ladi.
1500-yilning kuzida Bobur Samarqandni
ikkinchi bor egallaydi. Ammo u yerda bu sa-
far ham mustahkam o'rnashib qola olmay
di - katta qo'shin bilan kelgan Shayboniy-
xon tazyiqi ostida shaharni tark etishga va
yana Toshkentga ketishga majbur bo'ladi.
Yod etmas emish kishini g'urbatta kishi,
- misrasi bilan boshlanuvchi m ashhur
ruboiysi va:
Jonimdin o'zga yori vafodor topmadim,
Ko'nglimdan o'zga mahrami asror top
madim, - bayti bilan boshlanuvchi g'azali
Boburning shu yillardagi og'ir ruhiy kayfiyati
va iztiroblarini jonli va ta’sirchan ifodalaydi.
1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham
qo'lga kiritgandan so'ng Bobur janubga
qarab yurish qildi va Kobul ulusida o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zahiriddin Muhammad Bobur. Rassom M. Nabiyev.
hokimiyatini o'rnatdi. 1505-1515-yillarda u
Movarounnahrga qaytishga bir necha bor uri-
nib ko'rdi. Ammo bu urinishlaridan natija chiq-
madi.
1519-1525-yillar oralig'ida Bobur Hindis
ton viloyatlariga bir necha bor harbiy yurish
uyushtiradi va, nihoyat, 1526-yilning aprelida
asosiy raqibi Sulton Ibrohim Lo'diyning yuz
ming kishilik qo'shinini tor-mor keltirib, Dehlini
ishg'ol qiladi. Oradan ko'p o‘tmay ikkinchi yi
rik sarkarda Rano Sango ustidan ham zafar
qozonib, Hindistonni butkul zabt etadi. Agra-
ni o'ziga poytaxt sifatida tanlaydi. Shundan
keyin Hindistonda katta qurilish va obodon-
lashtirish ishlarini boshlab yuboradi va bu yurt-
da bir necha asr hukm surgan boburiylar su-
lolasiga mustahkam asos soladi. Bu sulola
Hindistonda 300 yilga yaqin hukmronlik qilib,
mamlakat tarixida katta iz qoldirdi. Boburiy
lar mamlakatda qabilalar va dinlar o'rtasidagi
nizolarga chek qo'yib, ilm-fanni, madaniyat-
ni rivojlantirishga, qurilish va obodonlashtirish
ishlariga katta e’tibor berishdi. Javoharla’I
Neru boburiylar hukmronligi davrida madaniy
sohada amalga oshirilgan ishlarni ta’riflab
shunday degan edi: «Bobur Hindistonga
kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va
yangi rag'batlantirishlar hayotga, san’atga,
m e ’m o rlikka toza havo baxsh etdi,
madaniyatning boshqa sohalari esa bir-
birlariga tutashib ketdi».
Bobur to'la ma’noda ulug'vor, nihoyatda
iste’dodli va, ayni zamonda, juda murakkab
siymo. Uning shaxsiyatini chuqur ichki
madaniyat va sof insoniy fazilatlar, serqirra
tug'ma qobiliyat va donolik, qomusiy bilim
va katta hayotiy tajriba bezab turadi.
Shoirning ijodi 1500-yilda — Samar-
qandni ikkinchi bor ishg'ol qilgan davrda
boshlangan. Shu shaharda atrofiga ijodkor-
larni to'plab, she’riyat bazmlari, mushoiralar
o'tkazgan. Alisher Navoiy uning eng sevgan
shoiri edi.
Bobur Samarqandda ekanligida Alisher
Navoiydan maktub oladi va unga javob xati
yo'llaydi. Ammo ulug' shoirning vafoti oqi-
batida bu yozishma to'xtab qoladi.
1506-yilda Bobur Hirotga borganida Ali
sher Navoiy qadamjolarini ziyorat qiladi, bu
tun safari davomida Navoiy yashagan uyda
to'xtab, buyuk shoirga chin ixlosi va chuqur
hurmatini bajo keltiradi.
Bobur ijodiy faoliyatini ruboiy va g'azallar
yozishdan boshlagan edi. Umrining oxirida
esa sohibi devon adib sifatida shuhrat qo-
zondi.
«Boburnoma» («Vaqoye’») Boburning
shoh asaridir. Qomusiy mazmundagi bu
tarixiy-voqeiy va ilmiy-badiiy asarda adib
16-asrda Movarounnahr, Afg'oniston va
Hindistonda yuz bergan muhim ijtimoiy-siyo-
siy voqealar va ko'plab tarixiy shaxslar fa
oliyatini haqqoniy bayon etgan. Mazkur
mamlakatlarda yashovchi xalqlarva qabila-
larning tarixi, urf-odatlari, kasb-u hunar,
shuningdek, shahar va qishloqlari tabiati,
yer osti boyliklari, hayvonot va nabotot ola-
mi to'g'risida juda qimmatli va ishonchli
ma’lumotlar bergan.
Asrlar davomida butun dunyo olimlari-
ning diqqatini o'ziga tortib kelgan bu ulkan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarixiy badiiy yodgorlik ko'pgina xorijiy (fors,
ingliz, nemis, golland, fransuz, turk, urdu, rus va
boshqa) tillarga tarjima qilingan, qator mam-
lakatlarda bir necha marotaba nashr etilgan.
Adib badiiy yuksak g‘azal va ruboiylari bilan
ham mashhurdir. Uning nazmiy asarlari o'zining
sam im iyligi va ravonligi, o'ynoqiligi va
ta’sirchanligi bilan o'quvchilarni o'ziga rom eta
di.
Boburning Movarounnahrda qaytadan
markazlashgan katta davlat tuzish orzusi amal-
ga oshmadi. U kindik qoni to'kilgan tuproqni
tark etib, o'zga yurtda ona-Vatanini sog'inib
yashashga majbur bo'ldi. Bu holat uning
she’riyatida ham aks etgan:
Tole’ yo'qki jonimg'a balolig' bo'ldi.
Har ishniki, ayladim xatolig' bo'ldi.
O'z yemi qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.
Shukronalik, hayot go'zalliklari va tabiat
ko'rkamliklaridan bahramandlikka undash, dun
yo lazzatlari va chin do'stlar davrasida
bo'lganidagi quvonch, bahor latofati va sozlar
navosidan yayrash shoir devonidagi ko'plab
she’rlarda bosh g'oya darajasiga ko'tarilgan.
Hayotsevarlik Bobur ijodida insonni ulug'lash,
uning erk-huquqini va orzu-intilishlarini qadrlash,
unga baxt-saodat tilash g'oyalari bilan uyg'un
holda bir yaxlitlikni tashkil etadi. Shoir Insonga
qarata dil-dilidan:
Sendin ayr-u naylagaymen aysh-u sahbo
xushlig'in
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo
xushlig'in! —
deb xitob qiladi. Ayni zamonda, Bobur insonni
«bor elga» — butun insoniyatga halol xizmat qi-
lishga, xalq manfaatlari yo'lida ezgu amallarga,
o'z faoliyati bilan dunyoda yaxshi nom qoldirish-
ga da’vat etadi:
Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi
yo'q
Kim, degaylar el aro «qoldi falondin yax
shilig'!»
Bobur yaratgan yana bir asar — «Risolai
aruz»da Sharq she’riyatining muhim nazariy
va amaliy masalalari necha o'nlab yirik o'zbek
va fors ijodkorlar meroslaridan olingan mi-
sollarning tahlili asosida yoritilgan. Bu ilmiy
asar Boburning adabiyotshunos sifatidagi
noyob iste’dodini ravshan namoyish etadi.
H indistonga yurishlar davrida Bobur
«Mubayyin» asarini yozadi. Masnaviy tarzida
yozilgan bu asar islom huquqshunosligi va
shariat aqidalariga oid. Bobur merosida
shuningdek harb ishlari va musiqa san’atiga
bag'ishlangan risolalar ham mavjud.
Umri davomida bir necha bor og'ir xasta-
liklarga chalingan Bobur 26-dekabrda Agra-
da vafot etgan. Uning xoki, o'z vasiyatiga
ko'ra, keyinchalik Kobul shahriga keltirilib,
«Bog'i Bobur»ga dafn etilgan.
BOKS
Bokschining zarbasi qancha kuchga ega?
Buni juda aniq bilish mumkin. Bokschi max
sus asbobga o'rnashtirilgan charm yos-
tiqchani zarb bilan uradi. Prujina siqiladi va
strelka prujina qanday kuch bilan siqilganini
ko'rsatadi.
Boks bilan shug'ullanmaydigan kishining
zarbasi 60—80 kilogramm keladi. Mashhur
bokschilarning zarbasi esa 300 kilogrammga
boradi. Ularning zarbasi shuning uchun ham
kuchliki, bokschilar faqat qo'l bilangina emas,
balki butun gavda bilan intilib zarba beradi-
lar. Bunday qattiq zarba natijasida bokschi o'z
barmoqiarini shikastlantirishi va raqibini ham
mayib qilishi mumkin. Shuning uchun oii-
shuv oldidan bokschilar qo'l panjalarini bint
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan mahkam bog'laydilar va ichiga jun
to‘lg‘izilgan qo'lqop kiyadilar.
Musobaqalarda bir xil vazndagi bokschi-
lar uchrashadilar. Bokschilar shuningdek
malakasiga qarab, o'spirinlar va yigitlar esa
yana yoshiga qarab guruhlar (13-14; 15-16;
17— 18 va 18 yoshdan yuqori yoshlilar)ga
bo'linadi. Kattalar va yigitlarning yosh guruh-
lari o'z navbatida o'smirlar 15, o'spirinlar
(yoshlar) 13 va kattalar 12 vazn toifasiga
bo'linadi. Musobaqa vaqtida qorindan past-
ga, ensaga va orqaga, shuningdek yiqilgan
raqibni urish taqiqlanadi. Boksda 2 minut-
dan 5 raund bellashadilar. Orada 1 minutdan
tanaffus qilinadi. 14— 15 yoshdagi sportchi-
lar 1,5 minutdan 2 raund boks tushadilar.
Kim raqibiga ko'proq aniq zarba bersa [buni
maydoncha(ring)ning to'rt tarafida o'tirgan
hakamlar ochkolarni hisoblab, so'ng belgilay-
dilar] yoki kim raqibini nokaut qilsa (ya’ni
qattiq zarba natijasida raqibi yiqilib, jangni
davom ettira olmasa), o'sha bokschi g'olib
hisoblanadi.
O'zbek boks maktabi dunyoda e’tirof etil-
moqda. B o ksch ila rim iz AQ SH, Kuba,
Polsha, Ruminiya, Vengriya, Buyuk Britaniya
charm qo'lqop ustalari qatori xalqaro muso
baqa va qit’a turnirlarida faxrli o'rinlarni egal-
lamoqdalar. Rufat Risqiyev, Artur Grigoryan,
Muhammadqodir Abdullayev, O'tkirbek Hay-
darov, Ruslan C hagayev, T o 'lq in b o y
Turg'unov, Dilshod Yorbekov, Lazizbek
Zokirov, va boshqalarning nomi jahonga tanil-
gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |