Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BOR NILS
(1885 — 1962)
1943-yilning tim qorong'i kuz tunlaridan 
birida Daniya qirg'oqlaridan kichkina kema- 
cha sezdirmaygina suzib ketdi. U Eresuni 
qo'ltig'idan eson-omon o‘tib, Shvetsiyada lan- 
gar tashladi. Gitlerchilar ta’qibidan qochib 
kelayotgan ikki kishi qirg'oqqa tushdi.
Bir necha soatdan so'ng qochoqlarni bom- 
bardim onchi sam olyotlarda AQSHga 
jo‘natishdi. Samolyotda o'tiradigan joy ham 
yo'q edi, shuning uchun awal yoshi kattaroq 
qochoqni samolyotga chiqarishib, uni bom- 
balar turadigan maxsus bo'lmaga joylashti- 
rishdi.
Xo'sh, bu sirli daniyalikning o'zi kim? Nima 
uchun jahon urushi qizib turgan bir paytda uni 
Daniyadan Amerika Qo'shma Shtatlariga 
keltirish uchun shuncha kuch, vaqt, mablag' 
sarflandi. Bu kishi 20-asming buyuk olimi, fizik 
Nils Bor edi. Fashistlar Nils Bomi qidirib yuri- 
shardi, chunki ular buyuk olim yordamida 
dahshatli qurol — atom qurolini yaratishga 
umid bog'lashgan edi.
Yarim asrlik ilmiy ishlari natijasida Nils Bor 
moddalarning tuzilishiga oid ko'pgina sirlar- 
ni ochdi. U atom kvant nazariyasini yaratdi 
(bu nazariya hozir ham atom kvant nazariyasi- 
ning asosi hisoblanadi). Keyinchalik kvant 
mexanika asoslarini ishlab chiqishda qat- 
nashdi.
Daniyalik fizik Nils Xenrik David Bor Ko- 
pengagenda fiziolog olim oilasida dunyoga 
keldi. 1908-yili Nils Bor Kopengagen univer- 
sitetini tugatib, doktorlik dissertatsiyasini yoq- 
lagandan so'ng (1911-yilda) Angliyaga 
malakasini oshirishga ketdi. 1911— 12-yillar- 
da awal Kembrijda J.J.Tomson rahbarligida, 
so'ngra Manchesterda Ernest Rezerford
laboratoriyasida ish olib bordi. 1914— 16-yil- 
larda Manchesterda matematika fizikasi kur- 
si bo'yicha leksiya o 'qidi. 1916-yildan 
boshlab esa, Nils Bor Kopengagenda naza- 
riy fizika kafedrasining boshlig'i vazifasida 
ishladi.
U metallarning elektron nazariyasiga 
bag'ishlangan dissertatsiya ishidayoq, elek­
tron va atom jarayonlarini, elektromagnit 
nurlanish hodisalarini tushuntirish uchun 
klassik fizika tasavvurlari yetarli emasligi ha­
qidagi fikrga kelgan edi. Bu fikr N. Bor 1912- 
yilda taniqli ingliz fizigi E.Rezerford rahbarligi­
da ishlay boshlagandan so'ng qat’iy ishonch- 
ga aylandi. Bundan sal oldinroq E.Rezerford 
tajriba yo'li bilan atomning mikroskopik Qu­
yosh sistemasiga o'xshashini ko'rsatib ber­
gan, unda Quyosh — musbat zaryadlangan 
og'ir yadro atrofida «sayyoralar», ya’ni elek- 
tronlar aylanishini isbotlagan edi. Bor model- 
dan foydalanib yangi fizikani — atom kvant fiz- 
ikasini yaratish mumkinligini tushundi.
U birinchi bo'lib atom modelini yaratdi, 
atom qanday tuzilganligini tushuntirib berdi. 
Buning uchun 1922-yilda u Nobel mukofoti bi­
lan taqdirlandi.
Bor nazariyasi fizikada va umuman inson­
ning atrof dunyo haqidagi tasawurlarida ha­
qiqiy inqilob edi: bu nazariya shuni ko'rsatdiki, 
atomlar makroskopik (ko'zga ko'rinadigan) 
jismlarning xatti-harakatini boshqaruvchi qo- 
nunlarga mutlaqo o'xshamaydigan qonunlar 
bo'yicha yashaydi.
Nils Bor ko'p yillar mobaynida Kopen­
gagen fizika muammolari institutini boshqar- 
di. Butun dunyo fiziklari uning obro'sini tan 
olishdi. Yevropa, Osiyo va Amerika fizika 
laboratoriyalarida «Bor qanday yangi gap ay- 
tdi?» — deb so'rashardi. Barcha mamlakat- 
larning eng mashhur fiziklari Bor oldiga ilmiy 
kengashlar — seminarlar o'tkazish uchun 
kelishar edi.
Yosh olimlarning Bor huzurida bo'lishni 
qanchalik istaganliklarini esa aytmasa ham 
bo'ladi. Olimlar Bor ishtirok etgan seminarlar- 
da yoshni ham, unvonlarni ham hisobga ol- 
may, munozaraga kirishib ketishardi, chunki 
ilmiy haqiqat oldida barcha barobar, deb 
hisoblashardi. Borning o'zi esa har bir yosh
www.ziyouz.com kutubxonasi


olim bilan bir necha kunlab bahslasha olardi. 
Agar uning nuqtai nazari ishonarli darajada 
rad qilinsa, o'z fikrida qaysarlik bilan turib ol- 
masdi. U yoshlar bilan bahslarda mag'lub 
bo'lib qolishdan qo'rqmasligini aytardi va eng 
asosiysi — haqiqat va sevimli fanning taraq- 
qiyoti der edi.
Nils Borning fizika va, ayniqsa, kvant 
mexanikaning yangi fundamental tamoyillari- 
ni kashf etishdagi va tushunishdagi hamda 
ularni fan boyligiga va uning ish quroliga ay- 
lantirishdagi xizmatlari beqiyosdir. U mashhur 
olimgina bo'lib qolmay, tinchlik uchun tolmas 
qurashchi, atom energiyasidan tinchlik 
maqsadida foydalanish tarafdori bo'lgan. 
Urush (1941—45) yillari u atom bombasi 
yaratishda ishtirok etishdan bosh tortgan. 
Keyinchalik u ko'p marta barcha mamlakat 
hukumatlarini atom qurolini taqiqlashga da’vat 
etdi.
Nils Bor fiziklarning katta maktabini yarat­
di va butun dunyo fiziklari o'rtasidagi hamkor- 
likni rivojlantirishga o'zining ulkan hissasini 
qo'shdi.
Nils Bor instituti jahondagi asosiy ilmiy 
markazlardan biri bo'lib qoldi. Shu institutda 
kamol topgan fiziklar jahondagi deyarli bar­
cha mamlakatlarda ish olib boradilar.
N. Bor Daniya qirolligi ilmiy jamiyatining 
(1917) hamda jahondagi ko'pgina akademi- 
yalarva ilmiy jamiyatlarning a’zosi bo'lgan.
BOSIM
Radio orqali ob-havo ma’lumotlari beril- 
ganida odatda oxirida: atmosfera bosimi 760 
(yoki 759, yoki 754) millimetr simob ustuniga 
teng, deb qo'yiladi. Hozir bu so'zlar hech kim- 
ni ajablantirmaydi. Bundan 350 yil ilgari esa 
odamlar atmosfera bosimi borligini xayollari- 
ga ham keltirishmagan. Shuning uchun 1654 
-yili nemis fizigi Otto fon Gerike Magdeburg 
shahrida o'tkazgan tajriba hammani hayratga 
soldi. U bir-biriga taqalgan ikkita mis yarim- 
sharlar ichidagi havoni chiqarib yubordi, 
shunda yarimsharlar bir-biriga shunchalik 
kuchli yopishib qoldiki, ularni hatto ikki ot bi­
lan ikki tomonga tortib ham bir-biridan ajra- 
tib bo'lmadi.
Xo'sh, nega shunday bo'ldi? Ularni havo 
bosimi bir-biriga qisib qo'ydi. Atrofimizdagi 
havo biz o'ylaganchalik u qadar yengil emas, 
masalan, kichikroq xonani to'ldirib turgan 
havoning og'irligi 40 — 50 kilogramm kela­
di. O'z og'irligi tufayli havo yer yuziga ham, 
uning ustida turgan narsalarga ham, shu jum­
ladan, siz bilan bizga ham bosim ko'rsatadi.
Havo bosimini o'lchaydigan birinchi as­
bob ( barometrni italyan fizigi Torrichelli o'ylab 
topgan. U bir uchi kavsharlab qo'yilgan 1 
metrcha uzunlikdagi shisha naychaga simob 
to'ldirdi, so'ngra naychaning ochiq uchini si- 
mobli stakanga tiqdi. Naychadagi simobning 
bir qismi stakandagi simobga to'kildi va nay­
chaning yuqori uchi havosiz bo'shliqqa aylan- 
di. Nima uchun? Chunki stakandagi simob 
sirtiga atmosfera bosimi ta’sir qildi. Bu bosim 
naychaning pastki ochiq uchiga o'tadi va 
unda qolgan simobning to'kilishiga yo'l 
qo'ymay-di. Agar naychaga orasi 1 millimetrli 
bo'linmalar chizib chiqilsa, naychadagi simob 
ustuni balandligiga qarab, atmosfera bosimi 
qancha ekanligini aniqlash mumkin. O'sha 
davrdan beri atmosfera bosimi simob ustuni 
millimetrlarida o'lchanmoqda.
Bosimga faqat havoning o'zigina ega 
bo'lmay, balki boshqa narsalar ham ega. Siz 
rasm chizayotganingizda qalamingizning uchi 
qog'ozni bosadi, yashab turgan uyingiz yer-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ga bosim ko'rsatadi. Porox yonganda hosil 
boladigan gaz bosimi to‘p og‘zidan snaryad- 
ni zarb bilan itarib chiqaradi. Yer qa’ridagi bo­
sim neft quduqlaridan neftni fontan bolib oti- 
lishga majbur qiladi. Tovush tolqinlari quloq 
pardasiga bosim ko'rsatganligi uchun biz to­
vushni eshitamiz. Dengiz tubida suvning bo­
simi juda katta. Qancha chuqurroq tushilsa, 
bosim shunchalik kattalashadi. Shuning uchun 
suv osti qayiglning korpusi juda pishiq bolishi 
kerak, aks holda juda chuqur tushgan qayiq- 
ni suv bosimi parchalab yuboradi.
Stol ustidagi kitob stolni bosadi. Agar uning 
ustiga yana bir necha kitobni qo‘ysangiz, stol- 
ga tushayotgan bosim yanada ko‘payadi. De- 
mak, narsa qancha og‘ir bolsa, uning tayanch- 
ga ko‘rsatadigan bosimi ham shuncha katta 
boladi. Lekin bosim tayanch yuzasiga ham 
bog'liq. Siz qor ustida tursangiz, botib ketasiz, 
lekin oyoqlaringizga changl taqib olsangizchi? 
Unda botmaysiz, chunki changllarning yuzasi 
botinkalaringiz tagi yuzasidan katta. Demak,
Toshkent botanika bog‘i.
tayanch yuzasi qancha katta bolsa, bosim 
shuncha kichik bo'lar ekan.
Fizik olimlar maxsus kameralarda ulkan 
bosim hosil qilishni o‘rganib olishdi. Bunday 
kameralarda ajoyib xossali yangi materiallar 
yaratiladi. Shunday usul bilan yumshoq grafitni 
juda qattiq material — olmosga aylantirish 
mumkin. Sun’iy olmoslar sanoatda, masalan, 
qattiq qotishmalardan detallar tayyorlashda 
juda keng qo'llaniladi.
Mashinasozlik texnologiyasida detallarga 
mexanik ishlov berishda ham bosimdan foy­
dalaniladi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish