Kabral kem asi kelib to 'x ta d i. Kabral
qirg‘oqqa qadam qo‘yishi bilan, bu yerlar endi
Portugaliya mulki bo'ladi, deb e’lon qildi. U
yerda yashaydigan indeyeslar bosqinchilarga
qarshilik ko'rsatdilar, ammo yengildilar. In-
deyeslarning bir qismi qullikka tushdi, qolgan-
lari mamlakat ichkarisidagi qalin tropik chan-
galzorlarga yashirindi.
B osqinchilar
m am lakatdan oltin, asl
toshlar, qimmatbaho daraxt yog'ochlarini, ay
niqsa, pau-brazil deb ataladigan qizil daraxt-
ni olib keta boshladilar. Braziliya mamlakati-
ning nomi ham shu daraxt nomidan kelib
chiqqan.
San-Paulo shahri.
Braziliya 18-asr boshida portugallar zulmi-
dan ozod bo'ldi. 19-asr oxirida esa mamlakat
Federativ Respublikaga aylandi.
Braziliyada yil bo'yi juda issiq, ammo
y o g 'in g a rch ilik ko'p bo'ladi. M am lakat
aholisining ko'pchiligi Atlantika okeani sohi-
lida yashaydi.
Eng yirik shaharlar, jumladan,
Janubiy Amerikaning eng go'zal shaharlari-
dan biri Rio-de-Janeyro ham, deyarli barcha
sanoat korxonalari ham okean sohilida bun
yod etilgan. Dunyoda iste’mol qilinadigan
kofening ko'p qismi, Braziliyada yetishtiriladi.
Bundan tashqari mamlakatda katta miqdor
da какао, paxta, shakarqamish hosili yig'ib
olinadi.
Mamlakatda gidroenergiyaning, tropikda
o'sadigan
qimmatbaho daraxt navlari, temir
rudasi, marganes va boshqa nodir metallar
ning katta zaxiralari mavjud. Bu yerda yirik
sanoat rivojlangan, avtomobil va kimyo,.
mashinasozlik va metallurgiya zavodlari ko‘p.
Braziliyaning poytaxti — Braziliya shahri.
Yer yuzining eng katta va go'zal daryolari-
dan biri — Am azonka B raziliya tropik
o'rmonlarining xilvat
chakalakzorlari orqali
oqib o'tadi. Amazonka bo'ylab qayiqda bir
necha kun suzib bironta ham qishloqni
ko'rmaslik mumkin. Daryo ustidan yashil
to'tiqush galalari pastlab uchib o'tishadi,
ba’zan kolibri qushi ham ko'rinib qoladi. Qa
lin o'rmonzorlarda shoxlarning singanini
eshitib qolasiz — maymun galalari sho'xlik
qilayotgan bo'ladi. Sayoz joyda timsohlar
o'zlarini oftobga solib yotishadi. Ahyon-ahyon-
dagina gulxan tutuni ko'rinadi - demak, yaqin
joyda indeyeslar qishlog'i joylashgan.
Portugallar kelgunga qadar indeyeslar bir
necha millionni tashkil etishgan.
Hozir esa ular
juda kam qolgan. Ularning ko'pchiligi bosqin-
chilarning zulmi, og'ir mehnat, ochlik va kasal-
liklar natijasida halok bo'lishgan.
Mamlakatda turmush og’ir. Qurg'oqchilik
boshlanganda minglab dehqonlar o'z xona-
donlarini tashlab, aravalarga yuklarini ortadi-
lar-da, ish topish va farzandlarini och qolib
o'lishdan saqlash umidida janub tomonga,
katta shaharlarga yo'l oladilar.
Braziliya bilan O'zbekiston Respublikasi
o'rtasida 1993-yil diplomatiya munosabatlari
o'matilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi