DORIVOR 0 ‘SIMLIKLAR
Odamlar ham, hayvonlar ham kasallanishi
mumkin. Lekin yowoyi hayvonga kim dori-
darmon qilib beradi? Uning dorixonasi
o'rmon. U o'rmonda o'ziga-o'zi o'simlikdan
dori axtarib shifolanadi.
Qadim zamonlardayoq Janubiy Amerika
hindulari kasal bo'lib qolgan puma (yowoyi
mushuk)lar qandaydir daraxtning po'stlog'ini
g'ajishini sezganlar. Hindular bu daraxt
po'stlog'i qaynatmasi bilan bezgakdan azob
chekayotgan kasal kish ila rn i davolab
ko'rganlar. Shu yo'sinda xin daraxti kashf etil
di (Janubiy Amerikani zabt etgan ispanlar bu
daraxtni shunday deb ataganlar). Bu daraxt
ning po'stlog'idan olinadigan xinin butun dun
yoda bezgakka qarshi dori sifatida ishlatila-
digan bo'ldi.
Bizning davrimizda esa maral bug'u olim-
larga yangi dorivor o'simlik — levzeyani to-
pishga yordam berdi. Kuz faslida bug'ular o'z
raqibi bilan olishish maqsadida levzeya ildizi-
ni kemiradilar. Aniqlanishicha, maral iste’mol
qiladigan bu ildiz odamga ham kuch-quvvat
bag'ishlaydi.
Lekin inson hamma vaqt ham hayvon
ketidan ergashmagan. U dorivor o'simliklarni
o'zi ham qidirib topgan.
Dorivor o'simliklarni izlash va amalda
qo'llash bundan ming yillar ilgari boshlangan.
Qadimgi Misrda kasallar uchun ham,
sog'lom kishilar uchun ham har oyning uchin-
chi kunida kanakunjut moyini ichish rasm
bo'lgan. Qadimda uyqusizlik kasalligiga
1— levzeya; 2— jenshen; 3— bo'yimodaron; 4— zub-
turum; 5— valeriana; 6— dalachoy; 7— andiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo'liqqan kishilar Yunoniston shaharlaridan
biriga kelishgan. Bemor bu shahar aholisining
ko'knori sharbatidan tayyorlagan ichimligini
ichishi bilan tez uyquga ketgan. Ertasi kuni er-
talab bu musofirlar dehqonchilik ma’budasi
ibodatxonasiga kelib, uyqu keltiruvchi va
og'riqni bosuvchi gulni kishilarga hadya etgani
uchun
m a’budaga
m innatdorchilik
bildirganlar.Ibodatxona kohinlari ko'knoridan
gulchambar taqib yurishgan.
Ayrim hollarda dorivor o'simliklarni aniqlash
insonga qimmatga tushgan, chunki dorivor
o‘simliklar ta’sirini u dastlab o‘zida sinab
ko‘rgan. Zubturum bargi oyoqdagi yarani tuzat-
gan, qichitqi o‘t bargi esa kuydirgan. Bir qism
limono't mevasi ovchiga kuni bo‘yi toliqmay
hayvon ovlashga yordam beradi, mingdevona
mevasi esa kishining qo‘l-oyog‘ini tirishtirib,
esi past odamga o'xshab poyma-poy so'zla-
shiga sabab boladi.
Rivoyatlarga ko’ra, dorivor zaharli belladon
na o'sim ligi Shotlandiyadagi bir qishloq
aholisining dushmandan qutulishiga yordam
bergan. Qishloqni Daniya askarlari ishg'ol qil
gan. Ular g'alaba sharafiga pivo ichib,
g'oliblikdan maglublikka duchor bolganlar.
Shotlandiyaliklar pivoga aralashtirib bergan
belladonnaning zaharli sharbati daniyalik
askarlarni shol qilib qo'ygan.
Qadim zamonlarda kishilarning bilim dara-
jasi yetarli bolmaganligi tufayli o'simliklar ular
ga sehrli va fusunkor bolib ko'ringan. Xazi-
nalar yashiringan joyni topib beradigan, es-
hushni olib qo'yadigan, sevmaganni sevdira-
digan o'tlar borligiga ishonganlar. Odamcha-
larga o'xshash jenshen va mehrigiyoh ildizi ha
qida ko'pdan-ko'p afsonalar to'qilgan. Jen
shen ildizining kuchsizlanib, holdan toygan
kishilarga quwat bag'ishlashi, albatta, mo'jiza
deb bilingan. Vaqtlar o'tishi bilan ilm va fan
muayyan o'simlik"'ning qanday qilib davo
bo'lishini tushuntirib berdi, afsonaviy gaplar
esa, o'z-o'zidan yo'qolib ketdi.
Dorivor o'simliklarning shifobaxshligi —
ular tarkibida ma’lum ta’sir qiluvchi kimyoviy
moddalar: alkaloidlar, flavonoidlar, glikozinlar,
vitaminlar, oshlovchi moddalar va boshqalar
borligidadir.
Ko'pgina shifobaxsh o'simliklar tibbiyotda
qo'llaniladi va hozirgi kunda ham kishilar
o'simliklarning kimyoviy tarkibini mukammal
o'rganishga erishdilar. Bu esa o'z navbatida
yangi-yangi kashfiyotlarga olib keldi. Hozirgi
kunda mog'or zamburug'i deb ataladigan
zamburug'dan penitsillin dorisi tayyorlanmoqda.
Ba’zi dorivor o'simliklar, masalan, yalpiz plan-
tatsiyalarda ko'paytirilmoqda; tishini yuvishdan
erinmaydigan har bir kishi yalpiz moyidan har
kuni bahramand bo'ladi. Yalpiz moyining asosiy
qismini tashkil etgan modda - mentol tish po-
roshogini xushbo'y qiladi. Mentol validol va
boshqa yurak kasalligi dorilari, tinchlantiruvchi
dorilarga, kosmonavtlaming ovqatlanish ratsio-
niga kiradigan yalpizli karamelga ham qo'shiladi.
Mamlakatimiz yovvoyi holda o'sadigan
dorivor o'simliklarga ham boy. O'rmonlarda
marvaridgul o'sadi, undan yurak kasalligi bilan
og'riganlarga dori tayyorlanadi, o'rmon etagi va
nam o'tloq yerlarda o'sadigan valeriana
o'simligildan tinchlantiruvchi dori ishlanadi.
O'tloq yerlarda har qadamda dalachoy (uni xalq
orasida 95 dardga davo boladi deyishadi),
bo'yimodaron, ko'ko't, gazako't, qora andiz va
boshqa dorivor o'simliklar o'sib yotadi.
Dorivor o'simliklarning organizmga ta’siri
ularning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning
miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlik
larning qismlarida turli miqdorda to'planadi.
Dori tayyorlash uchun o'simlikning kerakli
qismlari turli muddatlarda yig'iladi; masalan,
po'stlog'i, kurtagi erta bahorda, bargi o'simlik
gullashi oldidan yoki gullaganda, meva va
uruglari pishganda, ildiz, ildizpoyasi bahorda
yoki kech kuzda olinadi.
Dorivor o'simliklar havo ochiq paytida,
shudring ko'tarilgach yig'ib olinadi. Shuni esda
tutish kerakki, ko'pchilik o'simliklarning tarkibi
da zaharli moddalar boladi. Bunday dorivor
o'simliklardan tayyorlangan dorilarda zaharli
moddalar bir oz ortiqroq bolsa ham kuchli za-
harlaydi yoki turli kasalliklarga yo'liqtiradi. Ado
nis, angishvonagul, bangidevona, belladonna,
issiriq, kuchala, marvaridgul, mingbosh,
mingdevona va boshqalar shunday zaharli
dorivor o'simliklar jumlasidandir. Shuning
uchun o'simliklarni og'izga olmaslik, shu-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ningdek ularni yig'ib olayotgan paytda qo'lni
ko'zga urmaslik kerak. O'simliklarni yig'ib ol-
gandan keyin qo'lni yaxshilab yuvish lozim.
Ifloslangan va kasallangan o'simliklarni
yig'maslik kerak. Dorixonada sizga qaysi
o'simlikni qaysi paytda qanday qilib olish ha
qida batafsil tushuntirib berishadi.
Dorivor o'simliklarni yig'ib olishda ular
kelajakda ham o'sib ko'payishi uchun bir
qismini qoldirish zarur.
Bolalar, odam larning dardiga davo
bo'ladigan dorivor o'simliklarni yig'ib olishda
sizlar ham o'z hissalaringizni qo'shishingiz
mumkin.
DOSTON
Qadimdan kishilar uzoq ajdodlarining ba-
hodirliklarini, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi,
mamlakat obodligi va farovonligi yo'lida olib
borgan kurashlarini qo'shiq, afsona, rivoyat,
ertak, doston kabi janrlarda tasvirlab, kuylab
kelganlar. Bu janrlar ichida doston voqealar-
ni keng qamrovda aks ettirishi, qahramon-
larning xatti-harakatlarini, o'y-kechinmalarini
batafsil tasvirlashi bilan alohida ajralib turadi.
«Doston» so'zi fors-tojik tilidan olingan
bo'lib, u hikoya, sarguzasht, voqea, mojaro va
ovoza qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Badi-
iy ijodda bu atama yirik hajmli voqeaband
asarlarga nisbatan ishlatiladi.
Dostonlar ikki xil bo'ladi. Bir xil dostonlar
xalq ijodkorlari— baxshilar tomonidan og'zaki
yaratilib, do'm bira yoki boshqa cholg'u
asboblari jo'rligida yoddan aytib yuriladi. Bu
xildagi dostonlar xalq dostonlari yoki og'zaki
dostonlar deb ataladi.
Xalq dostonlari o'ziga xos shakliy tuzilish-
ga ega. Ularda she’riy parchalar bilan nasriy
parchalar (proza) almashinib keladi. Bundan
tashqari, butun yirik asarlar baxshi tomonidan
do'mbira, dutor yoki boshqa cholg'u asbobi
jo'rligida yoddan kuylanadi. Har bir baxshi to
monidan ijro etilgan doston ilgari kuylangan
dostonning yo aynan takroridan, yo unga bir
qancha o'zgartirishlar kiritilgan variantidan
iborat bo 'la d i. M asalan, o'zbek xalq
dostonlaridan «Alpomish»ning o'ttizdan ortiq,
«Guro'g'li»ning saksondan ortiq variantlari
bor. Yuqoridagilardan tashqari, o'zbek xalq
baxshilari tomonidan kuylab kelingan «Rus-
tamxon», «Murodxon», «Shirin bilan Shakar»,
«Orzigul» , «Yusuf va Ahmad» kabi juda ko'p
dostonlar ham borki, ular hozirga qadar xal-
qim izning go'zal va barhayot madaniy
qadriyatlarini tashkil etadi.
Baxshilik, ya’ni doston kuylash an’anasi
xalq orasida hozirga qadar saqlanib qolmoq-
da. Bu an’anani asrimizning birinchi yarmida
Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul
o'g'li, Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan,
Islom shoir Nazar o'g'li, Mardonaqul Avliyoqul
o 'g 'li kabi yirik baxshilar rivojlantirgan
bo'lsalar, 50 — 80-yillarda Ahmadjon Soib-
nazar o'g'li, Bo'ri Ahmad o'g'li, Qodir Rahim
o'g'li kabilar davom ettirdilar. Hozir esa ana
shu baxshilarning farzandlari va shogirdlari
baxshichilik yo'lidan borib, ijod qilmoqda.
Dostonning ikkinchi xili yozma shaklda-
gi dostonlardan iborat bo'lib, u asosan yoz
ma adabiyotga xosdir. Alisher Navoiyning
«Xamsa»siga kirgan besh doston, «Lison
ut-tayr», Muhammad Solihning «Shayboniy-
nom a», H u va yd o n in g « R ohati d iI» ,
N is h o tiy n in g «H usn va D iI» , S o b ir
Sayqaliyning «Bahrom va Dilorom», Sayyo-
diyning «Tohir va Zuhra» kabi asarlari
she’riy yo'lda bitilgan yozma dostonlarning
go'zal namunalaridan hisoblanadi.
Yozma dostonlarning yaratilishida xalq
dostonlari katta zaminlik vazifasini o'tadi.
Doston yozish an’anasi 20-asr adabiyotida
ham davom etdi. Hamid Olimjonning «Oygul
bilan Baxtiyor», «Semurg' yoki Parizod va
Bunyod», Oybekning «Zafar va Zahro», «Bax-
tigul va Sog'indiq», Maqsud Shayxzodaning
«Uchinchi o'g'il», Saida Zunnunovaning «Ruh
bilan suhbat», «Qo'shnilarim», «Alla», Erkin
Vohidovning «Nido», «Palatkada yozilgan
doston», «Ruhlar isyoni», Sulton Jo'raning
«Zangori gilam», Quddus Muhammadiyning
«Q o'ng'izoy bilan Sichqonboy», Hasan
Po'latning «Polvon», Po'lat Mo'minning
«O'rinbosarlar» kabi dostonlari shular jum-
lasidandir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
DOVUL
Dovul avjiga chiqishi-
dan ancha ilgariyoq
uning yaqinlashayotgan-
ligi seziladi. Qilt etgan
shamol esmaydi. Kun
dim bo'ladi. Dovul kela-
yo tg a n lig in i dastlab
jonivorlar sezadi. Jum
ladan, qushlar inlariga
bekinib oladi, yoki u yer,
dam bu yerga qo'nib,
sarosim ada ch irq il-
layveradi. Vahimali qora bulutlar paydo
bo'ladi. Dovul!
Ulkan qop-qora bulut shiddat bilan bosti
rib kelaveradi. Birdaniga keskin shamol esa
boshlaydi. Dam-badam momaqaldiroq gum-
burlab, agar tun payti bo'lsa, ko'zni qamash-
tiradigan darajadagi chaqmoqlar zulmatni
yoritadi.
Dovul quturganidagi shovqin bamisoli ar-
tilleriya otishmalarini eslatadi. Avjga chiqqan
shamol bosimi ta’sirida ko'l va suv omborlari-
da suv bir tomonga to'planishi, katta daraxt
lar ham misoli qamishdek egilishi, ko'pincha
ildizi bilan qo'porilishi mumkin.
Ekvator yaqinida, janubiy dengizlar ustida
eng kuchli dovullar ro'y beradi. Bunday dovul-
lar, odatda. Tropik siklonlar yoki tayfunlar deb
yuritiladi. Kuchli shamol yuzlab kilometrli ulkan
doira bo'ylab yeladi. Aylanayotgan butun havo
massasi tobora oldinga harakatlanib, dengiz-
da dahshatli to'lqinlar ko'taradi, quruqlikdagi
jami mustahkam qurilmagan uy-joy binolari va
boshqa inshootlarni vayronaga aylantiradi.
Kuchli uyurmalar, quyunlar, ayniqsa, xavf-
lidir. Ular qora bulutning chekka paxmoqsifat
qismlarida momaqaldiroq bilan hosil bo'ladi.
Bunda yerdan ko'tarilayotgan yoki uning yu-
zasi ustida aylanib yurgan sovuq va issiq,
kuchli va sust ulkan havo oqim lari
to'qnashadi.
Quyun quturib aylanib pastlashar ekan,
qarshisidan unga tortilayotgan havo yoki suv
oqimi yuqoriga ko'tarila boradi. Bundan
quyunning qalinligi ba’zan bir necha yuz metr
ga yetadi. Quyun ustunining ichki tomonida
havo oqimi pastga yo'naladi, ustunning tash
qi tomonida esa burama tarzda yuqoriga in-
tiladi. Quyun «xartumi» nimaga tegsa, uni
o'ziga ilashtirib ketadi.
Ayniqsa, Shimoliy Amerikaning janubiy
qismida kuchli tornado quyunlari tez-tez ro'y
berib turadi. «Tornado» ispan tilida «aylanuv-
chi» degan ma’noni anglatadi.
Tornado quyunlari ko'pincha hayvon va
odamlarni, hatto kichikroq uylarni ham osmon-
ga ko'tarib yuboradi.
Dovul 200 metrdan 6 kilometrgacha keng-
likdagi uzun ensiz polosa bo'ylab hara-
katlanadi. U odatda momaqaldiroq bilan bir
ga ro'y beradi.
Qora dengiz shimolining ayrim joylarida
vaqt-vaqti bilan sovuq dovul shamoli— bora
esib turadi. Bu shamol telegraf ustunlarini
ag'daradi, tomlarni uchirib ketadi, daraxtlar-
ni sindiradi, ko'rfazni qaynab turgan qozonga
aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |