Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

BRUNO JORDANO
(1548 — 1600)
Rimda ajoyib yodgorliklar, haykallar juda 
ko‘p. Ularning ichida bitta haykal borki, uni 
kechalari yoritishm aydi, sayyohlarga 
ko'rsatishni xohlashmaydi. U eski uylar bilan 
o'ralgan ensiz maydon o'rtasida qad ko'tarib 
turibdi. Xuddi shu yerda 1600-yilda gulxan 
alanga olgan edi. Ana shu gulxanda italyan 
astronomi, faylasufi va shoiri Jordano Bruno- 
ni va unga qo'shib ajoyib kitoblarini yoqish- 
gandi.
Jordano yoshligida diniy maktabda 
o'qigan. O'sha vaqtlar Yer Olamning marka­
zi, Quyosh va barcha sayyoralar esa uning 
atrofida aylanadi, deb o'qitilar edi. Cherkov 
nam oyandalari 
bu 
nazariyaga 
q o 'shilm aganlarni ta ’qib qilishar, juda 
o'jarlarini hatto qatl etishardi.
Bruno dunyoning qanday tuzilganligi haqi­
da boshqacha yozilgan kitoblarni sinchiklab 
o'qib, mag'zini chaqishga urindi. Osmon yorit- 
kichlarining harakatini o'zi kuzatdi. Bruno 
asta-sekin haqiqiy olimga aylandi.
Bruno ko'p yillar Italiya, Fransiya, Angliya, 
Germaniyani kezib yurdi. O'sha joylarning ha­
qiqiy olimlaridan ta’lim olishga intildi. Ko'p 
o'tmay, Brunoning o'zi ham kitoblar yoza 
boshladi va talabalarni o'qitdi. U buyuk polyak 
olimi Kopernikning qarashlarini yoqladi. Ko­
pernik Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer 
Quyosh atrofida aylanishini uqtirgan edi. 
Brunoning dadil fikrlari yanada ilgarilab ket­
di. Hayot faqat Yerdagina mavjud emasligini, 
Olam cheksizligini, ko'plab olamlardan ibo- 
ratligini tushunib yetdi va boshqalarga ham 
tushuntirdi.
Bruno odamlarni Yer va osmon sirlarini 
tushunishga da’vat etdi. U o'zining otashin 
she’rlari va ilmiy kitoblarida shular haqida yoz- 
di. U o'z ta’limoti haqida ma’ruzalarda qizg'in 
gapirishdan tolmasdi. Uning shuhrati Yevro- 
padagi ko'p universitetlarga yoyildi.
Lekin cherkov ruhoniylari dovyurak olim 
bilan murosa qilishni xohlashmadi. Ular bir 
xoinni ishga solishdi. U o'zini Brunoga 
do'stdek tutib, uni inkvizitsiya (katolik cherko- 
vining siyosatiga qarshi kishilarni ta’qib va 
sud qilish uchun 13— 19-asrlarda joriy qilin­
gan sud-politsiya tashkiloti) tuzog'iga ilintirib 
berdi.
Brunoni qamoqqa oldilar. U 8 yil zindon- 
da yotdi. Uni goho qiynadilar va qo'rqitdilar, 
goho o'z qarashlaridan voz kechishga 
ko'ndirmoqchi bo'ldilar.
Lekin bu odamni na qo'rqitib, na mol-du- 
nyoga qiziqtirib, na qaddini bukib bo'lardi. 
Shundan keyin uni «qon to'kmay» o'ldirishga 
hukm qilishdi. Bu esa «gulxanda yoqilsin» 
degani edi.
1600-yil fevral oyining sahar paytida Rim­
da qo'ng'iroqlar jarangladi. Kamonchilar 
ko'chasidan Gullar maydoniga monaxlar ya­
qinlashib kela boshladi. Ular po'ng'illab 
motam qo'shig'ini aytib, jasur isyonkor — 
olim Jordano Brunoni qatl etish uchun olib 
kelishardi.
Brunoning jasorati hech qachon unutilmay- 
di. Bruno, Kopernik va Galiley ta’limotini ta- 
qiqlab va yashirib bo'lmas edi, chunki bu 
ta’limot ayni haqiqat edi!
BULBUL
May oqshomida kech shafag'i so'nishi bi- 
lanoq, shahar atroflarida, bog'larda, xiyobon- 
larda, ba’zan hovlilarda ham kishini hayratda 
qoldiradigan darajada har xil ohangda, yo- 
qimli sayraydigan malla rang qushcha ovozi- 
ni eshitish mumkin. Sayroqi qushlar orasida 
o'zining chiroyli, jarangdor ovozi bilan ajralib 
turadigan bu qush bulbuldir. Uni daraxt shox- 
lari orasida payqab olish qiyin. Bulbulni 
odamlar kam ko'rgan bo'lsa-da, u haqda 
ko'pgina g'azallar yozilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bulbullar daryo qirg'oqlaridagi to'qayzorlar 
va tog'dagi o'rmonlarda hamda suvga serob 
bog1 va qishloqlarda ko'proq uchraydi. Bul­
bullar O'zbekistonga aprel oyining oxirlarida, 
ya’ni daraxtlar yam-yashil libosga burkanga- 
nida uchib keladi. Bulbullar uchib kelishi bi- 
lanoq sayray boshlaydi, jo'jalari tuxumdan 
chiqayotgan davrda ayniqsa uzoq va baland 
ovoz bilan sayraydi. Palapom jo'jalarini uchir- 
ma qilganidan so'ng sayrashi tinadi. Qafas- 
da asraladigan bulbullarda ham xuddi shu 
hodisa yuz beradi. Sentabr oyida esa bul­
bullar qishlash uchun Afrika, Arabiston va 
Hindistonga uchib ketadi.
Bulbullar daryo sohillari va orollaridagi 
hamda tog' yon bag'irlaridagi daraxt va buta- 
lar shoxiga uya quradi. Uyasining tashqi to- 
monini birmuncha yirikroq xas-cho'plar va 
barglardan yasaydi. Uyaning ichki qismiga 
esa o'tlarning yumshoq barg va poyalarini 
to'shaydi. Qalin shoxlar orasidan bulbul uya­
sini topish juda qiyin. May va iyun oylarida 
urg'ochisi 4-5 ta tuxum qo'yadi. Makiyoni tu- 
xumlarini 13-14 kun bosib yotadi. Tuxumdan 
chiqqan jish jo'jasi 15 kundan so'ng uchirma 
bo'ladi. Bulbullar, asosan, zararkunanda 
hasharotlar va ularning lichinkalari bilan 
oziqlanib, juda katta foyda keltiradi.
Bulbullarni tabiatning ko'rki, zararkunanda 
hasharotlarni qirishda insonning yordamchi- 
si sifatida muhofaza qilish lozim.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish