1-Topshiriq
1d
2d
3b
4a
5b
6a
7a
8d
9c
10c
11a
12a
13d
14h
15h
16f
17e
18f
19e
20e
21e
22h
23g
24c
25b
26b
27a
28c
29g
30b
2-Topshiriq
1.Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. O‘rta asr Sharqining jahonga mashhur yana bir qomusiy olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniy bo‘lib, uning olim sifatida shakllanishida o‘sha davrning allomalari al-Xorazimiy, al-Forobiylarning ta‘siri katta bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy va Daqiqiylar u bilan bir davrda ijod qildilar. Uning qalamiga mansub bo‘lgan asarlar soni 150 dan ortiq bo‘lib, deyarli barcha fan sohalariga bag‘ishlab yozilgan. Olimiing "O‘tmish yodgorliklari", "Geodeziya", "Yulduzlar haqida ilm", ―Hindiston", ―Qonuni Mas‘udiy", "Menerologiya", "Farmakognoziya" kabi asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. U ijtimoiy soxaga bag‘ishlab maxsus asarlar yozmagan, biroq uning barcha asarlarida ta‘lim-tarbiya, odob va axloq, masalalariga doir butun bir pedagogik qarashlar sistemasiga duch kelamiz. Beruniyning o‘zi tibbiyot tadqiqotchisi sifatida mashxur bo‘lishiga qaramay, uning ijtimoiy hodisalar tadqiqotiga bag‘ishlangan faoliyati o‘zining keng ko‘lamligi, chuqur va mantiqan izchilligi bo‘lgan ko‘p olimlarning xayratiga sazovor bo‘lgan.
―Beruniy ilmiy merosida u yaratgan tabiatni o‘rganish va bilish metodi katta o‘rin egallaydi. Bu uning dunyoviy va ilmiy fanlarga bo‘lgan munosabatini ham belgilab bergan. Uningcha, fan javob berolmagan bilim sohalarini diniy bilimlardan izlash lozim. U hech qachon dinga qarshi bormagan, dinga e‘tiqodli, chin musulmon bo‘lgan Beruniy ilmiy metodni xarakterli xususiyati sifatida uning obyektivli kuzatish, tajribalarga tayanish, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, faktlarga tanqidiy yondashish, ularni allaqachon ma‘lum bo‘lgan haqiqat bilan chatishtirish, mantiqan umumlashtirishga, aqliy umumlashtirishdan nazariya hosil qilish kabi ilmiy operatsiyalarni, usul va metodlarni ko‘rsatib o‘tadi. Beruniy milodning 1000 yilida "O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unda qadimiy Sharq xalqlari, arablar, suriyaliklar, yahudiylar, eroniylar, sug‘dlar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning urf odatlarini ilmiy asosda tekshirib, bu bilan Sharq xalqlari etnografiyasiga asos soladi. Bu asar Sharq xalqlari etnografiyasi tarixiga doir qimmatli ma‘lumotlar asosida yozilgan. Uning mazkur asari A.Rasulov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, qisqacha mazmuni prof.A.Qayumovning Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlangan kitobida keltirilgan. Asarda kecha va kunduzning almashinishi, quyosh va yer harakati, yil va oy haqida, eroniylar, sug‘diylar, xorazmiylarning qarashlari to‘grisida shaxsiy ma‘lumotlar bayon qilingan. Sharq mamlakatlari, rimliklar, yahudiylar, arablar yil hisobi haqida xabar berilgan. Unda inson yashay boshlagan payt hisobiga doir jadval mavjud, unda turli xalqlar orasidagi inson paydo bo‘lishiga doir tasavvurlar qaqida ham ma‘lumotlar mavjud. Masalan eronliklar tarixining boshlanishini Qayumarsdan Aleksandr Makadonskiyning Doro ustidan g‘alaba qozonganigacha, bu davrdan Sosoniylar shoxi Ardasher Babak (226-241) davrigacha so‘ngra, u davrdan Islomgacha bo‘lgan jami uch davrga bo‘ladilar. Xorazimliklarning tarix hisobi xaqida esa Beruniy quyidagalarini yozadi: "Ular (Xorazmliklar - Yu.A.) Xorazmga odam joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari edi. U Qutayba tomonidan Xorazm xatini biladigan savodli dindagi kishilarning barchasi o‘ldirilgani xaqida ham xabar qiladi.
2. Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turli sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi.
qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan.
Shu maqsadda u o'ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo'lgan harbiy san’at sirlarini o'rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko'p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o'sha davrda ko'plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o'qitilganidan dalolat beradi.
Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta’lim- tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan.
Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir.
«Avesto»- eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko'p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan. Ayollarga g’amxo’rlik ko'rsatish ijtimoiy zarurat hisoblangan. Ayniqsa, homilador ayollarga muruvvat ko'rsatish asosiy insoniy burch sanalgan. Diniy g'oyalarga ko'ra, tuproq, suv, havo hamda quyosh muqaddasdir. Odamlar ularni e’zozlash, quyoshga sajda qilishga da’vat etiladi. Zardusht ta’limotida shaxsiy va turmush gigienasiga qat’iy amal qilish kishilar o'rtasida turh xil kasalliklar kelib chiqishining oldini oluvchi tadbir ekanhgi alohida uqtiriladi
3.Ularda madrasalar, maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi. Masalan, «Ansob as-solatin va tavorixi al-havoqin» nom-li asarda yozilishcha, «Musulmonqul mingboshining buyrug'i bilan yosh Xudoyorxon va qipchoqlar bolalarini o'qitish uchun o'rdada maktab qurilib, unga maktabdor etib Mullo So-diq tayinlangan» Lekin bu maktab hozir Qo'qonda mavjud bo'lgan Xudoyorxon o'rdasida emas, balki 1845-yilda bo'lgan xon o'rdasida joy-lashgan edi. Keyinchalik bu o'rda buzilib ketgan. Odatda, maktablarda asosan o'qish va yozish, arifmetika va adabiyot o'qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib, Qur'on, doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo'qonda maktab ochgan. U o'zining maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Me-ning suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o'rtacha 20 tadan 30 tagacha o'quvchilarim bo'lib, sakkiz yuz to'qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo'lib, shoira va o'z davrining aqlli va dono odamlari edi»
Qo'qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko'proq bo'lgan. Bu esa qo'qonliklarning aksariyat ko'pchiligi savodli bo'lib, o'qish va yozishga usta bo'lganligidan dalolat beradi.O'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan.
4-topshiriq
Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab
bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi
o‘qituvchi va murabbiylikdir.
I.A.Karimov
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf
etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini
ifodalaydi.
O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda
o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini
shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki
undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini
ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat
o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim
doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim. O‘qituvchining
pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy
munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o‘z
guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini,
psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin
shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda
har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi. Pedagog
har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib
chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga,
ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar. Guruh rahbarining
asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi
lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar
bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning
axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. O‘qituvchi
tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni
bartaraf etadi. O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim.
O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani,
pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan
chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi.
O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish,
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini
o‘rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy
fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir. O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan
talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari
o‘rinli, samarali bo‘ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq
bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy
fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning
mezoni hisoblanadi. O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham
o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi. O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning
zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi.
Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan
o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.
Pedagogik nizo tushunchasi
Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar,
kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l
qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak.
Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar
quyidagilardir:
inqiroz;
anglashilmovchilik;
kutilmagan hodisa;
zo‘riqish;
noqulaylik;
ichki yoki tashqi xavotir;
bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv.
Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar:
axborot omili;
munosabat omili;
hulq omili.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har
qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning
fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi. Muallim esa, bir
guruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi,
mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod
qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham,
muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish,
o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni,
talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi,
rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va
puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Otabobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar. O‘zlaridan
yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib
qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir. Ularning har
ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq
etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun
ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida
ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. SHaxs shakllanishida
u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir. Birinchidan aytganda.
Ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur
qoldiradi. O‘qituvchi bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganadi.
Psixologiyada 4 ta temperament mavjud. Har bir shaxs shu 4ta temperamentdan
biriga ega bo‘ladi.
1. Xolerik-temperament. 2. Melanxolik temperament. 3. Sangvinik temperament.
4. Flegmatik temperament.
2.Pedagogik nizolarning asosiy turlari
1. Ichki shaxsiy nizo.
2. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
3. Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar.
Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy
turlari quyidagilardir:
tezda yakun topadigan nizolar;
kuchsiz, sust kechadigan nizolar;
uzoq muddat davom etadigan nizolar;
kuchli, tez kechadigan nizolar.
Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi
Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni
pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini
olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni
munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek: “Ilm”
ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql
zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan
maqsadlarimizga erisha olamiz. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom
avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli
jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r
havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan,
pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak.
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni
uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi.
Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli
shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira
oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro
kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini
isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf
etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z
ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar.
Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi
ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf
va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim
a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
O‘zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga kelmasligini asosiy
sabablari, o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak
bo‘lsa, o‘zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan
ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. Aslida har bir insonning
ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot
jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funksiyasi
suhbatdoshilarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni
oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini
to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki
muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib
ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli
e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan
- yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi
tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda
rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi.
O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida
shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror
tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’limtarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin.
Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi.
O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga
uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga
o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya
talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har
biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘zo‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi
unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni
ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning
uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan
diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Pedagogik nizolarda adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka
yo‘l qo‘yib Nizo tabiati. Odatda, nizo deb, qarama-qarshi yo’nalgan qarashlarga, noxush hissiy kechinmalar bilan bog’liq guruhlararo yoki shaxslararo munosabatlar orkali ifodalanuvchi to’qnashuvlarga aytiladi.
Nizo natijasidagi salbiy xolatlar shaxsning hissiyoti, hattiharakatlari, tafakkur va hatto xarakterida ma’lum o’zgarishlar sodir etadi. Bu o’zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo’lib, mazkur sub’ekt qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o’zaro munosabatlarning keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo’rquv va xavf muhitida tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shunday muhitning manbaiga aylanishi ehtimoldan holi emas.
Nizo turlari :
1.Shaxsiy
2.Shaxslararo
3.Ijtimoiy
4.Shaxs bilan guruh o’rtasida
5.Guruhlararo
Konstruktiv nizolar, dastavval, mehnat faoliyatidan kelib chiquvchi printsipial muammolar yuzasidan paydo bo’ladi. Konstruktiv nizo doimo ziddiyat manbaini aniqlash va uni iloji boricha tomonlar manfaati yo’lida o’zgartirishga qaratilgan.
Destruktiv nizo salbiy kuchga ega va guruh ishining samaradorligini susaytiradi. Destruktiv nizoda esa tomonlar ikkinchi darajali masalalarni, masalan shaxsiy g’ururlarini diqqat markaziga qo’yadilar va nizoning asl sababi chetda qolib ketadi. SHu bois, konstruktiv nizolar funksional mohiyatga ega va ular tashkilotning olg’a siljishiga madad beradi.
Nizo jarayonining dinamikasi. Nizolarni hal etish ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini qo’yadi. O’zaro ziddiyatlarning yuzaga kelish va rivojlanish xususiyatini bilgan holdagina unga aralashish va demak boshqarish imkoniyatini topish mumkin. Bu masala nizo rivojlanishidagi quyidagi bosqichlarni farqlash zaruratini qo’yadi:
1. O’rtadagi mavjud ziddiyatni anglash;
2. Nizoli vaziyatni anglash;
3. Nizoli xatti-harakatni amalga oshirish. Bu bosqichda o’zaro zid yo’nalgan va hissiy ko’rinishga ega bo’lgan harakatlar sodir etiladi;
4. Nizoning tugashi va nizo ishtirokchilari tomonidan bo’lib o’tgan voqeani baholash.
Ko’p hollarda nizoli vaziyatning rivojlanishi o’zga tomonning ayblari va kamchiliklarini fosh etishdan boshlanib o’zaro haqoratgacha o’sib o’tadi. Nizo ishtirokchilarining e’tibori o’zganing shaxsi va hayot uslubi doirasiga qaratiladi. Masalan, «Agar Sen shunday qilmaganingda aynan shu natija bo’lmas edi», «…yana Sen unutib qo’ydingmi…», «Senga necha marta tayinlash kerak bu vazifani…». E’tibor berilsa, nizo keskinlashuvidagi asosiy muloqot shakli o’zga kimsaning shaxsiga va hatto shaxsiyatiga yo’nalganlikdir. Bunday munosabat qurilganda nizoning yanada rivojlanib borishi tabiiy holdir.
bo‘lmaydi.
3.Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo‘l tutiladi.
Ular orasida eng samarali yo‘llar quyidagilar sanaladi:
1. Nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik.
2. Qulay echimlarni taklif qilish.
3. Man etilgan usullarni qo‘llamaslik, shakllardan foydalanmaslik.
4. SHikoyatlar sonini qisqartirish.
5. Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish.
6. Nizoga kirishgan sub’ektlar shaxsini kamsitadigan so‘zlardan foydalanmaslik .
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullar ham qo‘llaniladi. Ular orasida
eng samarali usullar quyidagilar sanaladi:
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo‘lib, ular yuzaga kelgan
vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Odatda
pedagogik nizolar ikki usul:
1) pedagogik usul;
2) ma’muriy usul bilan hal qilinadi.
O‘qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to‘g‘risida “ma’lumot” berish
bilan birga talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli pedagogning imidjida
soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak.
Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullari
Nizoni hal qilishning pedagogik usullari:
1) suhbat;
2) iltimos;
3) ishontirish;
4) nizoga kirishuvchilarga qo‘yilgan talablar yoki ishtirokchilarning xattiharakatlari noto‘g‘riligini tushuntirish va b.
Nizoni hal qilishning ma’muriy usullari:
1) nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish;
2) ularni boshqa ishga o‘tkazish;
3) nizo qatnashchilarini turli ko‘rinishlarda o‘zaro ajratish;
4) axloq komissiyasining qarori;
5) rahbar buyrug‘i;
6) sud qarori.
Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam
ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam
turlari quyidagilar sanaladi:
Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam
turlari:
Maslahat berish;
Axborotli yordam ko‘rsatish;
Tashxislash;
Amaliy treninglar uyushtirish.
Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda
yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga
ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida
ko‘rishimiz mumkin.
Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari
umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birini bir
qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi.
Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab
gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo
ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar
asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan
taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz
mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan
tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila
oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy
rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda har bir mutaxassis o‘z kasbini mukamal darajada bilishi va
seva olishi lozimdir.
Shimoliy-g’arbiy harbiy okrug
Serjantlar tayyorlash maktabi o’qituvchisi
mayor F.Sulaymonov
Do'stlaringiz bilan baham: |