O`bekistonlik olimlarning matematika fani rivojiga qo`shgan hissalari.
Darsning maqsadi.
O`zbekistonda yashab ijod etgan, matematika fanining rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan olimlarning ilmiy merosidan dars jarayonida foydalanish.
Kutiladigan natija:
O`zbekistonlik olimlarning matematika sohasida olib borgan ishlarini o`rganish va amalda qo`llashga erishish.
Reja:
1. O`zbekistonlik olimlar haqida qisqacha ma’lumot.
2. Olimlarning fan rivojiga qo`shgan hissalari.
3. Darslik va o`quv qo`llanmalari yaratgan o`zbek olimlari haqida.
4. Test va topshiriqlar.
Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954) Toshkent matematika maktabining asoschisi, akademik, Davlat mukofoti laureyati.
V.I.Romanovskiy respublikamizda hozirgi matematika fanining vujudga kelishida fidokorona mehnat qilgan. O`z ilmiy maktabini yaratgan. V.I.Romanovskiy Verniy (hozirgi Olma-ota) shahrida tug`ildi. 1990 yilda Toshkentdagi real bilim yurtini, 1906 yilda esa Peterburg universitetini tugatdi. 1908 yilda Toshketnga qaytib, real bilim yurtida matematika va fizika o`qituvchisi bo`lib ishladi. 1911 yillarda V.I.Romanovskiy Varshava universitetida, 1915 yildan Rostov – Don Universitetida professor lavozimida xizmat qildi.
1918 yildan umrining oxirigacha V.I.Romanovskiyning ilmiy-pedagogik va jamoatchilik faoliyati Toshkent Davlat universiteti bilan bog`liq. U fizika – matematika fakulteti professori, dekani, umumiy matematika, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika kafedralarida mudir bo`ldi.
V.I.Romanovskiyning matematika sohasidagi qarashlari xususan, statistik fikrlashni rivojlantirish, statistik metodlarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish borasida muhim ro`l o`ynadi.
Toshkent matematika jamiyatining raisi sifatida u oliy o`quv yurtlari va maktablarda matematika o`qitilishining ahvoli bilan doimo qiziqardi.
Jamiyatning “Maktab matematikasi” bo`limi o`quvchilarning matematikadan shahar olimpiadalari o`tkazishda faol qatnashardi. Mogir va ustoz pedagogning “Analizga kirish” kitobi metodik jihatdan puxtaligi, sodda va ravon yozilganligi bilan o`qituvchi va talabalarga hanuz qadrli, manzur bo`lib kelyapdi. V.I.Romanovskiyning qiziqish doirasi keng, intelektual boyligi katta bo`lgan, u bir necha chet tillarni, jumladan o`zbek tilini ham bilardi.
Romanovskiyning shogirdlaridan biri, O`z FA akademigi T.A.Sarimsoqov shunday deb yozadi: “Vsevolod Ivanovich o`z leksiyalarida fan bilan amaliyotni bog`lashga katta e’tibor berardi, murakkab nazariy masalalarni ravon, tushunarli bayon qila bilardi. Bunga ustozning ilmga tashna shogirdlariga bo`lgan muhabbati, kamtarligini qo`shsak, u yoshlarni o`z sohasiga jalb qilmasligi mumkin emasligi ravshan ko`rinadi…”
FA matematika institute olim nomi bilan ataladi.
Qori-Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich (1897-1970)
Qori-Niyoziy o`zbek olimi, pedagog, davlat va jamiyat arbobi, qahramon, akademik va birinchi prezidiyent.
Qori-Niyoziy Tojikistonning Xo`jand shahrida kosib oilasida tug`ilgan. U avval xo`jandda eski maktabda, keyin Farg`ona rus-tuzem maktabida, Peterburgdagi “Krug samoobrazovaniya” nashriyotining tabiatshunoslik bo`limida sirtdan o`qigan. Qori-Niyoziy 1917 yilda Farg`onada birinchi o`zbek boshlang`ich maktabini ochdi va unda dars berdi. 1920 yili Qo`qonda pedagogika texnikumini ochdi va 1925 yilgacha unga direkterlik qildi.
U 1925 yil. O`rta Osiyo Davlat dorilfununining fizika-matematika fakul’tetiga o`qishga kirdi va uni 1929 yilda tugatdi. Dorilfununda o`qib yurgan paytida quyi kurs studentlariga dars ham berdi. Qori-Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun o`zbek tilida matematikadan darsliklar, o`quv qo`llanmalari, metodik ko`rsatmalar: “Tabiatdan bir parcha”, “Ochiq havoda amaliy mashg`ulotlar”, “To`g`ri chiziqli trigonometriya va uning kosmografiyaga tatbiqi” “Trigonometriyaning sistematik kursi” va boshqa adabiyotlarni yozdi.
Qori-Niyoziy birinchi bo`lib “Ruscha – o`zbekcha matematika terminlari lug`ati”ni tuzdi va o`zbek tilida oliy matematikaning boshlang`ich bo`limlari – analitik geometriya, differensial va integral hisob, differensial tenglamalar darsliklarini yaratdi.
Qori-Niyoziy ajoyib pedagog edi. Uning shogirdlaridan bi gruppasi farg`onalik “13 qaldirg`och” nomi bilan mashhur. Ulardan yilik mutaxasislar T.Z.Zohidov, TDPI professori R.K.Otajonov va boshqalardir.
Qori-Niyoziy 1931-1933 yillarda O`rta Osiyo Davlat dorilfununining rektori, 1937-1938 yillarda O`zbekiston Respublikasida Maorif xalq komissarlari soveti raisining o`rinbosari, bir vaqtning o`zida sobiq sovet ittifoqining fanlar akademiyasi O`zbekiston filialining boshligi edi. Shuning bilan birga u jahon astronomlari jamiyatining a’zosi (1954) va Fan tarixi jahon akademiyasining muxbir a’zosi (1968) edi.
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915)
T.A.Sarimsoqov – o`zbek matematigi, O`zFA akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan va texnika arbobi. Mehnat qahramoni. Toplogiya va funksional analizning Toshketn maktabi asoschisi.
T.A.Sarimsoqov matematik analiz, funksional analiz, umumiy topologiya, algebra, ayniqsa ehtimolliklar nazariyasi va uning tadbiqlari sohasidagi cvhuqur ilmiy tadqiqotlari bilan faqat vatanimizda emas, balki chet ellarda ham mashhur. T.A.Sarimsoqov Andijonning shahrixon qishlig`ida tig`ildi. 1936 yilda TashDUning fizika-matematika fakul’tetini bitkazib, 1938 yildayoq fizika-matematika fanlari kandidati bo`ldi.
T.A.Sarimsoqov fanning mohir, jonkuyar tashkilotchilaridandir. U O`zFA prezidenti (1946-52), Toshkent Davlat universitetining rektori (1943-1945. 1952-1958, 1971-1983) bo`lib ishlagan. O`zbekiston Respublikasi oliy o`rta maxsus ta’lim ministri (1959-1971) lavozimida katta faollik ko`rsardi. Olimning O`zbekiston va boshqa respublikalar uchun oliy malakali kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari nihoyatda katta. Uning rahbarligida o`nga yaqin doktorlik va o`nlab kandidatlik dissertatsiyalari yoqlangan. 1964 yilda uning tashabusi bilan ToshDUning matematika fakul’tetida funksional analiz kofedrasi tashkil etildi.
T.A.Sarimsoqov juda ko`p yangi maxsus kurslar va seminarlarning tashabbuskori. U universitet uchun bir necha darsliklar yaratdi. U Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik O`zbekiston komitetining raisi bo`lgan.
Sa’di Xasanovich sirojiddinov (1920-1988)
S.X.Sirojiddinov o`zbek matematigi, Davlat va jamoat arbobi. O`zFA akademigi. Fan va texnika arbobi Beruniy nomidagi O`zbekiston davlat mukofoti laureyati.
S.X.Sirojiddinov Toshkent Davlat universitetini (1942) bitirgan. Romanovskiyning ilmiy rahbarligida kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. Dokteranturada unga A.N. Kolmogerov rahbarlik qildi. U matematik analiz, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, O`rta Osiyoda matematikaning rivojlanish tarixiga oid chuqur tadqiqotlar olib bordi.
U O`zFA U.I.Romanovskiy nomidagi matematika institutining direktori (1956-1966), ToshDU rektori (1966-1970, 1983-1987), O`zFA vitse prezidienti (1970-1983) lavozimlarida sidqidildan mehnat qildi. O`zbekistonda, olimning rahbarligi va bevosita ishtirokida O`rta Osiyoda matematika tarixiga oid olib borilgan salmoqli ilmiy tadqiqotlar chet el mutaxassislarining diqqat e’tiboriga sazovor bo`ldi. Maktablarda va oliy o`quv yurtlarida matematika o`qitish saviyasini yaxshilash, EXM va mikrokalkulyatorlarni keng targ`ib qilish ham doimo S.X.Sirojiddinovning diqqat markazida bo`lgan. U maktab o`quvchilarining matematikadan Respublika olimpiadalarini o`tkazishning tashabbuskori va jyurining birinchi raisi bo`lgan, ko`p yillar davomida olimpiada hay’atiga raislik qilgan. S.X.Sirojiddinov yosh fizik va matematiklar Respublika maktab-internati tashkil etilishiga rahbarlik qildi. Olim 1985 yildan umrining oxirigacha ToshDU extimolliklar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga mudirlik qildi. Uning rahbarligida 60 dan ortiq doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalari yoqlandi.
Maxmud Salohiddinovich Salohiddinov
M.S.Salohiddinov – o`zbek matematigi, akademigi. U ToshDDning fizika – matematika fakultetini tamomladi 1959 yildan U.I.Romanovskiy nomidagi O`zFA matematika institutida ilmiy xodim, ilmiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari, differensial tenglamalar bo`limining mudiri, 1967-85 yillarda shu institute direktori, 1984-85 yilda O`zFA vitse prezidenti, 1985-1988 yilda O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim ministry bo`lib ishlagan M.S.Salohiddinov differensial tenglamalar nazariyasi, ikkinchi tartibli chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalarni atroflicha o`rgandi. U 1974 yilda Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi. Olim universitetlar va oliy o`quv yurtlari uchun qator darsliklar yaratgan.
Toxtamurod Jo`rayevich Jo`rayev.
T.J.Jo`rayev o`zbek matematigi. O`zFAning haqiqiy a’zosi. U ToshDDni tugatgan. O`zFA V.I.Romanovkiy nomidagi matematika institutida ilmiy xodim, bo`lim mudiri bo`lib ishlagan 1985 yildan shu instituti direktori, 1974-1985 yillarda O`zFA M.T.O`rozboyev nomidagi mexanika instituti rektori bo`lib xizmat qilgan. T.J.Jo`rayev differnsial tenglamalar nazariyasi va uning mexanikaga tadbiqlari sohasida yirik mutaxassis. U Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureyati.
Biz yuqorida nomlari tilga olingan O`zbekistonlik olimlarning shogirdlari, ularning izdoshlari bo`lgan bir guruh olimlar, hozirgi kunda UO`T maktablari darsliklarini yaratgan mualliflar haqidagi ham so`z yuritamiz.
Ularning rahbari va ustozi Sh.A.Alimov bo`lib, uning tahriri va rahbarligi asosida “Algebra”, “Algebra va analiz asoslari” darsliklari yaratildi. Bu darsliklar M.M.Mirzaaxmedov, O.Xolmuhammedovlar va bir qator pedagoglar A.A.Raximqoriyev, A.Qo`chqorov, Hamrojonov, va boshqalar tomonidan yozilgan. (Bu darsliklarning tahliliga alohida to`xtalganmiz).
Topshiriqlar:
1. V.I.Romanovskiyning shogirdlari, izdoshlari kimlar edi?
2. T.N.Qori-Niyoziy tomonidan yaratilgan o`quv qo`llanma va darsliklar qaysilar?
3. O`zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga kimlar sazovor bo`lgan?
4. O`rta Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik O`zbekiston komitetining raisi bo`lib xizmat qilgan o`zbek olimi kim edi?
5. UO`T maktablari, o`rta maxsus kasb hunar kollejlari uchun matematika fani uchun darsliklar yaratgan O`zbekistonlik olimlarning nomlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |