Mavzu: Boshqaruvda rahbar etikasi



Download 274,07 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi274,07 Kb.
#271013
Bog'liq
Diyorbek . SLAYD 23 mavzu

Mavzu:Boshqaruvda rahbar etikasi.

Reja :

1.Rahbar xususiyatlari.

2.Rahbar boshqaruv uslublari.

3.Rahbarda etika tushunchasi.

  • Rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim. Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.

Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan.Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:

  • Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim.

Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.

Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir.



Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.


Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o’ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q.

 Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan o’zaro aloqada bo’ladi.

Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yo’llari majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishidan, ya’ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod bu tamomila ob’ektiv rahbarga bog’liq bo’lmagan mustaqil tushunchadir.

Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay indivudual asosga ega deb qarash noto’g’ri bo’lur edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo’lgan yagona talablar, jamoadagi sotsial-psixologik muhit, yuqori rahbarlarning boshqarishda qo’llaniladigan usullari kabi ko’pgina ob’ektiv omillar ta’sir ko’rsatadi.

Rahbar jamoani va uning individual xodimlarini iloji boricha tez-tez mukofotlashga intilishi kerak, garchi muvaffaqiyatga asosan uning mehnati tufayli erishilgan bo'lsa ham. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijobiy aralashuvlar salbiylardan ko'ra samaraliroq. Hokimiyatga bo'ysunuvchilarni rag'batlantirish nuqtai nazaridan, eng yomon vaziyat ijobiy yoki salbiy qo'llab-quvvatlanmaslikdir, chunki bu ularga rahbariyatning to'liq befarqligidan dalolat beradi.

Rahbar, bo'ysunuvchining shaxsini emas, balki xatti-harakatlar va ishlarni tanqid qilish kerakligini yodda tutishi kerak. Shuningdek, etakchi jamoani va uning individual xodimlarini imkon qadar tez-tez rag'batlantirishga harakat qilishi kerak, garchi muvaffaqiyatga asosan uning mehnati tufayli erishilgan bo'lsa ham. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijobiy aralashuvlar salbiylardan ko'ra samaraliroq.

Adabiyotlar: Melnikov O.N., Larionov V.G. Menejer va bo'ysunuvchi // Rossiya tadbirkorligi. E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 274,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish