Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari



Download 0,52 Mb.
bet1/4
Sana25.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#509611
  1   2   3   4
Bog'liq
xWsA2aNW3CiaHXMIZXA4PI8Q3pEM-3PW (1)


5-mavzu: Neft va gazdan olinadigan mahsulot turlari
Reja

  1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi

  2. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar

  3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari


  1. Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi

Neftni qayta haydab ishlash jarayoni eramizning boshlarida ma’lum bо‘lgan. Bunda neftdagi yoqimsiz hidlar yо‘qotilgan, undan davolashda dori sifatida foydalanilgan. Kichik miqdordagi neft kolballarga, katta miqdori esa sig‘imlarga haydalgan.


Rossiya davlatining Arxangel shahri savdogari Fyodar Pryadunov 1745 yilda Uxta daryosida jahonda birinchi neftni haydaydigan zavodni qurgan. Buning uchun u delta daraxtining smolasidan olingan skinidorani, konifolni olishda hajmli qurilmani qо‘llagan (smolani chekishga haydash Rossiyada XII-XIII asrlarda ma’lum bо‘lgan).
Mozdak yaqinida smolo chekuvchi dehqon ustalari aka-uka Dubininlar 1828 yilda neftni haydash qurilmasini qurganlar. Neftni haydash qurilmasi mis qopqoqli temir hajmdan va suvoqli pechkadan tashkil topgan. Hajmning qopqoqidan trubka chiqarilib bochkadagi suv orqali о‘tkazilgan. Neft qizdirilgandan sо‘ng bug‘ ajralib chiqadi, suvda sovutiladi va kondensatsiya bо‘ladi. Bu suyuqlik qorayishni boshlashi bilan yoqilg‘i uchirilgan, hajmdagi quyuq qoldiq mazut tashlab yuborilgan, 40 chelak neftdan 16 chelak fotogen (kerosinning anologi) olingan. Mazut yigirma chelak hajm qо‘rinishida qolgan, tо‘rt chelak esa haydash jarayonida qurum qо‘rinishida yо‘qotilgan.
Neftni qayta haydash zavodlari XIX asrning 40-chi yillarida boshqa davlatlarda ham paydo bо‘lgan. Buyuk Britaniya davlatida 1848 yilda Dj. Yung zavodida neft qayta ishlana boshlangan. Pensilvaniyada (AQSH) 1849 yilda S.Kir neftni qayta ishlaydigan zavod qurgan. Fransiyada birinchi marta neftni haydaydigan zavod 1854 yilda Elzasda A.Girn tomonidan qurilgan. Germaniyada, Polshada va Ruminiyada XIX asrning 50 yillarida neftni qayta ishlaydigan sanoat qaytadan tug‘ilgan.
Rossiyada birinchi neftni qayta ishlaydigan yirik zavod Baku rayonida barpo etilgan: Kokorev V.A va Gubonik P.I.ning zavodi (1860 y), D.Melikov (1863). Bundan tashqari kichik zavodlar 1860 yilda Bakuda ular 30 ta, 1870-chi yillarda 70 tadan oshib ketdi.
Grozniyda I.M.Mirzayev tomonidan 1865 yilda, A.N.Novosilsov tomonidan 1868 yilda Tamanski yarim orolida yirik neftni haydaydigan zavod ishga tushirilgan va shu tuman tо‘liq kerosin bilan ta’minlangan.
Farg‘ona vodiysidagi birinchi tadbirkor D.P.Petrov tomonidan 1885 yilda SHо‘r suv neft uchastkasida har kuni 400-500 kg.gacha neft qazib olingan va kerosin ajratib oladigan kichkina zavod qurilgan. Shuning natijasida Farg‘ona vodiyida Xо‘jaobod, Andijon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk va shunday bir nechta konlar ochilgan va ishga tushirilgan.
Rossiyada XIX asrning 70 yillarining boshida boshqa bir nechta fotogenli (kerosinli) zavodlar faoliyat kо‘rsata boshlagan: Odessada – 4 ta, Xersonda – 1 ta, Kerchida – 3 ta. Ular yordamida Kavkazdan va Moldaviyadan chiqadigan neft qayta ishlangan.
Neftni qayta haydash ishlari takomillashtirilgan. Agar dastlabki bosqichda hajmlarga davriy ta’sir etish orqali ishlab chiqarilgan bо‘lsa, keyinchalik talabga javob bermay qolgan. Bunday texnologiyada neftni fraksiyalarga ishonchli ajralishi ta’minlanmagan, fraksiyalarning oralig‘idagi haroratning chegarasi kо‘zda aniqlangan.
Keyinchalik hajmli qurilmalar bir-biri bilan birlashtirilgan kublarning jamlanmasi–hajmli batareyalarga aylantirilgan hamda ular aniq neft fraksiyalarini olish uchun xizmat qilgan. XIX asrning oxirida tо‘xtovsiz ishlaydigan hajmli batareyalar ishlangan. Ularda issiqlikni regeneratsiya qilish prinsipidan foydalanilgan: olinadigan issiq neftning fraksiyasi qayta ishlashga kirib kelgan neftga о‘zining issiqligini bergan. Buning evaziga qurilmaning unumdorligi keskin kuchaygan. Bu qurilma 1886 yilda V.G.Shuxov va F.I.Inchik tomonidan taklif qilingan, kuniga 27 marta kо‘p neftni qayta haydashga erishilgan, xuddi shunday kо‘rsatgich hajmida – 1,5 ga, hajmli batareyalarda – 4 ga teng. XIX asrda neftni qayta ishlash natijasida asosan kerosin olingan.
Boshlang‘ich davrda tovar kerosinining asosiy tavsiflariga solishtirma og‘irligi (0,78-0,85 t/m3), qaynash harorati oralig‘i (170-320 oS) va uning rangi kirgan. Neftdan kerosin fraksiyasini chiqishi nisbatan uncha katta bо‘lmaganligi (baku neftidan 25-30 %) uchun neft sanoatchilari solishtirma og‘irligi kerosinga о‘xshash yengil suyuqlik va og‘ir fraksiyalarni aralashtirgan hamda qо‘shimcha hajmlarni olishga kirishganlar. Bunday mahsulotdan chiroqlarda foydalanilgan, kо‘pincha portlash sodir bо‘lgan. Shuning uchun kerosinni xavfsiz yoritishda foydalanishning yaroqliligi chaqnash haroratiga (suyuqlikning ustidagi yuzada bug‘larni alangalanishi) va alangalanish haroratiga (suqlikni yonish) qarab aniqlaganlar.
Neftni qayta ishlashni boshqa usullari rivojlangan. D.I.Mendeleyevning maslahatiga asosan 1879 yilda Yaroslavlning yaqinida jahonda birinchi bо‘lib, mazutdan surkov moylari oladigan zavod qurilgan. V.G.Shuxov va S.Gavrilovlar tomonidan 1891 yilda og‘ir uglevodorodlarni yuqori harorat va bosimda parchalash yо‘li bilan yengil uglevodorodlarni olish ixtiro qilingan. Bunday jarayon kreking nomini olgan.
V.G.Shuxov muhandis M.A.Kotelyunikov bilan hamkorlikda kreking qurilmasining turboburini ixtiro qilganlar.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish