Neftni qayta ishlashni rivojlantirish tarixi Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari


II. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar



Download 0,52 Mb.
bet2/4
Sana25.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#509611
1   2   3   4
Bog'liq
xWsA2aNW3CiaHXMIZXA4PI8Q3pEM-3PW (1)

II. Neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan mahsulotlar

Neftni qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlar olinadi:


1) yoqilg‘i;
2) neftli yog‘lar;
3) parafinlar, serezinlar, vazelinlar;
4) neftli bitumlar;
5) yoritish kerosinlari;
6) eritgichlar;
7) boshqa neft mahsulotlari (neftli koks, qurum, konsistent surkovlari va boshqa).
Yoqilg‘i
Neftdan olinadigan yoqilg‘ilarning soniga avtomobil va aviatsiya benzinlari hamda traktor, reaktiv, dizel, gaz turbinali va qozonxona yoqilg‘ilari mansubdir.
Avtomobil benzinlari – karbyuratorli dvigatellarda qо‘llaniladi. Hamma avtomobil benzinlari quyidagi turlarga bо‘linadi:

  • yozda hamma tumanlarda 1 apreldan – 1 oktabrgacha qо‘llash mumkin, janubiy rayonlarda yilning hamma fasllarida;

  • qishki, hamma mavsumlarda qо‘llashga mо‘ljallangan.

Benzinning muhim ishlatish tasniflaridan biri ularni detonatsiyaga chidamliligi hisoblanadi. U qanchalik katta bо‘lsa, dvigatelning siqish darajasi shuncha yuqori va shunga mos uning solishtirma quvvati katta hamda yoqilg‘i sarfi kichik bо‘ladi.
Benzinlarni detonatsiyaga chidamliligi oktanlar sonini ifodalaydi, maxsus mator qurilmalarida yoki tadqiqot metodlari asosida aniqlanadi. Oktanlar sonining miqdori aralashmadagi N–geptan bilan izooktanlar teng bо‘lib, sinaladigan benzinning detonatsiya chidamliligiga ekvivalentdir.
Benzinlarni detonatsiya chidamliligini oshirish uchun va shunga mos bо‘lgan oktanlar sonini oshirishda ularga tetraetilevinets 1 kg benzinga 3,3 grammgacha qо‘shiladi. Shuning uchun etillashtirilgan benzinlar bilan ishlashda xavfsizlik choralarini oldini olish qoidalariga rioya qilinadi.
Benzin va havo aralashmasi silindrga tushganda, porshen yuqoriga harakatlanib uni siqadi. Bug‘lar siqilganida ular qizib ketadi. Agar benzin va havo aralashmasi qattiq siqilsa, u о‘ta qizib ketadi va yondirish svechasi yordamida о‘z-о‘zidan yonib ketadi.
Agar benzinni yonishi alangalanish muddatidan oldin sodir bо‘lsa, porshen о‘zining yuqori nuqtasiga yetmasdan orqaga qaytib dvigatelning burama valining harakatiga tо‘sqinlik qiladi, ya’ni detonatsiya sodir bо‘ladi. Detonatsiya odatda taqillab silkinish va dvigatelning guvillab shovqin chiqarishi bilan tavsiflanadi. Detonatsiya hosil bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak, chunki u motorning harakatdagi kuchiga qarshi ishlaydi, shuning uchun uning mexanik qismlariga ta’sir qiladi.
Benzinnning oktanlar sonini aniqlashda uning siqilish darajasining aniqligi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa о‘z-о‘zidan alangalanish porshen harakatining yuqori nuqtasida sodir bо‘ladi. Siqilish darajasi benzin oktanlar soniga bog‘liq. Oktan soni 100 bо‘lgan benzin uchun shartli ravishda izooktan (2, 2,4- trimetilpentan) S8N18 qabul qilingan. Kuchsiz siqilishda ham detonatsiyalanadigan n-geptan (S7N16) oktan soni “0” bо‘lgan benzin uchun qabul qilingan.
Zarur bо‘lgan oktan sonli benzin olish masalasini soddalashtirish uchun benzinga qо‘rg‘oshin-tetraetil qо‘rg‘oshin (TEQ) yoki tetrametil qо‘rg‘oshin (TMQ) qо‘shiladi. Bu birikmalar benzinning oktan sonini oshiradi. Bu bilan benzinning boshqa xossalariga , jumladan tо‘yingan bug‘ bosimiga (TBB) ta’sir etilmaydi.
TEQ (TMQ) – juda zaharli kimyoviy birikma, hatto uning juda kichik konsentratsiyali bug‘i ham kasallikka yoki о‘limga olib kelishi mumkin. Shunisi qiziqki, benzinga qо‘rg‘oshin qо‘shilishidan maqsad, uning muddatidan oldin alangalanib ketishini oldi olinadi. Oktan soni qanchalik kichik bо‘lsa, detonatsiyaning yuzaga kelishi yoki benzinning о‘z-о‘zidan alangalanishining ehtimolligi yuzaga keladi. Shuning uchun qо‘rg‘oshin alangalanishning oldini oladi. Qо‘rg‘oshinning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida , benzinning oktan sonini oshirish uchun neft-kimyo sonaotida metanol, etanol, TBS, va MTBE kabi mahsulotlarni qо‘llash tavsiya etilgan.
Metanol - CH3OH qadimdan ma’lum bо‘lgan kimyoviy modda. U yog‘och spirti sifatida mashhur, chunki avvallari yangi arralangan zich yog‘ochli g‘о‘lalarga kimyoviy reagent ta’sir ettirib olingan. 1923 yilda nisbatan unumli jarayon ishlab chiqilgan. Bunda dastlabki modda sifatida metan yoki benzin fraksiyasidan foydalanilgan. Metanning manbai sifatida asosan metandan iborat bо‘lgan tabiiy gaz ishlatilgan.
Jarayonning asosiy bosqichi - sintez gazning olinishi uglerod monooksidi (CO) va vodorod (H2) aralashmasining olinishidir:

CH4 + H2O → CO + 3H2 (sintez gaz)


CO + H2 → C + H2O (metanol)


Bu tenglamani olish texnologiyasi juda murakkab va qimmat.


Etanol - yoki etil spirti (C2H5OH) – aroqning asosiy komponenti hisoblangan kimyoviy modda. Etanol ham qadimdan tabiiy manbalardan: uzum (vino) tarkibidagi qandni achitish, kartoshka (aroqda) yoki arpa va jо‘xori (viski)ni fermentlar ta’sirida ishlash bilan olingan. Sanoat miqiyosida etanol olishda foydalaniladigan hozirgi kimyoviy jarayon 1919 yilda ishlab chiqilgan. Bu usul etilenning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri gidrotatsiyasiga (suvning birikishi gidrotatsiya deb ataladi) asoslangan :

C2H5 + H2O = CH3 - CH2 - OH2 (etilen) (suv) (etanol)





Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish