Shunda men ham ularning gapiga aralash-
dim: «Sen noto‘g ‘ri gapiryapsan. Hatto
tasodifan yuz berishi mumkin bolgan narsa
larning hammasi ehtimoldan uzoq emas. Le
kin bunday tasodifni ba’zan uzoqroq kutishga
to'g'ri keladi. Olimlar, bu holning yuz berish
ehtimoli kam, deyishadi». Ularning kichigi
hayron bo'ldi: «Bundan
chiqdiki, ehtimollikni
olchab bolar ekan-da».— «Albatta, shuning
uchun ham matematikada ehtimollik nazariya-
si bor-da», — dedim. Men cho'ntagimdan har
yog'iga bittadan oltitagacha nuqtalar o'yilgan
o ltiy o q li shashqol (kubik)ni chiqarib
ko'rsatdim.
«Aytinglar-chi, men hozir shu shashqolni
tashlasam, qaysi son chiqadi?» — deb, uni
yerga dumalatib yubordim. Shashqol duma-
lab ulgurmasdan «To'rt», — deyishdi bolalar
shosha-pisha. Aslida besh soni chiqdi. «Biz
ning aytganimiz chiqmadi-ku, — kulishdi ular.
— Demak, ehtim oldan uzoq». Men
shashqolni yana tashladim, bu gal to'rt soni
chiqdi. «Ana, ehtimoldan uzoq emas ekan-ku,
— kuldim men ham. Keling, hisoblab
ko'raylik, bizning xato qilmasligimiz ehtimoli
qancha ekan? Shashqol tashlaganimizda
necha xil holat yuz berishi mumkin ekan?» —
«Oltita!» — «To'ppa-to'g'ri.
Lekin bizga shu
olti holatdan faqat bittasi kerak, chunki biz
faqat bitta sonni o'ylaymiz. Shuning uchun bu
o'yinda ehtimollik 1/6 ga teng, deb aytiladi.
Agar, biz to'rt yoki ikki soni tushadi, desak,
ehtim o llik ikki m arta oshadi, ya ’ni 2/6
bo'ladi». — «Tushunarli», — dedi bolalardan
biri. — «Agar men olti xil sonlardan istalgani
chiqadi desam, ehtimollik 6/6 ga, ya’ni 1 ga
teng boladi, shundaymi?» — f«Xuddi shun
day. Bu eng katta ehtimollik. Bu holda sen al
batta yutib chiqasan». - «Eng kichik ehtimol
lik qanaqa bo'ladi?» - so'radi ikkinchisi.
«Turgan gapki, nol, - dedim men. - Bu hech
qanday ehtimollik yo'q, degani bo'ladi. Sen
o'yinni yutqizdim deyaver». - «Qanaqasiga
yutqizgan bo'laman? - «Bu juda ham oddiy.
Shashqol tashlansa, yetti soni chiqadi, deb
xayolingga keltirgin-chi». - «Bu mumkin
emas, ehtimoldan uzoq». - «Ha, balli, endi
o'zingga kelding».
Bolalarning kichigi quvonib: «Bu o'yin —
ehtimollik nazariyasi o'yini juda qiziq ekan-
ku», dedi.
«Bu o'yin emas, fan, — dedim men. — Le
kin uning o'yindan kelib chiqqanligi rost. —
Ba’zan shunday ham boladi. Ehtimollik na
zariyasi
olimlarga ham, muhandislarga ham,
iqtisodchilarga ham — butun xalq xo'jaligiga
juda katta yordam beradi». — «Sizning ga-
pingizga qaraganda botinkani ham fansiz tikib
bo'lmas ekan-da», — dedi kattasi. «Faqat
botinkani emas, — dedim men, — bir amal-
lab o'qib, kosmonavt, muhandis yoki mashinist
bo'laman, degan o'quvchi katta xatto qiladi».
— «Siz aytmoqchisizki, bunday ehtimollik juda
kichik, shundaymi?» — so'radi bolalarning kat
tasi. «Ha, albatta, aytish mumkinki, u nolga ya
qin. Endi, bolalar, bilib qo'ysanglar yomon
bo'lmaydi. Ehtimollik nazariyasi degan fan
matematikaning bir bo'lagi, lekin u boshqa so-
halarda ham asqotadi, hali buni maktabda yax-
shilab o'qitishadi».
ELEKTR
Ko'zni qamashtiradigan chaqnash, chaq-
moqlarning osmondagi olovli ilon izi yollari,
momaqaldiroqning guldirashi... Kishilar tabi-
atning bu dahshatli
hodisalarini bir necha
ming yillab kuzatishgan, lekin sabablarini
bilisholm agan, shuning uchun ulardan
qo'rqishgan. Chaqmoqni o'rganish yo'lidagi
urinishlar ko'pincha fojia bilan tugagan.
Masalan, 1753-yili tajriba vaqtida rus fizigi G.
V. Rixman yashin urib halok bolgan.
Bundan yuz yildan ko'proq vaqt ilgari
odamlar tabiatning elektr kuchidan foydalani-
shni
o 'rg a n d ila r,
e le ktrn i
o 'zla rig a
bo'ysundirdilar. Xo'sh, odamlar elektr haqida
nimalarni bildilar?
Jismlarning bir-biriga ishqalanishi natijasi
da ularning tortishish xususiyatini kasb etishi
qadimgi olimlarga ma’lum edi. Yunon olimlari
ebonit tayoqchasini ishqalaganda u o'ziga
yengil jismlarni tortishini aniqlaganlar. 1600-
yilda ingliz fizigi U. Gilbert ebonitdan tashqari
olmos, billur va boshqa jismlar elektr xususi
yatiga ega ekanligini aniqlagan. 1729-yilda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ingliz olimi S. Grey ayrim jismlarning elektr
o'tkazuvchanlik xususiyatini ochib, tabiatdagi
jismlarni o‘tkazgich va izolyatorlarga ajratdi.
1734-yilda fransuz fizigi Sh. Dyufe, amerikalik
olim B. Franklin ikki turdagi elektr
zaryadlarning mavjudligini aniqlab,
ulardan bir
turi shisha, tog‘ billuri, qimmatbaho toshlar, jun
va boshqa jismlarda, ikkinchisi esa ebonit,
shoyi, qog'oz va shu kabi jismlarda hosil
bo'lishini, bu ikki tur zaryadlar tortishish yoki ita-
rishish xususiyatiga ega ekanligini ham
aniqladilar. Bir xil ishorali elektr zaryadlar
o'zaro itarishishadi, turli ishoralilari esa o'zaro
tortishishadi. Bu zaryad turlarining ebonitda
hosil bo'lgani manfiy, shishada hosil bo'lgani
esa musbat ishorali deb olingan.
19-asr oxirlarida elektr ta’limoti rivojlanishi-
ning yangi davri boshlandi. Atomlar tarkibida
elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga
asoslangan modda tuzilishining elektr ta’limoti
— elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bu ta’limot
golland fizigi X. A. Lorens, ingliz fizigi J. J.
Tomson, fransuz fizigi va matematigi J. A.
Puankare, nemis fizigi G. Gelmgols nomi bi
lan uzviy bog'liq.
Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar
mavjud. Zarralarning ba’zilari musbat, ba’zilari
manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng
kichik zarralar elektronlardir. Elektronlar (yunon-
cha elektron — ebonit) metall o'tkazgichlaming
ichida harakatlana oladi. Zaryadlangan
zarralarning bir tomonga yo'nalgan
oqimini
olimlar elektr toki deb atadilar.
Siz uyga kelib, yoqib-o'chirgich tugmasini
bossangiz, elektr lampochka charaqlab yona
di. Nima uchun? Tugmani bosganingizda siz
o'tkazgichlarni ulaysiz, o'tkazgichlar orqali esa
lampochka tomon shitob bilan elektronlar oqi
mi yo'naladi. Lampochkaning ichida ingichka
simoyoqlarga maxsus metall — volframdan
tayyorlangan spiral osilgan. Bu spiral (lampoch
ka tolasi) alohida xususiyatga ega: elektron-
larning undan o'tishi juda qiyin. Spiral orqali
elektronlar oqimi o'tkazilganida, ular tola me-
tallning atomlarini u yon-bu yon «turtib» bora
di, natijada tola bir zumda qizib, nurlana
boshlaydi. Elektronlar
oqimi qancha kuchli
bo'lsa, lampochkaning tolasi ham shuncha
kuchli qizib, ravshanroq yonadi. Yo'g'onroq
simlardan tayyorlangan xuddi shunday spiral
lar elektr dazmol va plitkalarni qizdiradi. Bu
hodisa (elektr tokidan qizish hodisasi) dan,
masalan, zavodlarning elektr pechlarida me-
tallarni eritish uchun foydalaniladi. Faqat bun
day pechlardagi spirallar barm oqlar
yo'g'onligidagi simlardan ishlanadi.
Kishilar elektrni yana bir «kasbga» —
m ashinalarni
harakatga
keltirishga
o'rgatdilar. Mashinist maxsus ulab-uzgich
dastasini buraydi. Quwatli elektr dvigatellar
elektrovoz g'ildiraklarini harakatga keltiradi va
poyezd asta-sekin relslarda yura boshlaydi.
Bunday quwatni dvigatel qayerdan oladi?
Olimlar ikkita parallel joylashgan sim orqali
tok bir yo'nalishda o'tsa, simlar bir-birini tor-
tishini, qarama-qarshi yo'nalishda o'tganda
esa bir-birini itarishini payqadilar. Tok
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'tayotgan simlarning ana shunday o‘zaro
ta’sir kuchi elektr dvigatellarni aylantiradi.
Siz elektr o'yinchoqlardagi jajji motorlarni
ko'rgansiz, albatta. Bunday motorlarning
ishlashi uchun bitta elektr batareya toki yetarli.
Lekin million-million
elektr lampochkalarni
elektr bilan ta’minlash, stanok va mashinalar-
ni harakatga keltiruvchi, tramvay va elektr
poyezdlar g'ildiraklarini aylantiruvchi dvigatel-
larga tok yetkazib berib turish uchun juda ko'p
elektr energiyasi kerak. Bunday energiya
elektr stansiyalarida hosil qilinadi hamda
elektr uzatish liniyalari orqali shahar va
qishloqlarga yetkazib beriladi.
O'tgan asrda qaysi kashfiyot olimlarni
ko'proq hayratga solganligini bilasizmi? Bu
— elektr energiyasining bo'shliqda tarqali-
shini isbotlagan kashfiyot. Elektr energiyasi
hech narsa,
hatto hech qanday zarra
bo'lmagan mutlaqo bo'sh joyda ham uzatilar
ekan. Bunday bo'shliqda elektromagnit may-
don — energiya eltuvchi elektrom agnit
to'lqinlari bo'larkan. Radio ham, telefon ham,
telegraf ham elektr bilan ishlaydi.
Elektr yordamida metall buyumlar sirtiga
yupqa himoya qatlami yugurtiriladi, masalan,
konkilarning sirti yupqa xrom qatlami bilan
qoplanadi. Texnikaning elektrdan foydalanila-
digan barcha tarmoqlarini sanab chiqish
qiyin. Bu tarmoqlar esa tobora ko'payib bor-
moqda.
Do'stlaringiz bilan baham: