Muzliklar yer sirtining qor chizig’i chegarasidan yuqori qismida, relef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joylarda qorning to’planishi va zichlashishidan hosil bo’ladi. Ular o’zi joylashgan hududning iqlimiga, daryolarining suv rejimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa tog’ muzliklari daryolarni to’yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi - Muzliklar yer sirtining qor chizig’i chegarasidan yuqori qismida, relef hamda iqlim sharoiti qulay kelgan joylarda qorning to’planishi va zichlashishidan hosil bo’ladi. Ular o’zi joylashgan hududning iqlimiga, daryolarining suv rejimiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa tog’ muzliklari daryolarni to’yintiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi
Qor qoplami qorning yer sirtida to’planishidan hosil bo’ladi. Shamol ta’sirida u yer sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko’rsatkichlari - qalinligi, strukturasi (tuzilishi), zichligi, suv miqdori turli hududlarda turlicha bo’ladi. Daryolarning suvliligi ko’p jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to’plangan qor qoplami miqdoriga bog’liq bo’ladi. - Qor qoplami qorning yer sirtida to’planishidan hosil bo’ladi. Shamol ta’sirida u yer sirtida notekis taqsimlanadi. Natijada qor qoplamining asosiy ko’rsatkichlari - qalinligi, strukturasi (tuzilishi), zichligi, suv miqdori turli hududlarda turlicha bo’ladi. Daryolarning suvliligi ko’p jihatdan ularning havzalarida yilning sovuq davrlarida to’plangan qor qoplami miqdoriga bog’liq bo’ladi.
- Tabiatda quruq va xo’l qor qoplamlari bir-biridan farq qiladi. Quruq qor qoplamining zichligi o’rtacha 0,06 g/sm3 ga teng bo’lsa, xo’l qor qoplaminiki esa 0,20 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Yer sirtida shunday yuza(sath)lar mavjudki, u joylarda qor ko’rinishida yoqqan atmosfera yog’inlarining o’rtacha yillik miqdori uning erishiga va bug’lanishiga sarf bo’lgan qiymatiga teng bo’ladi. Aniqrog’i ma’lum balandlikda qor to’planishi va uning sarflanishi muvozanatda bo’ladi. Relef va iqlim sharoitlarining o’zaro munosabati tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig’i deb ataladi. - Yer sirtida shunday yuza(sath)lar mavjudki, u joylarda qor ko’rinishida yoqqan atmosfera yog’inlarining o’rtacha yillik miqdori uning erishiga va bug’lanishiga sarf bo’lgan qiymatiga teng bo’ladi. Aniqrog’i ma’lum balandlikda qor to’planishi va uning sarflanishi muvozanatda bo’ladi. Relef va iqlim sharoitlarining o’zaro munosabati tufayli vujudga kelgan bunday sath qor chegarasi yoki qor chizig’i deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |