qarashga majbur etardi. To'g'ri, atomlarning
mavjudligini ingliz botanigi R. Broun 1827-
yilda kashf etgan Broun harakati tasdiqla-
di. Ammo bu harakatning o'zi ham tartibsiz
va tushunarsizdek bo'lib ko'rinardi.
Eynshteyn ana shu shubhalarga chek
qo'ydi. U Broun harakatining qat’iy qonun
larga bo'ysunishini isbotladi. Bu qonunlar
atomlarning chindan ham mavjudligini tas-
d iq la b g in a qolm ay,
balki
u la rn in g
o'lchamlarini ham aniqlashga imkon berdi.
Uning birinchi maqolasida ana shu haq-
da so'z borgan edi.
Fiziklar duch
kelgan ikkinchi qiyinchilik
yorug'likning ikki xil tabiati edi. Tajribalarda
yorug'lik o'zini har xil tutardi: odatda o'zini
to'lqin kabi tutsa, ba’zi hollarda uning hola-
tini yorug'lik juda mayda zarralardan —
kvantlar yoki fotonlardan tashkil topgan, deb
tasavvur etibgina tushuntirish mumkin edi.
Eynshteyn, yorug'lik kvantlari jismning sirti
ga tushar ekan, undan juda mayda boshqa
zarralarni — elektronlarni siqib chiqarishi-
ni tushuntirib berdi. Mazkur maqola atigi bir
necha sahifadan iborat bo'lsa-da, u olimlar
bilan muhandislarga texnikaning tovushli
kino va te le v id e n iy e s id a n
boshlab
yorug'likning g'ayri oddiy manbalari - lazer-
gacha bo'lgan ko'plab mo'jizalarini yaratish
yo'llarini ko'rsatib berdi. Bu maqola uchun
1921-yilda Eynshteynga Nobel mukofoti
berildi.
Biroq uchinchi maqola Eynshteynga be-
qiyos shon-shuhrat keltirdi. Yurib ketayotgan
aravadan oldinga otilgan tosh orqa tomon
ga otilgan toshdan ko'ra tezroq uchib bori-
shini, chunki birinchi holda aravaning tezli
gi toshning tezligiga qo'shilsa, ikkinchi hol
da toshning tezligidan aravaning tezligi
chegirib tashlanishini olimlar G. Galiley va
I. Nyuton zamonidan beri bilishardi. Yer
yuzidagi barcha jismlar ana shu oddiy qo-
nunga bo'ysunardi. Ammo yorug'lik bu qo-
nunga bo'ysunmasdi. Yorug'lik
tezligini
o'lchashga oid tajribalar olim lar oldiga
yangidan-yangi muammolarni qo'yardi. Eyn
shteyn nazariyasi (bu nazariyani keyincha
lik u nisbiylik nazariyasi deb atadi) hal etib
bo'lmaydigandek tuyulgan ko'plab savollar-
ga javob berdi. Yorug'lik tezligi hamisha
doimiy — sekundiga 300 ming kilometrga
teng; mazkur nazariyaning asosiy qoidalari-
dan biri shunday edi. Agar biror jismning
tezligi yorug'lik tezligiga yaqinlashsa, bu
jism n in g harakati Nyuton qonunlariga
bo'ysunmaydi, balki Eynshteyn kashf etgan
qonunlarga bo'ysunadi.
Eynshteyn ilmiy ijodining cho'qqisi u
1916-yilda
yakunlagan umumiy nisbiylik
nazariyasi bo'ldi. Eynshteyn g'oyalari Nyuton
zamonidan fizikada hukmron bo'lgan fazo,
vaqt va tortishishga mexanistik qarashlarni
o'zgartirib, dunyoning yangi materialistik
manzarasini kashf etdi. Nisbiylik nazariyasi-
ni tushunish oson emas. Ammo maktab
o'quvchisi uchun karra jadvali qanchalik
zarur bo'lsa, hozirgi zamon fizigi uchun nis
biylik nazariyasi shunchalik zarur, chunki bu
nazariya fan va texnikada (masalan, astro-
fizikada va zaryadlangan zarralarning ulkan
tezlatgichlarini qurishda) keng qo'llaniladi.
Eynshteynning to'rtinchi
maqolasi atigi
uch sahifadan iborat bo'lsa-da, ammo bu
sahifalar insoniyatning atom energiyasini
egallashiga yo'l ochib berdi.
Olimning oldida hali ko'plab mashaqqatli
izlanishlar, kashfiyotlar, ajoyib yutuqlar,
uzluksiz qattiq mehnat yillari turardi.
Butun dunyoda Eynshteynning ko'plab
do'stlari bor edi, chunki u juda mehribon va
adolatli kishi edi. Ammo u nafratlana olar-
di ham. U fashizmdan,
urushdan nafratlan-
di va umr bo'yi tinchlik uchun kurashdi.
Amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xiro-
sima va Nagasaki shaharlariga atom bom-
basi tashlaganliklarini eshitgan paytdagi
daqiqalari uning hayotida eng og'ir damlar
bo'lgan bo'lsa kerak. Buyuk olim o'z kash-
fiyotlari bilan kishilarga o'lim emas, bilim
eltishni orzu qilgan edi.
Eynshteynning ilmiy ishlari hozirgi zamon
fizikasining — kvant elektrodinamika, atom
va yadro fizikasi, elementar zarralar fizika-
si, astrofizikaning rivojlanishida katta rol
o'ynadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi