tografiya kashf qilinmaganligidir. Fotografiya 15-
asrda ob’yektlar tasvirini proyeksiyalab, so'ngra
qog'ozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu
usulni italyan olimi Leonardo da Vinchi qo'llagan.
Lekin haqiqiy fotografiya 18-asrda
dastlabki
yorug' sezgir moddalar kashf etilgandan keyin
gina paydo bo'lgan. Olimlar fotografiya ixtiro qi
lingan vaqtni 1839-yil deb hisoblaydilar, chunki
o'sha yili fransuz olimi L. J. M. Dager Parij aka-
demiyasida fotografiya usuli haqida axborot ber
gan.
Hozir fotografiya bizning hayotimizda allaqa-
chon oddiy va zarur narsa bo'lib qoldi. Ular vo-
qea yoki hodisalami qayd etishga, o'tmishni es-
lashga yordam beradi. Olimlar, muhandislar va
boshqa turli kasb egalari fotografiyasiz ish olib
borishlari qiyin.
Badiiy fotografiya tasviriy
san’atning alohida bir turidir.
Xo'sh, fotoplyonkada tasvir qanday hosil
bo'ladi? Plyonka joylangan
kasseta fotoappa-
rat ichiga qo'yiladi. Fotoapparatning orqa tomo
ni yoki tepasida maxsus tuynukcha — ko'rinish
qidirgich bor. Unda fotosuratga tushadigan
hamma narsa aniq ko'rinadi. Surati olinayotgan
narsani aniq "mo'ljalga olib",
apparatning tug-
masi bosiladi.
Yorug'lik yo'lini to'sib turgan to'siq (zatvor)
shiq etib ochiladi. Yorug'lik nurlari fotoapparat
ning shisha "ko'zi" — ob’yektivi orqali o'tib,
yorug' sezgir plyonkaga fotoapparat oldida tur
gan hamma narsaning aniq suratini tushiradi.
So'ng plyonkaga kimyoviy moddalar bilan ishlov
berilib, surat chiqariladi. Bunda dastlab plyon-
kada tasvir hosil bo'ladi. Plyonkaning qanday tu-
ridan
foydalanilganiga qarab, u oq-qora yoki
rangli bo'lishi mumkin.
Plyonkani ishlashning
ham turli usullari bor. Bir turli plyonkalarda ne-
gativ (hamma oq
narsalar qora, qora narsalar
esa oq bo'lib ko'rinuvchi tasvir) hosil bo'ladi. Op
poq bulutlar, qor, tishlar, ko'zning oqi negativda
ko'mirdek qora bo'ladi. Qop-qora sochlar, etik,
yer esa oq bo'ladi. Buning sababini yorug'lik
maqolasini o'qib bilib olishingiz mumkin. Bun
day g'ayritabiiy tasvir
undan surat olish uchun
kerak. Suratda oq narsalar o'z holida yana oq
bo'lib, qora narsalar esa qora bo'lib chiqadi.
Boshqa xil plyonkalarda boshqacha,
yana ham murakkabroq ishlov berish nati
jasida birato'la tayyor tasvir hosil bo'ladi. Bun
day plyonkani ekranga tushirib ko'rsatish
mumkin. U diapozitiv yoki slayd deb ataladi.
Slaydlar ko'pincha rangli qilib tayyorlanadi. Hozir
suratni bir zumda chiqarib beradigan fotoappa
rat— poloroid yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: