Keng pasttekisliklar bo'ylab Sena, Rona,
Garonna va
boshqa sersuv daryolar oqib
o'tadi. Bu daryolarda keti uzilmas turna qator
kemalar suzadi.
Mamlakat zamini ko'mir, temir va uran ru-
dalari, tuzlar, gaz, boksit kabi foydali qazilma-
larga boy.
Juda qadimda, miloddan ancha awal Fran-
siyada gall qabilalari yashagan. Bu yerlarni
bosib olgan rimliklar uni Galliya deb ataganlar.
Keyinchalik rimliklar o'rnini boshqa
bosqinchi-
lar egallagan. Ular orasida franklar ham bor edi,
keyinchalik mamlakat shu qabila nomi bilan ata-
ladigan bo'ldi.
9-asr o'rtalaridan mustaqil fransuz davlati
qaror topdi. 10-asrdan Fransiya deb atala
boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Ger-
maniyasi Fransiyaga hujum qildi.
Fransiyaning
reaksion hukumati agressorga taslim bo'ldi. Bi
roq fransuz xalqi ozodlik uchun mardona kurash-
di va g'alaba qildi.
Fransiya — yuksak rivojlangan mamlakat.
Fransiyada ko'plab alyuminiy va po'lat, sintetik
kauchuk, sun’iy tola, plastmassa, dori-darmon-
lar, gazlama, poyabzal va kiyim-kechak,
yirik
sanoat shaharlaridagi zavodlarda esa
stanoklar, avtomashinalar, elektrovozlar, kema
lar, samolyotlar va boshqa turli xil mashinalar
ishlab chiqariladi. Fransiya qadimdan o'zining
parfyumeriya buyumlari bilan mashhur.
Qishloq xo'jaligi ham
yuksak darajada rivojlan
gan. Dalalarda bug'doy,
arpa, makkajo'xori, suli,
kartoshka, qand lavlagi,
turli-tum an
sabzavot
yetishtiriladi. Hamma joy
da ko'plab tokzorlar va
bog'lami ko'rish mumkin.
Chorvachilik ham muhim
o'rin tutadi.
Fransiyaning poytaxti
Parij — dunyodagi eng
chiroyli shaharlardan biri.
U bundan ikki ming yillar
ilgari S ena da ryo si
o'rtasidagi orolda vujud
ga kelgan. P a rijda
qadimiy binolar ko'p, masalan,
Luvr saroyida
rasm va haykallarning dunyodagi eng yirik
majmualaridan biri to'plangan. Sorbonna uni-
versiteti dunyodagi eng qadimiy universitetlar-
dan biri, Bibi Maryam ibodatxonasi, ulug'vor
Eyfel minorasi jahonga mashhur.
Fransiya jahonga Janna d’Ark, Marat va
Robespyer,
Lavuazye va Kyuri, Delakrua va
Domye, Bize va Ravel, Gyugo va Balzak, Mo-
passan va Bomarshe kabi ko'pgina mashhur
kishilami, tarixiy arboblar, olimlar, yozuvchilar,
kompozitorlarni yetishtirib berdi.
Fransiya bilan O'zbekiston Respublikasi
o'rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil-
da o'matildi va ular o'rtasida iqtisodiyot, fan-
texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik sa-
marali tus oldi.
FUTBOL
Inglizchadan tarjima qilinganda "fut" -
"oyoq", "bol"—"to'p" demakdir. Inglizlar "faqat
oyoq bilan" o'ynaladigan to'p o'yinini shunday
deb atashgan. 1868-yil oktabrda Londonda
bu o'yin ishqibozlarining uyushmasi tashkil
etildi. Hozirgi
zamon futbol tarixi shunday
boshlandi.
Futbol o'yini to'g'ri burchakli maydonda
o'tkaziladi. Maydonning qisqa tomonlari
o'rtasiga, bir-biriga qarama-qarshi 2 ta dar-
voza o'rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: