Louvre
Luvr (
fransuzcha
: Musée du Louvre) — dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval
qirollar qasri boʻlgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning
1-munisipal okrugida
joylashgan.
Luvr
Musée du Louvre
Asos solingan sana
1793
Joylashuvi
Palais Royal, Musée du Louvre,
75001
Paris
,
France
Keluvchilar soni
7 300 000 (2005)
Direktor
Henri Loyrette
Oʻtish yoʻli
Palais-Royal/musée du Louvre metrosi
21, 24, 27, 39, 48, 68, 69, 72, 81, 95 raqamli
avtobuslar
www.louvre.fr (http://www.louvre.fr)
Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik —
sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791 yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy
badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793 yil 8 noyab.dan omma uchun ochilgan. L. fondini
sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara
qilingan toʻplamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib
olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat:
tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va
Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq
yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar
galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael,
Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey
ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy
toʻplamlar alohida joylashtirilgan.
L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy meʼmoriy yodgorlik boʻlib, 13-asr boshi — 14-asr
larda eski qasr oʻrniga qurilgan. 1546—74 yillarda meʼmor P. Lesko renessans usulida saroy
qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J.
Lemersye, 1624 yildan; L. Levo, 1661—64; K. Perro, 1667—74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi
L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.
[1]
Ilk marotaba muzey eshiklari omma uchun
Fransuz Revolutsiyasi
davrida
1793
-yili
8
noyabrda
ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda (
Mona Lisa
),
Milosslik Venera
,
Samofrakiyalik Nika
kabi mashhur asarlar,
Rembrandt
,
Tizian
va
Leonardo
da Vinci
kartinalari bor.
1989
-yili qasr oʻrtasiga I. M. Pei yaratgan
shisha piramida
qoʻshiladi.
Luvr uch asosiy galereyadan iborat — Syulli, Rishelyo va Denon.
Antik sanʼat
Tarix
Qurilishi
Kolleksiya
Muzeyning rasmiy sayti (http://www.louvre.fr/)
(frans.)
La Cour du Louvre (http://www.tolomeus.net/parigi/louvre.mov)
Arxivlandi (https://web.a
rchive.org/web/20111117193212/http://www.tolomeus.net/parigi/louvre.mov)
2011-11-
17
Wayback Machine
saytida.
Arxivlandi (https://web.archive.org/web/20111117193212/h
ttp://www.tolomeus.net/parigi/louvre.mov)
2011-11-17
Wayback Machine
saytida.
Virtual Panorama (QTVR small) par Tolomeus
Suratlar va Videolar (http://tk.kelly.free.fr/louvre/menu.html)
(frans.)
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Sanʼatga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Louvre&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Louvre&oldid=2172737
" dan
olindi
Havolalar
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 oylar avval InternetArchiveBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).