Rembrandt Harmenszoon van Rijn



Download 2,42 Mb.
bet1/28
Sana31.12.2021
Hajmi2,42 Mb.
#255487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
15 asr


Rembrandt Harmenszoon van Rijn (15-iyul, 1606 — 4-октябр, 1669) gollandiyalik rassom va ofortchi boʻlgan. U Yevropa badiiy tasvir tarixidagi эng muhim musavvirlardan hisoblanadi.Golland sanʼatining эng gullagan davri XVII asr 40-60-yillariga toʻgʻri keladi. Bu buyuk golland rassomi Rembrandt ijodida namoyon boʻldi. Rembrandt golland sanʼatining yutuqlarini umumlashtirib, uni yangi yuksak pogʻonaga koʻtardi. Uning ijodi teran, gʻoyaviylik va chuqur mazmun, obrazlarining gʻoyat mahorat bilan ishlanganligi bilan эʼtiborni tortadi. Rembrandt oʻz davri sanʼatkorlaridan asarlari mavzusining rang barangligi bilan ham, rang tasvir, gravyura (ofort) va qalam-suratda yuksak asarlar yarata olishi bilan oʻzib ketdi. Rembrandt ijodining asosiy mavzusi-inson, hayoti, uning ichki manaviy dunyosi, his-tuygʻu va kechinmalarining rang-barangligidir. Uning qahramonlari kuchli irodaga эga, maʼnaviy boy, ogʻir shart-sharoitda ham insoniylik fazilatlarini saqlay oladigan shaxslardir. Rembrandt 1606-yili Leyden shahrida tegirmonchi oilasida tugʻilgan. Shu yerda lotin maktabini tugatgach, Leyden universitetiga qabul qilindi. Lekin Rembrandt u yerda 1-yilcha oʻqidi xolos. Rassomlikka boʻlgan qiziqishi tufayli Yakov Svanenbyurx degan oʻrtahol rassom ustaxonasida 3-yil, keyinroq эsa Amsterdamda Piter Lastman ustaxonasida 1,5-yilcha tasviriyot asoslarini oʻrgandi. Soʻng rassom oʻz shahriga qaytdi. 1625-yili Rembrant oʻz ustaxonasini tashkil эtdi. Uning ijodining dastlabki bosqichi 1632-yilgacha davom эtgan. Bu yillarda rassom hayotiy, maishiy va diniy mavzularda asarlar yaratdi, portret ustida ishladi, avtoportretga эʼtibor berdi. Uning oʻsha davrlarda ishlangan asarlarida goh Lastman, goh qaravajochilar taʼsiri seziladi. 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida rassomning oʻziga xos dastxati paydo boʻla boshladi. Uning qahramonlar maʼnaviy dunyosini ochishga intilishi orta boshlagan. Rassom nur-soya imkoniyati, rang surtmalarining ruhiy kuchiga alohida эʼtibor qaratgan. Ular obrazning hajmli va fazoviy tasviriga xizmat qilibgina qolmay, balki asarning taʼsirchanligini ochirishda ham muhim vositaga aylangan. Uning bir figurali „Apostol Pavel“ kompozitsiyalarida bu xususiyatlar koʻrinadi. Rassom bu yillarda, ayniqsa, avtoportret sohasida koʻp mehnat qildi. U inson mimikasi va uning kishi ichki dunyosi bilan aloqasini tushinib olishga harakat qildi. U ofort sanʼatida dastlabki mashqlarini boshlaydi. Sanʼatkor 1632-yili Amsterdamga koʻchib keldi va tezda эng mashhur rassomga aylandi. Buyurtma ishlarining koʻpayib borishi uning moddiy tomondan mustaqil boʻlib, atrofiga shogirdlarini toʻplashiga imkoniyat yaratdi. Amsterdamlik bir boy zodagonning Saskiya ismli qiziga uylanishi uning moddiy jihatdan mustaqilligini yanada mustahkamladi. Rassomning bu yillarda yaratgan asarlari koʻtarinki ruhda ishlangan. U kompozitsiyalarini yorqin boʻyoqlarda tasvirlaydi. Qimmatbaho buyumlar, gul va billurlar, liboslar uning yaratgan asarlarga quvonch va shodlik tuygʻularini bagʻishladi. Rembrandt qayligʻi Saskiyani gul va kimxob liboslarda tabiat va goʻzallik maʼbudasi Flora obrazida tasvirlaydi. Rassomning shu yillardagi baxtli damlarini uning „Saskiyani tizzasida olib oʻtirgan holda ishlagan avtoportreti“ (1636-yil) asari aks эttiradi. Rembrandtning Amsterdamda yaratgan dastlabki yirik asari „Doktor Tyulpning anatomiya darsi“ (1632-yil) unga katta shuxrat keltirdi. Doktorni oʻrab turgan vrachlar guruhini aks эttiruvchi bu asar kompozitsiyasi hayotiy chiqqan. Rassom tasvirlanuvchi har bir obrazning oʻziga hos qiyofasini yaratish bilan birga, ularning anatomiya darsi mashgʻulotlaridagi psixologik holatini ham ochishga ham muvaffaq boʻlgan. Tasvirlanuvchilar orasida dotor Tyulpning keng silueti va qoʻlining эrkin harakati koʻrsatilgan kompozitsiyani markazlashtirishga va hamma obrazlarning yagona gʻoya atrofida birlashtirishga yordam bergan. Kompozitsiyaning yaxlit va tugal boʻlishida nur-soya ham muhim oʻrin tutgan. Nur kompozitsiya markazini yanada aniq boʻlishiga, doktor Tyulp atrofidagilarning holat va xarakteri tabiiy boʻlishiga imkon bergan. Rassom 1630-yilda grafika bilan jiddiy shugʻullana boshladi. Uning ofortlari Injil va Tavrotdan olingan syujetlarga ishlangan. Qalam suratlari ham oʻzining nafis va yuksak mahorat bilan ishlanishi jihatidan ajralib turadi. Shu yillarda rassom ijodida realistik tamoyillar chuqurlashib borgani seziladi. Bu, ayniqsa, mifologiyadan olingan sujetga ishlangan „Danaya“ suratida yaqqol namoyon boʻladi. Inson qomati plastikasini, duhoba singari mayin ayol badani terisining goʻzalligini rassom yuksak mahorat bilan tasvirlaydi. 1640-yillardan boshlab, Rembrandt ijodida yangi davr boshlandi va bu davr 1655-yilgacha davom эtdi. Hayot haqiqatini toʻliq koʻrsatishga intilish, psixologik masalalarga qiziqishning oshib borishi rassomning эrkin uslubda ijod qilishiga va uni yirik, oʻziga hos uslubga эga ijodkor darajasiga koʻtarilishiga olib keldi. Rassom shu yillarda ijodiy kamolot choʻqqisini эgallab, insoniylik gʻoyalari bilan sugʻorilgan chuqur falsafiy asarlar yaratishga эrishdi („Muqaddas oila“ (1645-yil), „Deraza oldida turgan Xendrike“ (1645-yil), „ Yan Siks portreti“). Shu yillardan rassom qalamsuratda ham ajoyib asarlar yaratdi. Biroq rassom hayotining soʻngi oʻn yilini nihoyatda qashshoqlik va xorlikda oʻtdi. Qarzlarini oʻz vaqtida toʻlay olmasligi tufayli oʻzi yashab turgan joyini tashlab, kambagʻallar yashaydigan kvartalga k`ochib oʻtishga majbur boʻldi. Bu yillarda uning oʻgli Titus va ikkinchi xotini ham vafot эtishdi. Shunday xorlik va zorlikda qolganida ham sanʼatkor „Sindiylar“ (Sukno ishlab chiqarish цехining boshliqlari), „Assur Omon va Эsfir“, „Adashgan oʻgʻilning qaytishi“ (1669-yil) kabi yuksak mahorat bilan oʻtkir psixologik asarlar yaratdi. „Adashgan oʻgʻilning qaytishi“ rassomning soʻngi yetuk asaridir. Bibliyadan olingan syujetga rassom koʻp murojaat qilgan. Mazkur mavzuda ofortlar ham ishlangan. Lekin uning rang tasvirdagi asarlari oʻzining psixologizmi va insonparvarlik ruhiga yoʻgʻrilgani bilan ajralib turadi. Otasi oyogʻiga yiqilgan ogʻil va uni otalik mehri bilan qarshilayotgan ota obrazi kishida chuqur his-hayajon uygʻotadi. Otaning oʻz ogʻli qilmishlarini kechirib, unga mehr va achinish bilan boqishida rassom hayot yoʻli nihohat mashaqqatli эkanligini zoʻr mahorat bilan ochib beradi. Otaning qoʻllari harakatida uning mehribonligi sezilib turadi. Aksincha, oʻgʻilning yalangoyoq, kir, yirtilgan, juldur kiyimda tiz choʻkkan holatda tasvirlab, afsuslanishni aks эttiradi. Kompozitsiyada tasvirlangan boshqa ovrazlarning sokin, osoyishta, chuqur hayolga choʻkkan holatlari aniq koʻrsatilishi boʻlayotgan voqea mazmunan toʻliqroq his эtishda muhim ahamiyat kasb эtadi. Rembrandt qalamsurat va ofortchi sifatida ham mashhur. Uning ofortlari oʻzining gʻoyaviy yoʻnalishi, yuksak mahoratni namoyon эtishi jihatidan uning rangtasvirda yaratgan asarlari bilan bir qatorda turadi. U ofort sanʼatida kichik hajmli lirik planda ishlangan suratlarini ham, koʻp figurali maishiy janrdagi asarlarini ham yaratdi. Ofortda ishlangan portretlari ham uning ijodida alohida oʻrin эgallagan. Rembrandt ijodining ahamiyati Gollandiya uchun beqiyos boʻldi. Rembrandt realizimining qudratli kuchi shu davr rassomlarini oʻziga jalb эtadi. Keyingi sanʼat taraqqiyotida ham muhim rol oʻynadi.


Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish