G’arbiy va markaziy afrika xalqlari



Download 17,83 Kb.
Sana11.01.2017
Hajmi17,83 Kb.
#134

Aim.uz

G’arbiy va markaziy afrika xalqlari
R e j a:

1.Irkiy kiyofasi va tillari.

2.Xujaligi va moddiy madaniyati.

3.Ma'naviy madaniyati.


Tayanch suzlar:
Garbiy Sudan va Bantu xalklari. “Afrika yili”. Dexkonchilik va chorvachilik. Moddiy madaniyati. Ijtimoiy tarakkiyoti xususiyatlari. Mulkiy va sinfiy tabakalanish. Ibtidoiy jamoaviy oilalari va sinfiy munosabatlarning tashkil topishi. Luanti va Benin (sobik Dagomeya) davlatlari. Kishlok jamoasi. Tukimachilik va kunchilik.

Oila-nikox munosabatlari. Ma'naviy madaniyati. Din xalk san'ati. “Podsho onasi”. Poro ittifoki. Ajdodlar ibodati.


ADABIYOTLAR:
1. Shpajnikov G.A. Rеligii stran Afriki. M.,1981.

2. Andrianov B.V. Nasеlеniе Afriki. M., 1987.

3. Bеrnеr O. Sеvеrnaya i Zapadnaya Afrika. M., 1962.

4. Jabborov N.M. Jahon xalqlari etnografiya. T.,1985.

5. Morеt F. Ekvatorialnaya i vostochnaya Afrika. M.,1951.

6. Devidson B. Afrikantsi. Vvеdеniе v istoriyu kulturi. M.,1975.

7.O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar.

8.Jabborov I., Jabborov S. Jahon dinlari tarixi. Toshkеnt, 2001


Garbiy va Markaziy Afrikaga tabiati, etnik tuzilishi, tarixi va ijtimoiy-iktisodiy tarakkiyotining umumiy xarakteriga karab 24 mamlakat kiradi. Etnik jixatdan bu yerda yashovchi xalklarning kupchiligi adabiyotda garbiy sudan va bantu xalklari degan nom bilan atalgan. Bularning kupchiligi yakin davrlargacha Yevropa davlatlarining mustamlakasi bulib kelgan. Ayniksa ikkinchi jaxon urushidan keyin butun Afrikani larzaga keltirgan milliy ozodlik xarakati juda kup xalklarning mustakil rivojlanishiga yul ochib berdi. Tarixda “Afrika yili” nomi bilan ma'lum.

Garbiy va Markaziy Afrika axolisi turli antropologik va lingvistik guruxlardan iborat bulib, uzlarining xujalik faoliyati, madaniyati va dinlari bilan bir oz ajralib turadilar. Garbiy Afrikaning Shimolida, Mali va Niger territoriyasida yashovchi tuareglar katta yevropoid irkining Urta dengiz tipiga oid. Yevropoid belgilari Markaziy Afrikaning Shimoliy rayonlarida tabu, kanuri kabi elatlarda xam bir oz seziladi. Kolgan barcha xalklar katta negroid irkiga oid. Ammo ular ayrim tiplarga bulingan. Masalan, badanining rangi, labining kalinligi prognatizmi buyi va boshka belgilari bilan senegal tipi, saxara tipi, pakana buyli negril tipi bir-biridan ajralib turadilar.

Garbiy Afrikani etnolingvistik kiyofasi juda rang-barang. Bu yerda xozir bir necha til oilalari va juda kup turkumlarga oid etnoslar yashaydi.Afroosiyo til oilasiga kiradigan barbar va tuareglar va chad turkumiga oid xauslar bilan birga niger-kordofa, nil-saxara, benue-kongolez til oilalariga oid juda kup xalk va elatlar keng territoriyaga joylashgan. Markaziy Afrikaning etnolingvistik kartasi anyaa yaxlit, umumiylikka ega, asosan bantu tillarida gapiradigan xalklardan iborat. Bantu xalklari eramizdan avvalgi 1 ming yillikning urtalarida Markaziy Afrikada paydo bulib, bu yerda kadimdan yashab kelgan pigmey va bushmenlarni yerlarini tortib olib yashay boshladilar. Xozir Markaiy Afrikada 32 mln. bantu xalklari yashaydi. Shulardan eng yirigi baluba, bakonga, ovim bundu, bambundu. Garbiy Afrikada xausa va unga yakin tilda gapiradigan xalklar 10 mln. kishi, benue-kongolez tilida xam 1 mln., volt tilida – 8 mln, garbiy atlantik tilida 10 mln. kishidan iborat.

Markaziy Afrika xalklarining an'anaviy mashguloti dexkonchilik va chorvachilik bulib, 80 foiz axolining xozirgacha asosiy tirikchilik manbai xisoblanadi. Kishlok xujaligida jamoachilik munosabatlari saklanib kelmokda.

Maxalliy dexkonchilik tropik iklimga moslashgan, urmonlarni chopib, ochilgan yerga kul aralash motiga bilan ishlov berib ekin ekiladi. Buz yerga ekin 5-6 yil, ba'zan yer kup bulsa 10-12 yildan keyin kayta ekiladi. Asosiy ekinlardan sholi, makka, suli, botota, shakarkamish, loviya ekiladi, tropik urmonlarda yams, manioka, taro, yeryongok, non daraxti, banan, kovun, sitrus va mevali daraxtlar ustiriladi. Muxim an'anaviy “etnik” maxalliy ekinlardan sholi gvineya-liberiya zonasida yashovchi xalklarga xos bulib, odatda sugorilmay ekiladi. Sholikorlik Niger va Gambiya daryolarining soxillarida 3,5 ming yillar mukaddam paydo bulib, boshka joylarga tarkalgan. Uni daryo yokasidagi pastlik suv toshkini kuprok buladigan yerlarga yoki kupincha ekvatorial iklimli, nam, seryogin tropik urmonlarga ekadilar. Garbiy Afrikada sholidan yiliga 400 ming tonnnaga yakin xosil olinadi.

Chorvachilik fakat shimoliy va janubiy rayonlarda yaulbe, tuareg xalklarida keng tarkalgan. Kuchimanchi va yarim kuchmanchi turmush tarzida yashovchi bu xalklar asosan zebu, kichkina xukiz-idama, ot, tuya, kuy va echki bokib kun kechiradilar. Janubiy kenglikning 10-gradus pastida gvinech savannasida koramol bokish mumkin emas, chunki sese pashshasi molga kirgin keltiradi. Shuning uchun yulbe xalklarining kuchish territoriyasi xam mazkur kenglikning shimolida cheklangan. Koramollar asosan Sudan – Soxil mamlakatlari – Mali, Yukori Volta va Nigeriyada mavjud. Dexkonchilik xujaliklarida xam kisman mol saklanadi.

Garbiy va Markaziy Afrika axolisi turmush tarzi va tabiiy sharoitga moslashgan uylarda yashaydilar. Barcha mamlakatlar asosan agrar xujalikka moslashganligi tufayli axolining kupchilik kismi kishloklarga joylashgan. Ammo Garbiy Afrika kadimiy shaxar madaniyatiga ega bulib, bu yerda urta asrlardayok 70 ga yakin shaxar mavjud bulgan. Regionda keyingi davrlarda shaxarlar kupayib, migrasion jarayon ancha kuchaygan. Markaziy Afrikada aksincha shaxarlar asosan sunggi vaktlarda paydo bula boshlagan, axoli migrasiyasi juda past. Umuman regionning 70-80 prosent axolisi kishlokda joylashgan, ayrim mamlakatlarda xam kup (Chadda 93 prosent, Angola va Zoirda 80-90 present, Niger, Liberiya, Mali, Gvineya-Bisau va Yukori Voltada 90-95 prosent axolisi kishlokda yashaydi).

Turli shakldagi uylar asosan loy va yogochdan kuriladi. Mande, xausava garbiy bantu xalklari loydan doirasimon, oynasiz konus shaklida kurilgan, tomi somon bilan yopilgan uylarda yashaydilar. Mali va Gvineyada yashovchi mandingo xalki 30-40 kishilik ikki-uch avloddan iborat katta oilalar birikib yogoch devorlar bilan uralgan bir necha uylarda istikomat kiladilar. Bunday uy kompleksiga sukala deyiladi. Xozir xam kuchmanchi fulbe kabilalari doira kilib joylashgan urtasi mol saklaydigan kuraga aylangan uylarda katta konu karindosh oila a'zolari bulib yashaydilar. Bunday kurilgan uylarga vuro deb nom berilgan. Kishlok urtasida odatda jamoa majlislari uchun katta uy tiklangan. Kupincha tropik urmonlarda uchraydigan bunday jamoa uylarida erkaklar savat, buyra va boshka buyumlar tukiganlar, uymakorlik va xaykaltaroshlik kilganlar. Jamoa sudi va boshka muxim masalalarni xal kilganlar. Kishloklarda 2000-300 kishi yashagan. Niger voxasida mingga yakin kishilik kishloklar xam mavjud.

Gvineya soxilida yashovchi xalklar yogochdan kurilib loydan urilgan tutburchak shaklida tekis somon tomli uylarda yashaydilar. Masalan, yorubalarning uylari dirasimon kurilib eshiklari xovliga karab ochiladi. Uylarning devorlari bezatilgan, ustunlarga uyma nakshlar berilgan.Gana xalkida uylari ichkari va tashkariga bulingan, xovlilar devor bilan uralgan.Kuchmanchi fulbe va tuareglar kuchishga kulay teri yoki chipta yopilgan chodirlar tiklaganlar. Malidagi songai xalklari uziga xos somon chiptalar bilan egilgan chiviklarga berkitilgan uylarda yashaydilar. Bunday uylarni toshkin davrlarida kuchirishga kulay bulgan.

Maxalliy axolining kiyimlari xam tabiiy sharoitga moslashgan. Sudan – soxilliklarining erkaklari keng kuylak va sharovar (cholvir), ayollari yubkaga uxshash beldan yukori pasti tupikkacha bir necha marta uralgan rangli chitdan iborat kiyim kiyadilar. Tog etaklarida yashovchi fulbe kabilalari sovukda kuylak- ishton kiyganlar, ustidan jun matodan tikilgan kamzul yopinganlar. Tuareglarning erkaklari boshdan oyok kora matoga uranadilar.

Dexkonchilik bilan shugullanuvchi axolining taomlari asosan guruch, sulu, manioka va sabzavotdan iborat. Ular taomni guruch, kuzikorin, sabzavot, gusht yoki balik bilan tayyorlaydilar. Sulidan atala, maniokadan non pishiradilar.

Ijtimoiy tuzumi xam xilma-xil. XU1 asrda paydo bulgan, keyinchalik ingliz mustamlakachilari tomonidan yemirilgan Ashanti davlati bir necha viloyatlarga bulinib, ularni podsho tomonidan tayinlangan urug jamoa boshliklari boshkarib turgan. Jamoa konu-karindoshlik tamoyili asosida tuzilgan, taxt va oksokkollar vazifasi ona urugi tomonidan boshkarilgan. Boshlik vafot etsa uning urniga opasining katta ugli tayinlangan.

Yoruba mamlakatida davlat ishlarida ayollar ishtirok etgan. Bosh xokim koshida saroyda oliy maslaxatchi bulib ayol kishi tayinlangan. U “podshoning onasi” deb e'lon kilingan, chinakam asl onasi esa ugli taxtga chikishi bilan katl etilgan. XVII asrda Dagomeyada xatto ayollar gvardiyasi mavjud bulgan.

Erkaklardan tashkil topgan maxfiy ittifoklar matriarxat urugiga karama-karshi sifatida paydo bulib, sinfiy jamiyatga kelib murakkab funksiyani bajaradi. Ular jamiyatga zur ta'sir etib, asosan zodagonlardan tashkil topgan va uning boshida maxalliy kirol turgan. Sinfiy jamiyat sharoitida erkaklar ittifoki sodda davlat vazifasini bajargan. Ular zurlik yuli bilan axolini vaximaga solib turganlar, solik tuplash, boylik orttirish, siyosiy dushmanlarni yukotishda katta rol uynagan. Vaximali nikob va kiyimlarda daxshatli arvoxlar shaklida kutilmaganda paydo bulib uz kora niyatlarini amalga oshirganlar.Unga kirish uchun murakkab, maxsus maktablarni tugatish zarur bulgan. Masalan, Liberiyadagi Poro ittifokiga 12-14 yoshli bolalar kabul kilingan, maxsus ta'lim-tarbiya berilib, ogir sinovdan keyin a'zolikka utkazilgan. Bola bir necha oy ukitilgan, unga jasorat kursatish, sabr-tokat kilishni, xar xil xunarni va rivoyatlarni urgatganlar. Kurol ishlatish, ov kilish, balik tutishni egallaganlaridan keyin urmonning eng kalin va uzok joyida maxsus marosimlar utkazib fotixa berganlar.



Odatda Afrikani ajdodlar ibodatining klassik namunasi deb xisoblaydilar. Chunki, butun Afrikada ajdodlarga siginish nixoyatda keng tarkalgan. Ammo bu yerda islom va xristian dinlari muxim urin egallaydi.Ulardan tashkari xristian-afrika aralashma diniy e'tikodlari xam keng tarkalgan. Shuningdek, ogzaki ijod, musika san'ati xam nixoyatda rivojlangan. Ajoyi arxitektura namunalari, guzal kushk va saroylar afsonaviy obrazlar tasviri berilgan xaykal va ustunlar jaxon madaniyatigazur xissa kushib kelmokda. Xozir xam xalk ijodi zamirida paydo bulgan badiiy ijod namoyondalari uzlarining ajoyib san'atini namoyish kilib kelmokdalar.
Download 17,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish