Alkogolizm uning o'smirlarda ko'rinish bosqichlari Reja



Download 26,84 Kb.
bet1/3
Sana10.06.2022
Hajmi26,84 Kb.
#652657
  1   2   3
Bog'liq
Alkogolizm uning o\'smirlarda ko\'rinish bosqichlari


Alkogolizm uning o'smirlarda ko'rinish bosqichlari
Reja:

  1. Alkogolizm

  2. O’smirlarda ko’rinishlari

  3. Alkogolizm bosqichlari

  4. Alkogolizm zararlari


Alkogolizm — tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida roʻy beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilik-bozlik. Keng maʼnoda — spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq ichishning kishilar sogʻligʻi va mehnat qobiliyatiga, maʼnaviy va maishiy hayotiga, shuningdek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. Alkogolizm individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga taʼsir koʻrsatadi. Ichkilik taʼsirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yoʻqotib qoʻyadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin. Alkogolizm ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok boʻlishiga olib keladi. Mastlikda odamning muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalgʻib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab boʻladi. Alkogolizm rivojlanishida boshlangʻich, oʻrta va soʻnggi bosqich alomatlari kuzatiladi.
Boshlangʻich bosqich — asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning paydo boʻlishi va unga boʻlgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yoʻqolishi, yashirin yoki yolgʻiz ichib mast boʻlish, ichayotgan alkogol miqdorini nazorat qila olmay qolishi, perforatsion amneziya, faqat ichaverish toʻgʻrisidagi istakning miyaga oʻrnashib qolishi, alkogoldan oʻzni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi.
Oʻrta bosqichda — alkogolga boʻlgan chidamlilik juda oshadi, „alkogol ochligi“ — humor (abstinent) holatining yuzaga kelishi, alkogolga bogʻlanib qolish, soxta mayzadalik (psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi.
Soʻnggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik (intolerantlik), muttasil ichishning davriy tus olishi, chin mayzadalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki aʼzolar faoliyatining izdan chiqishi, dispeptik holat, oʻtkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi bilan ifodalanadi.
Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistemalar va aʼzolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam oʻzi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qoʻyadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati buzilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo boʻladi), ichki aʼzolar funksiyasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli taʼsiri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qoʻl barmoqlari, koʻz qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Koʻp ichadigan odamda koʻz xiralashib, baʼzan quloq ham ogʻir tortib qoladi. Ichkilikning meʼdaga taʼsiri natijasida shu aʼzoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli taʼsir koʻrsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. Alkogolizm pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab boʻladi. Ichkilik ichki sekretsiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik paydo boʻladi.[1] Ayollar ichkilik taʼsirida tez soʻlib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar koʻproq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron boʻlib qolishiga olib keladi. Alkogolizmning oldini olish. alkogolizm belgilari paydo boʻlganda, ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida muntazam davolanishni tashkil qilish kerak.

Download 26,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish