Topshiriq: Adhamning onasi o’g’lini ko’p hollarda kitob o’qish jarayonini kuzatib, uning ko’zi va kitob orasidagi masofa juda yaqin ekanligini va uzoqdagi narsa va buyumlarni yomon ko’rayotganligini payqadi
Topshiriq: Adhamning onasi o’g’lini ko’p hollarda kitob o’qish jarayonini kuzatib, uning ko’zi va kitob orasidagi masofa juda yaqin ekanligini va uzoqdagi narsa va buyumlarni yomon ko’rayotganligini payqadi. Uni okulist shifokor qabuliga olib bordi. Shifokor tekshirishlardan so’ng unga -4 ko’zoynak taqib yursa ko’rish jarayoni me’yorlashishini aytdi. [4; 155-157-b]
1-Savol: Adhamning ko’rish jarayonida tasvir hosil bo’lish jarayonini tushuntirib bering.
Javob:
Ko’zida nuqsoni bo’lmagan odamning ko’rish jarayonida narsa yoki buyumlarning tasviri ko’zning to’r pardasida hosil bo’ladi. Adhamning uzoqdagi narsalarni yaxshi ko’rolmasligi va yaqindan qarab kitob o’qish jarayonidan ma’lum bo’ladiki, unda yaqindan ko’rarlik defekti mavjud. Ya’ni ko’zda linza vazifasini bajaruvchi ko’z gavharining fokus masofasi me’yordan kam, optik kuchi esa katta bo’ladi. Shu sababli ham bunday ko’zda tasvir to’r pardada emas, gavhar tomonga siljigan holatda bo’ladi.
2-savol: Shifokor -4 ko’zoynak taqishni buyurganida -4 soni qanday fizik kattalikning qiymatini bildiradi. Shifokorning bergan tavsiyasi to’g’rimi?
Javob: Ko’zoynaklarning asosiy qismini linzalar tashkil etadi. Linzaning asosiy xarakteristikalari uning fokus masofasi (F), optik kuchi (D), chiziqli kattalashtirishi (K) hisoblanadi. Fokus masofasiga teskari kattalik linzaning optik kuchi deyiladi. D=1/F . Optik kuchining asosiy birligi 1dioptriya (1 dptr). Linzalar asosan optik kuchlari bilan farqlanadi. Shifokor -4 ko’zoynak deganda optik kuchi Dk= -4 dptr bo’lgan botiq ko’zoynakni nazarda tutadi. Botiq linzali ko’zoynakning optik kuchi manfiy bo’ladi. Ko’zimizning eng yaxshi ko’rish masofasi d0=25 sm atrofida bo’ladi. Bundan sog’lom ko’zning optik kuchini hisoblab topishimiz mumkin.
Ds=1/d0, son qiymatlarini qo’yib hisoblasak Ds=1/0.25 m = 4 dptr.
Ds= Da+ Dk.
Bunda Ds – sog’lom ko’zning optik kuchi, Da- Adham ko’zining optik kuchi, Dk- Ko’zoynakning optik kuchi.
Endi Adhamning ko’zi optik kuchini aniqlaymiz: Da= Ds - Dk= 4 dptr-(-4 dptr)= 8 dptr. Bundan Adhamning yaxshi ko’rish masofasini ham topish mumkin.
Da=1/a; a=1/ Da= 1/8dptr= 0.125 m= 12.5 sm.
Demak haqiqatdan ham Adhamning ko’rish masofasi sog’lom ko’zning ko’rish masofasidan kam ( d0> a ). Shifokor to’gri maslahat bergan.
3-savol: Agar Adhamning eng yaxshi ko’rish masofasi 15 sm (a=15 sm) bo’lsa u qanday ko’zoynak taqishi kerak bo’ladi.
Dk.= Ds -1/a; Dk=4-1/0.15= 4-20/3= -8/3 dptr= -2.67 dptr.
Javob: Dk= -2.67 dptr.