«elektrotexnika» fakulteti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» kafedrasi


Laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha xavfsizlik qoidalari



Download 1,01 Mb.
bet2/11
Sana10.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#488755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
КЭЮ лаб

Laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha xavfsizlik qoidalari
«Komplekt elektr yuritmalar va ularni sozlash» laboratoriyalaridagi dastgohlari harakatdagi elektr qurilmalari boʻlib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida boʻladi. Shuning uchun mahlum bir sharoitlarda, oʻrnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki urishi mumkin boʻlgan yoki turli koʻrinishdagi jarohatlanishi mumkin boʻlgan manbaga aylanadi. Talabalarni yaqinlashtirishi, kirishi mumkin boʻlgan asboblar mashinalar va ishga tushirish apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jiHozlarini montaj qilganda vaziyat yana Ham jiddiylashib laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.
Inson badani elektr oʻtkazuvchanlikka ega boʻlganligi sababli kuchlanish ostida boʻlgan ikkita, elektrdan izolyatsiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig`i boʻlishi mumkin) inson badanidan elektr toki oʻtadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli qoʻyishga (elektr jaroHat), yoki inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yoʻllarini lat yeyishiga olib keladi (elektr zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon boʻlib, bahzan oʻlim bilan yakunlanishi Ham mumkin.
Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr toki bilangina shikastlanib qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (toʻxtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari tomonidan mexanik zarbalarga Ham uchrashlari mumkin. Shu narsani esda tutish kerakki, kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini koʻp elementlari tegib ketishi mumkin boʻlgan masofada joylashgan: aylanuvchi qismlar esa Himoya qurilmalariga ega boʻlishiga qaramay kiyim - kechakni «ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. Shuning uchun talabalar laboratoriyada oʻta ehtiyotkor boʻlib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
1) laboratoriyalarda boʻlish paytlarida talabalar oʻta ehtiyotkor, intizomli va hushyor boʻlishlari kerak; oʻqituvchi va laborantlarning barcha koʻrsatmalarini og`ishmay bajarishlari kerak; faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgoHi oldida boʻlishlari kerak;
2) boshqa qurilmalar va jihozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va ularni, oʻchirib-yoqish ishlarini oʻzboshimchalik bilan qilish qathiy taqiqlanadi; kuchlanish ostida boʻlgan sxemani uning izolyatsiya qilinmagan tok oʻtkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan boʻlsa ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki uning kuchlanish ostida boʻlgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;
3) Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qoʻl izolyatsiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch Hosil qilish kerak;
4) Talabalarning kiyimida boʻyin va bosh roʻmollarining, galstuklarning; boshqa narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib turmasligini tahminlash joiz;
5) agar sxemada kondensator boʻlsa, uni oʻchirilgandan soʻng chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qoʻyish zarur;
6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya qurilmasi yonida boʻlgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
7) qurilmaga taaluqli boʻlgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi toʻg`risida xar bir talaba tezda oʻqituvchiga xabar berish kerak;
8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan boʻlsa, laboratoriya qurilmasini tezda oʻchirib, jabrlanuvchiga birinchi yordamni koʻrsatish va talabani xabardor qilish kerak.
Texnika xavfsizligi boʻyicha oʻtkazilgan mashg`ulot maxsus jurnalda xar bir talabaning imzosi bilan qayd etilishi lozim.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish