«elektrotexnika» fakulteti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» kafedrasi



Download 1,01 Mb.
bet3/11
Sana10.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#488755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
КЭЮ лаб

LABORATORIYA ISHI №1


Komplekt (konveer) elektr yuritma tarkibini tadqiqotlash.


I. ISHNING MAQSADI.
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlarini elektr jihozlari va elektr yuritmalarini boshqaruv sxemalari bilan tanishish.


II. ASOSIY MA’LUMOTLAR.
Uzluksiz yuk tashish mexanizmlar texnologik jarayonda qatnashayotgan ko’maklovchi mexanizmlarni bir guruhi hisoblanadi.
Ular mashinasozlik korxonalarda konveyer yoki transporter sifatida keng qo’llanadi. Sochiluvchan yukni (qum, tuproq va h.k) ma’lum masofaga uzatib berish uzluksiz yuk tashish sistemalar, ya’ni ketma –ket ulangan bir necha transporterlar yoki elevatorlar orqali bajarishi mumkin. Bu sistemalar asosiy ishlab chiqaruvchi mexanizmlar bilan o’zaro bog’lashgan bo’lib, texnologik jarayonida o’ziga xos vazifasini bajaradilar.
Misol qilib bir necha transporterlardan iborat bo’lgan sistemani ko’rib chiqamiz. Toshilayotgan yuk –sochiluvchan material turi.
Uzatilayotgan yuk konveyen ustida to’planib qolmasligi uchun yuk tashish sistemani yurgizilishi ohirgi transporterdan boshlanib ketma-ket ulash bilan amalga oshiriladi. Yuk tashish sistemaning elektr yuritmalarini aytib ketilgan ketma ketlikda yurgizish uchun yuoshqaruv sxemasida blokirovkalar mavjuddir. Blakirovka ikki turlarga, ya’ni bog’langan va bog’liq bo’lmaganlarga ajratiladi. Bog’langan blakirovka yuritma dvigatelini faqat o’zidan oldingi dvigatelь ulaganidan keyin ishlashini ta’minlaydi. Boshqaruv sxemada bog’liq bo’lmagan blokirovka qo’llanganda esa yuritmaning navbatdagi dvigateli, oldingi dvigatelь manbaadan uzilganda, ishlaydi. (Ya’ni bunda yuritmaning ikki dvigateli bir vaqtning o’zida ishlashi mumkin emas).
Bog’lanagan va bog’liq bo’lmagan blakirovkalarni sxemalari 1 a) rasmda berilgan.
1a-Rasmda bog’langan blakirovka qo’llangan. “Yurgizish-1” knopkasi bosilganda, birinchi 1 Myu magnit yuritgich zanjiri ulanib D1 dvigatelь ishga tushadi. SHu joynining o’zida ikkinchi 2MYu magnit yuritgichi zanjirdagi 1MYu kontakt yoniladi va bu bilan u 2MYu cho’lg’amni manbaaga ulashga tayyorlaydi. “Yurgizish-2” knopkasi bosilganda ikkinchi magnit yuritgichni 2MYu zanjiri ulanadi va D2 dvigatelь elektra jarayoniga tushuniladi.
1b- Rasmda ko’rsatilgan sxema bog’liq bo’lmagan blakirovani ifodalaydi. Bu sxema bo’yicha “Yurgizish-1” knopkasi bosilganda 1MYu kontaktori manbaaga ulanib D1 dvigatelni ishiga tushiradi va ikkinchi 2MYu magnit yuritgich zanjiridagi o’zini blok-kontaktini ochadi. Natijada D1 va D2 dvigatellar parallel ishlashi mumkin emas, ya’ni biri ishlaganda, ikkinchisi uzilgan holatda bo’ladi. Qo’llanmani 2a- Rasmida uch transporterdan iborat bo’lgan uzluksiz navbatdagi yuk tashish sistemasining
kinematik sxemasi ko’rsatilgan. Yuqorida aytib ketilganidek, yuk qabul qiluvchi transporterda to’planib qolmasligi uchun tashish sistemaning transporterlarini yurgizilishi yukni yetkazib berish yo’nalishga nisbatan

qarama qarshi ketma –ketlikda amalga oshiriladi. Sistemaning to’xtatilishi yuk qabul qiluvchi transporterdan boshlanib transporterlar yukdan bo’sha-gandan so’ng, ohirgi transporter to’xtatiladi.




III. LABORATORIYA STENDINING TUZILISHI VA ISHNI BAJARISH TARTIBI.
Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr jihozlarini va boshqaruv sxemasini mashg’ulot davomida o’rganish uchun 2b, v –Rasmda ko’rsatilgan sxema yig’ilishi kerak.
ISHNI BAJARISH TARTIBI QUYIDAGICHA:
1. Uzluksiz yuk tashish sistemaning elektr va texnologik sxemalarini o’rganib chiqib, elektr jihozlarni (dvigatellarni, o’lchov va himoya asboblarni) texnik ma’lumotlarni yozib oling.
2. 2-Rasmda berilgan sxemani yig’ib, yuritmani ishga tushiring.
3. 1a, b Rasmlarda ko’rsatilgan bog’liq va bog’liq bo’lmagan blokirovka sxemalarini o’rganib, amalda sinab ko’ring.
4. Bajarilgan tajriba bo’yicha hisobot yozing, bunda:
a) Blokirovkalarni ishlash tartibi;
b) uzluksiz yuk tashish sistemaning boshqaruv, kinematik va texnologik sxemalari;
v) tekshirish savollariga javoblar o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak.


IV. TEKSHIRISH SAVOLLARI.
1. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni yurgizishda yuritmalariga qanday talablar qo’yiladi?
2. Yuk tashish sistemalarning boshqaruv sxemasida qo’llanadigan bog’lik va bog’liq bo’lmagan blokirovkalarni vazifalari va farqiga va ulardagi farqlar qanday?
3. Uzluksiz yuk tashish sistemalarni transporterlari qaysi ketma-ketlikda yurgiziladi va to’xtatiladi?
4. Uzluksiz yuk tashish sistemalarning elektr boshqaruv sxemasida qanday himoyalar qo’llaniladi?

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish