«elektrotexnika» fakulteti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar» kafedrasi



Download 1,01 Mb.
bet6/11
Sana10.03.2022
Hajmi1,01 Mb.
#488755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
КЭЮ лаб

4 - LABORATORIYA ISHI


KO’PRIKSIMON YUK KO’TARUVCHI KRANLARNI AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMALARINI TADQIQOTLASH


ISH MAQSADI.
Koʻprikli kranning tuzilishi elektr jixozlari va boshqarish sxemasini oʻrganish.


ASOSIY NAZARIY TUSHUNCHALAR.
Koʻprikli kranlar poʻlat balkalardan parmalangan konstruktsiya boʻlib ikki chetida g`ildiraklar oʻrnatilgan va tsex boʻylab kran yoʻllarida xarakatlanadi.Kran yoʻllari bir yoki ikki balkali boʻlishi mumkin.
Bosh balkalarga oʻrnatilgan relslarga kranning aravachasi oʻrnatiladi . Aravacha oʻzining tuzilishi boʻyicha parmalangan rama koʻrinishida boʻlib, tsexning eni boʻyicha xarakatlanadi va yuk koʻtarish moslamasi, lebedka Hamda elektr yuritma yordamida og`ir yuklarni mahlum masofaga va balandlikka yetkazib beradi.
Yuk koʻtarish moslamasining turiga ilgakli, magnitli va geyderli kranlarga boʻlinadi. Koʻprikli kranning xarakatga keltirish yuritmasi boʻyicha qoʻl osti va elektr yuritmali boshqarish; kabinadan yoki maxsus boshkarish pulg’tidan buyruq berilishi mumkin.
Koʻprikli kranning elektr jixozlari:
Elektr uskunalar va rele Himoyasi panelidan tashkil topgan.
Elektr uskunalar toʻplamiga:
Mexanizmning yurituvchi elektr dvigateli, tormozlovchi elektr magnitlar, chetki va “yoʻl” viklyuchatellari, kontrollerlar, kontaktorlar, yuritib boshqaruvchi qarshiliklar. Himoya panelida rubilg’nik, kontaktor va ximoya relelari joylashgan. Odatda bu panelg’ mashinist kabinasida oʻrnatilgan.
Koʻprikli kran uch mexanizmdan iborat, bulardan: yukni koʻtarib va tushirib boruvchi – koʻtarish mexanizmi, yukni tsexning eni boʻyicha uzatib beruvchi – aravaga mexanizmi va yukni tsex boʻylab eltib beruvchi bosh mexanizmi.
Aytib oʻtilgan mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok dvigatellari qoʻllanadi. Kranlar og`ir sharoitda (namlik, changlik, yuqori xarorat va x.k.z) ishlagani sababli elektromexanik olimlar tomonidan xususiy kran – dvigatellari ishlab chiqilgan va bugungi kunda MT turdagi faza rotorli va MTK turdagi qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellari keng qoʻllanadi. Ushbu dvigatellar qisqa takrorlanuvchan rejimga moʻljallangan boʻlib, ulangan xolatdagi davomiyligi PV 25% teng.
Kran mexanizmlarini xarakatga keltiruvchi oʻzgarmas tok dvigatellarning turlari MP, DP va D boʻlib konstruktiv jiHatdan parallel (mustaqil), ketma-ket va aralash qoʻzg`atishlilarga ajraladi.
Kranlarni mexanizmlarni xarakatga keltiruvchi dvigatel sifatida oʻzgarmas tok dvigatellarini tanlash sababi ular og`ir sharoitda tez-tez ulash uzish rejimida, oʻta yuklanishlarda va tezlikni keng diapazonda rostlashda ishonchli ravishda xizmat qiladi.
Parallel (mustaqil) qoʻzg`atishli oʻzgarmas tok dvigateli (OʻTD) kichik yuklamalarda, ketma-ket qoʻzg`atishli OʻTD yumshoq xarakteristikaga ega va katta oʻta yuklanishlarda xizmat qilishi mumkin. Bunday yuritmani kamchiligi ekspluatatsiya sarflarini qimmatligida oʻzgaruvchan tok dvigatellari esa konstruktsiyalari sodda va ekspluatatsion sarflari kam.
Tormozlovchi uskunaning asosiy vazifasi - osilib turgan yukni ishonchli ravishda ushlub turish, Hamda aravacha mexanizmlarini kerakli manzilda toʻxtatish. Texnik ekspluatatsiyasi qoidalariga koʻra kranlarning ishlatish jarayonini xavfsizligini oshirish MP maqsadida tormozlovchi sifatida tormozlovchi elektr magnitlarni qoʻllash maqsadga muvofiq.
Zamonaviy tormozlovchi uskunalar ulangan xolatda boʻlib ishsiz xolatda prujina yoki yuk ostida tortilgan boʻladi va mexanizm xarakatga kelganda qoʻyib yuboradi. Keng tarqalgan tormozlovchi uskunalardan – ikki kolodkalidir. Bunda kolodkalar toʻxtatish tsikliga yopishadi va natijada dvigatelning vali mufta bilan qisilib qoladi.
CHetki viklyuchatellar kranning aravacha mexanizmi yoʻlning belgilangan chegarasiga yetganda Hamda koʻtarish mexanizmi kerakli satHi bilan tenglashganda yuritmalarning xarakatini toʻxtatadi. Bundan tashqari kran yoʻllarida birdan ortiq kran yoki bir necha ilgak oʻrnatilsa Ham chetki viklyuchatellar qoʻllanadi (bir biri bilan toʻqnashmasligi uchun).
Koʻprikli kranlarda koʻpincha KU turdagi chetki viklyuchatellar keng ishlatiladi. Eshiklarni ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida V-10 turdagi chetki viklyuchatellar ishlatiladi. Koʻtarish mexanizmda KU – 133 turdagi qoʻl osti chetki viklyuchatelg’ koʻzda tutiladi va kerak paytda mexanik tomondan mexanizm toʻxtatiladi.
Kontrollerlar – kommutatsion apparat sifatida yurgizish, toʻxtatish va reverslash, yurgizib – pastlovchi qarshiliklarni ulash va uzish va boshqa kommutatsiyalarni amalga oshiradi. Kontrollerlar - barabanli, mushtumsimon va magnit turda bajariladi.
Kontaktorlar - elektr magnit opparati boʻlib elektr zanjirlarini tez – tez ulab uzish uchun moʻljallangan, yurgizib – rostlovchi qarshiliklarning vazifasiga yurituvchi tokni cheklash Hamda dvigatelning yakorg’ yoki rotorini aylanma tezligini rostlash kiradi.
Kran elektr dvegatelining statik yuklamasi qarshilikning statik kuchi ortida Hosil boʻlib mexanizmga tahsir koʻrsatadi. Ushbu kuchlarning momenti statik moment deb ataladi.
Koʻprikli krantlarning mexanizmi uchun yurituvchi dvegatelni quvvatini aniqlashda qarshilik momentini xisoblash lozim.
Yukni koʻtaradigan boʻlgan statik quvvatni xamda statik momentni xisoblashda quyidagi tenglamalardan foydalanish mumkin:

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish