6-SINF ADABIYOTI TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
YAKUNIY TEST
1. Quyidagilarni o`zaro to`g`ri moslashtiring.
1) qarshilantirish;
2) mubolag`a;
3) sifatlash;
4)o`xshatish ;
a) Sulton Alixo`ja, Hakimjon ikav, Biri xotun, birisi bo`ldi kuyav;
b) O`zgalarga rohat-u, menga azob;
c) Og`izlari maqtanib o`nbesh qarish, Mayda suxan, ezmachurik, zanchalish;
d) Birlari mo`ltoninamo, hiylagar, Birlaridur kunda pix-ugavda xar.
A) 1- b,3-d, 4-c, 2-a
B) 3-d, 4-a, 1- b, 2-c
C) 1- d, 3-b, 4-c, 2-a
D) 3-b, 1- d, 4-c, 2-a
2. “– Doimo shunday hid taratib turishi uchun… butun bir omborxonaga ega bo`lish kerak. Uning muz tagida, qayiridadir hoynahoy ombori bo`lsa kerak”.
Janni Rodarining “Qutubdagi gunafsha” ertagidagi ushbu so`zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) qo`g`ir ayiq
B) chayka
C) tyulen
D) oq ayiq
3. Abdulla Qahhorning qaysi asari yozuvchi bolaligi to`g`risida batafsil hikoya qilingan avtobiografik asar hisoblanadi?
A) “Qo`shchinor” romani
B) “Sarob” romani
C) “O`tmishdan ertaklar” qissasi
D) “Qishloq hukm ostida” qissasi
4.Qaysi ijodkorning asarlarining hayotiligi, o’quvchiga tez ta’sir etishi uning tarjimayi holi bilan bog’liq?
A) “Qatag’on”
B) “Yillar va yo’llar”
C) “Furqat”
D) “Sinchalak”
5. “ Vijdonsizlar! Odamlarning boshiga kulfat tushganidan foydalanib qoladiganlarni qirish kerak”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Bemor”
B) “Urushning so`nggi qurboni”
C) “Shum bola”
D) “Qutbdagi gunafsha”
6. Qaysi ijodkor yangidan tashkil etilgan “Yoshlik”jurnalida o`zining dastlabki muharrirlik davrida yoshlarning adabiyotga kirib kelishida jonbozlik ko`rsatdi?
A) O.Yoqubov
B) X.To`xtaboyev
C) O`.Hoshimov
D) E.Vohidov
7. Muqumiyning “Tanobchilar” asaridagi quyda berilgan ta`riflarni to`g`ri joylashtiring.
1)Erhubbi; 2)Xizr; 3)Shohlig` mozor; 4)chimlig` azizlar; 5)Nurato; 6)Bibi Ubayda.
a) “menga dodar erur”; b) “ammamizning erlari”; c)“bizg`a tag`o erur”; d) “bizga bobo erur”; e) “xolamiz bo`ladur”; f) “otamga birodar erur”.
A) 3-d; 1-c; 6-e; 2-f; 4-a; 5-b;
B) 1-c; 2-f; 3-a; 4-d; 5-b; 6-e;
C) 3-b; 1-c; 2-f; 4-a; 5-d; 6-e;
D) 1-e; 2-f; 3-d; 4-a; 5-b; 6-c;
8. Odil Yoqubovning bir xil janrda yozilgan asarlari berilgan qatorni aniqlang.
A) “Ikki muhabbat”, “Izlayman”, “Dastlabki qadam”
B) “Yurak yonmog`i kerak”, “Muqaddas”, “Chin muhabbat”
C) “Billur qandillar”, “Chin muhabbat”, “Qanot juft bo`ladi”
D) “Diyonat”, “Ko`hna dunyo”, “Er boshiga ish tushsa”
9. Qaysi asar amaldorlar zulmiga yo`liqqan dehqonning arz dodi bilan boshlanadi?
A) “Sayohatnoma”
B) “Tanobchilar”
C) “Shum bola”
D) “Muzqamoq”
10. O.Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasi qahramoni bo`lgan bola qachon “yuragim orqaga tortib ketdi…” ta’rifni ishlatadi?
A) grafinni sindirib qo`yganda
B) o`rus kapitanni ko`rganda
C) komsomol kotibi “qashqirdan tug`ilgan qashqircha”,- deb do`q urganda
D) otasi bilan so`nggi marta xayrlashayotganda
11. T.To`laning tarjima(lar)i qaysi qatorda to`g`ri berilgan?
A) Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening “Faust” asari
B) Italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asari
C) Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini, Lermontovning “Maskarad” asari, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostoni
D) Shekspirning “Qiyiq qizning quyulishi”
komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov,
Shevchenko, To`qay asarlarini
12. X.To`xtaboyevning “Yillar va yo`llar” asari qaysi janrda yaratilgan ?
A) qissa
B) roman
C) doston
D) hikoya
13. Adabiyotimiz tarixida Muqumiyning G`.G`ulom tomonidan to`plam holiga keltirilib nashr qilingan asar qanday nomlanadi?
A) “Muqumiy bayozi”
B) “Muqumiy maa hajviyot”
C) “Lirika i satira”
D) “Devoni Muqumiy”
14. “…bolaligi adibning o`zi ta’kidlaganidek, “olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko`mir solingan qoplar orasida” kechdi”. Ushbu ta’rif qaysi ijodkor haqida?
A) J.Rodari
B) G`.G`ulom
C) H.Olimjon
D) Muqumiy
15. “Yo`gon cho`ziladi, ingichka uziladi”. Ushbu maqol qaysi asarda uchraydi?
A) “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi
B) “Shum bola”qissasi
C) “Muzqaymoq” hikoyasi
D) “Bemor” hikoyasi
16. Quyidagilardan qaysi ijodkor zamonaviy qo`shiqchilik san’ati rivojiga salmoqli hissa qo`shgan ijodkor sifatida tanildi?
A) T.To`la
B) E.Vohidov
C) H.Olimjon
D) O`.Hoshimov
17. “…baland bo`yli, yelkalari keng, palvonnamo bir kishi ekan. Gapirganda ovozi xuddi xumning ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi. Kulganda tomni ko`tarib yuborgudek qattiq kuladi, yurganda pollari lapanglab ketadi”. X.To`xtaboyevning “Sariq
devni minib” asaridan olingan parchada qaysi qahramon ta’riflanmoqda?
A) Polvon tog’a
B) Xursanali Sharafiddinovich
C) Akbar Nosirov
D) Otajon Azizovich
18. O.Yoqubovning 1951-yilda bosilib chiqqan dastlabki yirik asarining janri nima edi?
A) qissa
B) doston
C) roman
D) hikoyalar to`plami
19.Quyidagilardan nechtasi J. Rodarining uchtadan oxiri bor ertaklar turkumiga kirmaydi?
1) “Sehrli nog`ora”
2) “Rinaldoning sarguzashtlari;
3) “Ayyor Buratino”,;
4) “Sahrodagi uy”;
5) “Jelsamino yolg`onchilar mamlakatida”;
6) “Osmondagi tort”;
7) “Televizorga kirib qolgan Jip”;
8) “Milanda yog`gan shlyapa yomg`iri”.
A) 2 tasi
B) 3 tasi
C) 5 tasi
D) 4tasi
20. Kim “Shum bola” asarini birinchi satrlaridanoq stenografiya usulida yozib olgan?
A) Sh.Shoahmedov
B) Said Ahmad
C) Mirza Abdulla
D) Sh.Shorahmedov
21. E. Vohidovning “O`zbegim” qasidasida “tegrangda go`yo Bo`g`ma ajadar bo`ldi” – jumlasida aynan kim yoki nimani nazarda tutgan?
A) tog`lar
B) Chingiz-u Botu tig`i
C) qon, sultonlarning shamshirlari
D) qaysari Rum nayzasi
22. G`.G`ulomning “Shum bola” asaridagi bosh qahramon olmalarini sotgandan keyin nimalarga xaridor bo`lganini ketma-ketlikda to`g`ri va to`liq joylashtirilgan qatorni aniqlang?
A) bobrik yoqalik palto, tunika vanna, qo`chqor,
B) tunika vanna, qo`chqor, bobrik yoqalik palto
C) tunika vanna, bobrik yoqalik palto, qo`chqor
D) qo`chqor, tunika vanna, bobrik yoqalik palto, qalpoq
23. “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday zamon qalqigandan buyon yomon ko`paydi…”.
Ushbu parcha qaysi asardan keltirilgan?
A) “Bemor” hikoyasi
B) “Dunyoning ishlari” qissasi
C) “Yetti zog`ara” qissasi
D) “Urushning so`ngi qurboni” hikoyasida
24. “Almisoqdan qolgan devor soati” Uchraydigan asar haqidagi noto`g`ri ma’lumotni toping.
A) Ushbu asarda “Qashqirdan tug’ilgan qashqircha” deb haqoratlashi parchasida yaqqol aks etadi.
B)Ushbu asarda bolaxona eshigiga “otning kallasiday qulf osib qo’yilgan” edi.
C) Ushbu asarda “otasini dushman sanab, qizil askarlarga tutib bergan Palvik Morozov degan bola uchraydi.
D) Bir asari qahramoniga “U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo‘lsa-da, aslida sofdil, ko‘ngli toza bola. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi” –deya ta’rif beriladi.
25. “Ko`hlik, xushqad, xushsurat edi…” shaklidagi ta’rif O.Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasida kimga nisbatan berilgan?
A) qo`shnisi, komsomol qo’mitasi raisi
B) bolaning otasi Egamberdi Japiqov
C) bolaning onasi Gulshan
D) dadasining SAKUdagi do`stlaridan biri
26. Quydagilar javoblardan T.To`laning “Qanotlan, qo`shiqlarim” to`plamiga kirmagan asarni aniqlang.
A) “Oromijon”
B) “Ko`chalar”
C) “Satarosh qo`shig`i”
D) “Hayo bilan”
27.Muqumiyshunos olimlar to`liq berilgan qatorni toping.
1) G‘. Karimov; 2) H. Zaripov; 3) A. Olimjonov; 4) Z.Jumayev; 5) H. Yoqubov; 6) A.Shorahmedov; 7) G.Sarimsoqov; 8) H.Razzoqov;
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
B) 1, 2, 3, 5, 8
C) 1, 3, 4, 6, 7
D) 2, 3, 4, 5, 7, 8
28.A.Qahhorning qissalari qaysi qatorda to`g`ri berilgan?
A) “Og`riq tishlar”, “Tobutdan tovush”, “Ayajonlarim”
B) “Sinchalak”, “Qo`shchinor chiroqlari”, “Shohi so`zana”
C) “O`tmishdan ertaklar”, “Muhabbat”, “Zilzila”
D) “Tobutdan tovush”, “Og`riq tishlar”, “O`tmishdan ertakar”
29. Qaysi javobda o`zbek adabiyotida yaratilgan hajviy roman nomi to`g`ri berilgan?
A) “Tuhmatchilar jazosi”
B) “O`n ikki stul”
C) “Adabiyot mualimi”
D) “Yelvizak”
30. T.To`laning “Malikayi ayyor” asari qaysi janrda yaratilgan?
A) pyesa
B) balet lebretto
C) she’riy to`plam
D) opera lebretto
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |