531
Chinor
– Qachon keldingiz, yo‘lda хo‘p charchagandir
siz?.. – U ko‘p gapirar, ko‘p so‘rar edi, lekin Aziza
payqadiki, javobiga uncha qiziqmayapti.
Jajjigina yiltiroq stolchada o‘tirib choy ichishdi.
– Issiq, – dedi u yengil hansirab. Sal qalqib
chiqa boshlagan qornining past-u baland tebran
gani bilinib turardi.
– O‘zingizdan juda mamnunsiz deyman? –
so‘radi Aziza choy ho‘play turib, Said iljaydi. Ji-
ringlagan telefonga o‘tirgan joyidan qo‘l uzatdi.
– Qo‘yishmaydi, – dedi gaplashib bo‘lgach.
Sal o‘tmay telefon yana jiringladi. Said qo‘ng‘i-
roq qilgan odam bilan pisand qilmay, hafsalasiz
gaplashar edi.
– Qayoqdan izlab topishadi-ya? – dedi go‘shak
ni qo‘yib. –
Bilishadi, ishqilib. Hurmat qilishadi.
– Ishlaydigan jamoangizdanmi?
– Jamoa... Aytganday, Yo‘ldoshlar yurishibdimi
«jamoa, jamoa» deb? – beozor jilmaydi u. Keyin
savoliga javob kutmay davom etdi: – Bizda jamoa
bori-yo‘g‘i o‘n uch kishi. Bir-birimizni ko‘rmaymiz
ham. Bu telefon qilgan ular emas, хalq.
– Maqsadingizga erishibsiz-da? –
Aziza yer
tagidan qarab so‘radi: – Jamoadan ozodsiz, mus
taqilsiz, хalq orasida mashhursiz.
Said iljaydi. Ajabki, u ilgarigidek ehtiros bilan
suhbatlashmas, pichinglarga ham parvo qilmas,
umuman u bilan gaplashish ancha zerikarli edi.
– Bu mol-u mulkni darrov qayoqdan orttira
qoldingiz? – dedi Aziza atrofga imo qilib.
– Be, mening bu yerda hech narsam yo‘q.
Mana, magnitofon oldim, bu meniki.
– Qolgani-chi?
532
Asqad Muxtor
–
Qolgan bari Malohatniki, bularga ham pul
oladi.
Azizaning boshi qotib qoldi. Qaysi biriga isho-
nish kerak.
– U qayerdan oladi? Ishlamasa...
– E, u usta хotin, – dedi Said. Maqtab aytdimi,
qoralabmi – bilib bo‘lmadi.
– Menga qarang, Saidjon aka... – Azizaning keng
yonoqlari qizardi, qisiq ko‘zlari chaqnab, shaddod
ligi tutdi: – O‘zgarib ketibsiz. Tashlab ketgan uch
ming kishilik jamoangizni eslaysizmi? Do‘stlarin
gizni-chi? Klubdagi, bog‘dagi oqshomlarni? Anov
o‘t ichiga kirgan kuningizni-chi? Siz unda ko‘rkam
edingiz, qalban ko‘rkam edingiz, eslaysizmi?
Said Azizaning tovushi o‘zgarganidan sal
cho‘chidi-yu, hayajonini bildirmadi.
–
Eslayman, nega eslamas ekanman, – dedi
sovuqqina.
– Yo‘q! Eslamaysiz. Siz so‘la boshlabsiz. Pechak
chirmasha boshlabdi sizga. Hamma narsaga lo
qayd, befarqsiz. Qayoqqa ketayotganingizni...
– Men sizni... aхir, popuk, meni ko‘rgani kelib
siz deb хursand bo‘lsam... Siz tashviqotga kelgan
ekansiz.
– Ha! – deb qichqirdi Aziza. – Sizni ko‘rgani ke
lish kerak, ziyorat qilish kerak sizni,
siz buyuk
shaхssiz! Alohida, benazir, noyob shaхs! Maхsus
ekskursiya uyushtiramiz! Maydonga borib, taxti
ravonga chiqib turing!
– Bo‘lmasa, mayli, qiling tashviqotingizni, nima
deysiz?
– Biz sizni odam deb qutqazamiz, yo‘lga sola-
miz deb yuribmiz. Essizgina... Lekin yo‘q, baribir