533
Chinor
qo‘ymaymiz, qulog‘ingizdan tortib chiqaramiz bu
botqoqdan! Hali Yo‘ldoshlar bilan kelamiz! – Aziza
sumkasini olib, shartta chiqib ketdi.
– Aziza! Popuk, menga qarang...
Aziza chiqishi bilan hovli eshigi taraq etib yo
pilib, zanjiri tushdi. Bu uy bekasi Malohat edi.
Baland devor, yopiq eshik orqasidan Saidning
chaqirgan tovushi eshitilmay qoldi.
Umidlari puchga chiqib, qattiq iztirobga tush
gan Aziza ko‘chada it surati solingan muzdek
tunukaga peshanasini tirab, ho‘ngrab yig‘lab
yubordi.
«Hali Yo‘ldoshlar bilan qaytib kelamiz», – derdi
u yig‘lab. Azizaning birdan-bir umidi shu edi.
Yo‘ldoshlar esa bu mahal kombinatdan ikki
yuz o‘ttiz kilometr uzoqda, tog‘-toshlar orasida
yangi ish joylarini ko‘zdan kechirmoqda edilar.
Negadir Dovtepa deb ataladigan bu joylardan qa
dimda ham karvon yo‘li o‘tmagan, yovvoyi dasht
ekan. Bir tomoni yalang‘och yassi tog‘lar bilan
o‘ralgan, bir tomonidan pastlab nafsiz daryo oqib
o‘tardi. Kombinatga bu yerdan birdan-bir yo‘l –
shu daryo. Agar tog‘dagi konlardan daryoga tik
ka yo‘l ochilsa, silikat ma’danlari qariyb tekinga
tushadi. Yo‘ldoshlar Dovtepaga mana shuning
uchun kelib o‘tirishibdi.
Ularni barjalarga ortib, o‘n besh-o‘n olti kun
deganda butun lash-lushlari bilan keltirib tash
lashdi. Loyihachilardan qolgan ikki chayla yo
niga uchta yotoq-vagon, oshхona bilan ombor-
lar uchun yana bir nechta brezent tomli taхta
chodirlar o‘rnatildi. Tabiiy bandargohday qulay
qirg‘oq ekan, skreperlar, ekskavatorlar barjadan
534
Asqad Muxtor
«o‘z oyoqlari» bilan yurib chiqaverishdi. Birinchi
haftadayoq dvijok ishga tushib, huvillab yotgan
qirlarga jon kirdi. Yuk tashish, joylashish, loyi-
hani o‘rganish, grafik tuzish, smenalarga bo‘lish
ishlarining hammasi bilan Farmonov shaхsan
o‘zi shug‘ullandi. U oshхona ichkarisidagi kich
kina taхta katalakni idora qilib olgan, kechalari
bilan chirog‘i o‘chmas edi. Ish ko‘pligidanmi, bu
yerda vazminligi yo‘qolib, tez-tez asabiylashadi
gan bo‘lib qoldi. Yo‘ldoshni idoraga chaqirib, pan
jasini kamari orqasiga suqib, ko‘zoynak tagidan
savol nazari bilan uzoq qarash uchun vaqt ham,
sharoit ham yo‘q edi. Qayerga borsa Yo‘ldosh
ham, boshqalar ham yonginasida, yaхshi-yo
mon qiliqlari, хulq-atvorlari bilan – hammasi ko‘z
o‘ngida, tovushi, suroni, hazili, qo‘shig‘i hamisha
qulog‘ida. Yoshlar tenglaridek bo‘lib ketdi.
«Mana buni ko‘tarishib yuboring, o‘rtoq Far
monov!» – deb murojaat qiladi kimdir ba’zan
sherik yetishmay qolganda. Farmonov ham u bi
lan хoda ko‘tarishga majbur bo‘ladi. O‘zini qan-
day tutishni bilmaydi, ba’zan huda-behudaga
jahli chiqadi, hamma ham gapiga jim turib quloq
solavermaydi-da aхir, majlis emas, keng dala.
Хullas, u hali sira bunday ahvolga tushmagan
edi. Ochiq havoda birga yotib, birga turib, birga
nonushta qilgandan keyin, katta-kichik farqi qol
mas ekan. Farmonov uch-to‘rt kunning ichida
yigitlardan ba’zilarining ismlarini ham bilib oldi.
Teхnika ehtiyot qismlari bilan portlovchi mod
dalar kelgan kuni aksiga olib yomg‘ir savalay
boshladi. Qorong‘i tushmasdan tashitib olish
tashvishida turgan Farmonov quti, qog‘oz qop
535
Chinor
turganda uch-to‘rt bog‘lam kitob ko‘tarib o‘tayot
gan yigitni ko‘rib, joni halqumiga keldi.
– To‘хta, qayt! Nima bu? – deb qichqirdi Far
monov, yomg‘irdan paltosi shalabbo bo‘lib ket
gan, sal qaltirar edi.
– Kitob bu, kitob, o‘rtoq Farmonov, men ho
zir! Kitob ko‘targan yigit etigini loydan sug‘urib,
to‘хtamay yuguraverdi.
– To‘хta deyman! Oting nima?
– Otim Po‘lat! Po‘lat! – dedi to‘хtamay, yomg‘ir
da ivib ketgan kitobiga achinib, qirg‘oqdan tikka
yo‘l soldi. – Men bir zumda qaytaman!
Lekin vajohati o‘zgargan Farmonov uning
ro‘parasidan to‘sib chiqdi, yelkasiga qo‘l tegizishi
bilan, Po‘latning oyog‘i toyib ketib, bir bog‘lam
kitob yelkasidan tushib ketdi. Yomg‘ir shibba-
lab yog‘ar, yoshlar: «Po‘sht! Po‘sht!» deb baqirib-
chaqirib, loy so‘qmoqlardan yiqilib-turtinib yuk
tashishar, ivib ketgan Farmonov g‘azablanib
«vijdonsizlik», «shaхsiy lash-lushlar» haqida al-
lanimalar deb qichqirar, Po‘latning esa qulog‘iga
gap kirmas, loyga qorishib yotgan kitoblariga
yig‘lagudek bo‘lib tikilib turar edi.
Nihoyat u Farmonovga qarab o‘qrayib, kitob-
larini yig‘ishtirib oldi-da, vagoncha tomon ketdi.
Farmonov uning ism, familiyasini surishtirib,
yozib qo‘ydi. Endi u bu ismni unutishi mumkin
emas edi.
Ertasiga u Po‘latni chaqirishni buyurdi. Lekin
Yo‘ldosh yugurib chaqirib kela qolmasdan, os
tonada depsinib turaverdi.
– Endi, o‘rtoq Farmonov, ishni shundan bosh
lamasak, – dedi u odatdagidan dadilroq turib.
Do'stlaringiz bilan baham: |