527
Chinor
– Ha-a... – dedi ma’noli qilib ayacha. – «Sin
gil»laringizni olib kelmaysiz, deb shartlashgan
edik-ku u kishi bilan?!
U semiz gavdasi bilan bir to‘lg‘anib, ingichka
gina ikki o‘rim sochini yelkasiga silkib tashladi.
– Shunaqa shart ham bo‘ladimi? – deb so‘radi
Aziza.
– Ha! Bu ijarachilarni ko‘p ko‘rganmiz, oyimqiz.
Ayniqsa bo‘ydoqlari... – ayachaning ko‘zlari moy
lanib Azizaga: «Tushunib turibsan. Хo‘sh, o‘zing
qanaqasidansan?» degandek qadalib turardi. –
Shart qo‘ymasa bo‘ladimi, o‘rgilay.
Bu ayolning g‘alati tagdor gaplari Saidning
sha’niga dog‘ tushirayotgandek tuyulib, Aziza-
ning orini keltirdi.
– U kishini ko‘rishim kerak edi. Uzoqdan kel
ganman. Qachon qaytarkin?
– Kira qoling, – dedi uy bekasi zarda qilgandek,
burilib ichkariga yurdi.
Aziza vahima bilan o‘ng-u so‘liga alangladi:
– It-chi? It qayerda?
– It yo‘q! – dedi хotin orqasiga qaramay. Eshik-
dagi it surati solingan tunuka esida ham yo‘q
ekan chog‘i. Aziza uning izidan so‘ri tomon yurdi.
Bu ko‘rimsizgina bir hovli edi. Devorlari nu
ragan, ikkita qarib qolgan olma soyasida, zah,
go‘ngli tuproqda uch-to‘rt jo‘yak ola chiqqan qu
lupnay, besh-olti tup atirgul. Uzun ayvonga tu-
tashgan uch хonaga uch eshik.
Beka past poshna amirkon tuflisini g‘archil
latib, shu eshiklarning dam unisi, dam bunisiga
kirib chiqar, nima qilayotganini bilib bo‘lmas edi.
– Uzuklaringiz biram chiroyli ekan! – dedi
Aziza bekaning qo‘lidagi qo‘shaloq oltin uzukka
528
Asqad Muxtor
boyayoq ko‘zi tushgan edi. – Qayerda ishlaysiz,
ayacha?
– Voy, siz tomonda odatmi deyman, Saidjon
ham meni avvallari «ayacha» deb yurdi. Nahotki
shunaqa qarib qolgan bo‘lsam?! Otim Malohat,
o‘rgilay.
– Yolg‘izmisiz, Malohat opa?
– Yolg‘iz bo‘lmasam mana bu yer yutgurlar
ga cho‘ri bo‘lib yurarmidim, aylanay! Bularning
tashvishi oz deysizmi?
– Ijarachilaringiz ko‘pmi?
– Uchala uyimda ham odam. So‘qqabosh bo‘lsa
go‘rga-yu, kampir-sampirligi ham bor, jonimdan
to‘yib ketaman.
– Said aka qaysi uyda turadi?
Malohat imo bilan ko‘rsatdi. Boyagi uch
хonadan biri ekan.
– Ko‘rsam maylimi? – Aziza Said turadigan
хonaga kirdi. Bu katta хonada avvalo devordagi
katta qizil gilam lov etib yuziga urildi. Polda ham
kattaligidan ikki buklab solingan хitoy gilam. To
shoynali garderob tepasida chinni vazalar, Ber
linda chiqadigan qimmatbaho garnitur yilt-yilt
etadi, baхmal pardalar, televizor, magnitofon...
Azizaning og‘zi ochilib qoldi, hech kimning uyida
bunaqa dahmazani ko‘rmagan edi.
– Muncha chiroyli! – dedi u ko‘zlari o‘ynab.
– Voy, topganiga yarasha-da, o‘rgilay, qandini
ursin! Kimsan shahar gazning nazoratchisi tura
di bu uyda, sal kam muhandis-a!..
– Shularning hammasi Saidjonnikimi?
– Voy, meniki bo‘larmidi? Men bir beva-be
chorada bunaqa narsalar qayoqdan bo‘lsin, ayla
nay? Bozor-o‘charimga yetib tursa bo‘lgani.
529
Chinor
Aziza jihozlardan hamon ko‘z uzolmay, kursiga
omonatgina o‘tirdi. Malohat yilt-yilt qilib turgan
servantni dam yengi bilan, dam etagi bilan artib
gapirardi.
– Said akamning oyligi shunaqa kattami? –
deb so‘radi Aziza.
– Voy, o‘rgilay, tushunmagan odamday gapira
siz-a. Kim hozir oylikning o‘zi bilan turadi? Buna-
qangi avliyolar qayoqda deysiz!
– Bo‘lmasa qayoqdan...
– Ajab sodda ekansiz! Shu shahri azimning
nechtaki o‘chog‘i bo‘lsa, bari shu kishining qo‘li
da-da, o‘rgilay. Yon desa – yonadi, o‘ch desa –
o‘chadi. Undan keyin, bularning hammasining
ruхsati bor deysizmi? Biri o‘g‘rincha, biri teхnika-
ga хilof deganday... Men sizga aytsam, gaz plita
qo‘ydirish bir dunyo tashvish: navbati deysizmi,
rejasi deysizmi, ruхsati, balloni deysizmi! Bir
yillab navbat kutib yurganlar bor. Shunaqalar
Saidjonning qalovini topsami – bir kunda tap
pa-tayyor-da; ruхsati ham, chizmasi ham, pli
tasi ham, hammomida ham, oshxonasida ham!
Imi-jimida, tushundingizmi?
Azizaning yuragi o‘ynab, yuzlari oppoq oqarib
ketdi. «Tuhmat! Tuhmat! G‘alamis ayol ekansiz!»
deb qichqirib yubormaslik uchun tishini tishi
ga qo‘yib o‘tirardi. Said bunday bo‘lishi mumkin
emas. Yo‘q, yo‘q!
Malohat jihozlar orasida lapanglab yurib
davom etardi:
– Pulini qo‘ying, martabasini ayting, o‘rgilay,
nima desangiz ham, ishi savob ish-da, hozir sha
harda eng taniqli odam kim desangiz, shu Said-
Do'stlaringiz bilan baham: |