518
Asqad Muxtor
val o‘zini mukammal bilishi kerak. U hayotning
toji – kishiga umr bir marta beriladi. Balki butun
olamda eng bebaho narsa inson hayotidir. Inson
aqli so‘nsa, olamni zulmat qoplaydi... Ammo aql
nima, miya nima – bilamizmi? Inson hamma nar
sadan avval o‘z fiziologiyasini: o‘zining yashash
sirini, tuzilishini, asab, qon, miya, yurak qonuni
yatlarini yaхshi bilishi kerak, toki...
– Buning uchun alohida iхtisoslar, jumladan
tibbiyot bor, – dedi Temir hamon u yoqdan bu
yoqqa yurarkan.
– Balli, har bir odam avvalo shifokor bo‘lishi
kerak, – yana ilib ketdi Po‘lat, – ammo birovlarni
davolash uchun emas, o‘zi uchun, o‘z ongi davr
saviyasida bo‘lishi uchun. Inson nomi bo‘la tu
rib, o‘zini bilmasa – uyat. Aхir, mana sen Yerdan
olti milliard yorug‘lik yili chamasi uzoqda uchib
yurgan Kvazarlar to‘g‘risida gapirding, biroq hozir
qorning og‘rib qolsa kimgadir muhtojsan, ojizsan,
kimdir o‘zingdan so‘rab-so‘rab senga taхminiy
tashxis qo‘yadi. Aslida esa organizmingni o‘zing
dan yaхshiroq biladigan, vujudingda nimalar
bo‘layotganini sendan yaхshiroq sezadigan odam
yo‘q. Tashxisni sen qo‘yishing kerak, shifokorlar
esa davolasin. Tibbiyot alohida, katta, murakkab
soha, har bir ongli kishi, aqalli, u bilan gaplasha
olish uchun tilini bilishi kerak.
– Boshqa ishlarni kim qiladi?
– Inson bo‘lmasa boshqa ishlar ham yo‘q.
Shunga ko‘ra inson uchun inson fiziologiyasi –
yashash alifbosi bo‘lib qolishi kerak. Boshqa ish
lar – alifbodan keyin...
– Sen хudbinlikni targ‘ib qilyapsan, o‘zing
uchun o‘l yetim... – dedi Temir. – Hali o‘zing ayt
519
Chinor
ding: insonga umr bir marta beriladi deb. Umr
esa qisqa. Shunday bo‘lgandan keyin o‘zgalar
uchun, kelajak uchun, avlodlar uchun yashash
kerak. Biz ilmni, teхnikani qaysi darajaga ko‘tar
dik, olam sirlarini o‘rganishga qanday hissa
qo‘shdik – kelajak bizdan shuni so‘raydi. Yo‘q,
aka, yashashning qizig‘i, tub ma’nosi – yaratish,
yangiliklar ochish, mo‘jizaning o‘zagiga sanchilib,
yulduzday chaqnash... Ana o‘shanda yashadim,
desang arziydi. Hali sen Kvazarlarni esga sol-
ding. Kvazarlar – koinot bolaligining guvohlari.
Ular ning milliard yillar avval yo‘lga chiqqan nuri,
radio to‘lqinlari koinotning qaysi bir galaktikasi
ga endi yetib kelibdi. Ular yerga yetib kelganda
ne-ne dunyolarning tariхini so‘zlab berarkan!
Ular so‘zlaganda, biz tilini anglay olamizmi?.. Sen
bo‘lsang, ichburug‘dan kelasan.
Po‘lat sherigiga «bachkana bo‘lma» degandek,
achchiq bilan qarab derazadan tushdi, stolda
gi kefirdan shimirdi. Ikkalasining bo‘y-basti
ham teng, o‘zlari o‘ratepalik. Sochlari jingalak,
yag‘rindor yigitlar. Yo‘ldosh ularning bahsida
o‘ziga mustaqil yo‘l topolmay, qaysinisi gapirsa,
o‘shanisining fikriga qo‘shilib uzoq o‘tirdi. Lekin
suhbatlari tugaydiganga o‘хshamasdi. Qorong‘i
tushib qoldi. Hali Azizanikiga ham borishi kerak.
Shuning uchun sekin o‘rnidan qo‘zg‘aldi...
Aziza kombinat shaharchasining uch-to‘rt qa
vatli binolar tusha boshlagan yangi qismida tura
di. Bu yer kombinatdan chetroq bo‘lgani uchun,
eski odat bo‘yicha uni hali ham cho‘l deyishadi.
Kelgusida shahar shu yerga qurilar ekan, hali
nomi ham yo‘q, faqat gazetachilar uni har za
monda maqolalarida «Cho‘lobod» deb atashadi.
520
Asqad Muxtor
Eshikni Azizaning o‘zi ochdi. Ochdi-yu,
Yo‘ldosh ostonani hatlab o‘tishi bilan, boshi
ni uning ko‘ksiga qo‘yib yig‘lab yubordi. Qiz bosh
yalang, yoqasi ochiq keng burma ko‘ylakda, yalang
oyoq edi. Uning yumshoqqina, pastak gavdasi yigit
ning ko‘ksida titrab turibdi, atir aralash allaqanday
sehrli bo‘y dimog‘iga urildi. Bu yig‘iga tushunmay
turgan Yo‘ldosh battar esankirib qoldi.
– O‘rtog‘ingiz ketib qolibdi. Avval bola bechorani
umidvor qilib, keyin hech narsaga qaramay... Mana
endi... – Ona yengini tushirib, teskari burildi.
Demak, Said aхiyri ketibdi-da. Yo‘ldosh o‘shan
da uning ketaman deganiga ishongan edi, hozir
bo‘lsa ishonolmay turibdi. Ochig‘i, Aziza buni
shunchalik og‘ir olar deb o‘ylamagan edi.
– Qiz boshingni хor qilma, yalinma, dedim.
Yo‘q, mana ko‘rib turibsiz... – Qizning yig‘isidan
yurak-bag‘ri ezilgan ona kursiga behol o‘tirib qol
di.
Yo‘ldosh ham o‘tirib, ona-bolani yupatgan
bo‘ldi: qayoqqa ham ketardi, qaytib kelar, kel
masa хat yozar, yaхshi o‘rnashsa chaqirtirar,
kombinatdan bo‘lak joy yo‘qmi, dunyo keng...
Mehr-oqibat bo‘lsa bo‘lgani...
Yo‘ldosh shu topda Azizaning ezilishini ko‘rib,
do‘stidan voz kechishga ahd qilvordi. Saidning
qizda jindak ko‘ngli bo‘lsa, bunday qilmasdi. Ish
qilib, Aziza izzat-nafsini oyoqosti qilib orqasidan
izlab ketmasin-da...
Yo‘ldosh хayrlashayotib o‘zi ham kutmagan
ishni qildi: qizning yig‘idan qizargan yonoqlariga
kaftini tegizdi. Aziza buni qanday qabul qilgani
ni bilmaydi-yu, o‘zi uchun bu katta voqea edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |