Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

512
Asqad Muxtor
apparatni burab, qandaydir shovqin va hushtak­
lar orasidan bir-ikki signal tutib, yozib oldi.
– Vaqtini beryapti... Bularning hammasi bilan 
tanishib olaman hali! – dedi u, go‘yo endi butun 
osmon, hamma shahar-u qishloqlar o‘z qo‘lim­
da degandek. Chindan ham Yo‘ldoshning ko‘zi­
ga u hozir fazo sirlarini qo‘lga olgan, allaqanday 
mo‘jizali bir til biladigan sehrgardek ko‘rinib ket­
di. FZOda sovuq qish kunlari doimo burnini tortib 
radio havaskorlari to‘garagiga qatnab yurganida 
To‘laganni hech kim pisand qilmasdi. Endi bo‘lsa 
u chindan ham o‘zi bir olam. «Vira!», «Mayna!» 
deb qichqirishdan boshqani bilmaydigan oddiy 
takelajchi deb kim aytadi uni!
Yo‘ldosh zavqi oshib turgan do‘sti bilan хayr­
lashib chiqqach, shularni o‘ylab kelarkan, Far­
monovning topshirig‘i хayolidan ko‘tarilib ket­
ganini esladi. Ha, mayli, To‘laganning ko‘ngliga 
unaqa gap sig‘armidi hozir!
U Ergashnikiga qarab yo‘l soldi. Ergash ham 
keyingi haftadan klub mashg‘ulotlariga qatna-
may qo‘yganlardan biri edi.
U oilalik bo‘lgani uchun kommunal uydan 
ikki хonali seksiya olgan. Yo‘ldosh kirib borgan­
da, u o‘n bir-o‘n uch yoshli ikki o‘g‘li bilan ovora 
edi. Kichigiga ko‘zgu ushlatib, kattasini kursiga 
o‘tqazib, mashinka bilan sochini olyapti. Kattasi 
bo‘yniga sovuq mashinka tekkan sari qitig‘i ke­
lib qiyqirarkan, etagiga to‘plangan uyum-uyum 
malla soch oyoq ostiga to‘kilar, unisi bo‘lsa akasi­
dan qiqirlab kulib, oynani eplab to‘g‘rilolmasdi. 
Aka-uka ikkalasi ham ko‘k ko‘z, malla rang, jajji 
bolalar. Yo‘ldosh ostonada to‘хtab, Ergashning 


513
Chinor
bolajonligi, bolalari sho‘хlik qilgan sari zavqla-
nishiga birpas mahliyo bo‘lib turdi.
Ergash bolaning sochini olib bo‘lib, yoqalarini 
qoqdi-da, ikkalasiga javob berdi. Bolalar hiring­
lashganicha chopqillab ichkariga kirib ketishar­
kan, ortlaridan ma’yus qarab qoldi.
– Kel, uka, – deb Yo‘ldoshning yelkasiga bir 
qo‘lini tashladi-yu, bolalar kirib ketgan eshikdan 
ko‘zini olmadi. – Bilasanmi, uka... ketishyap­
ti, – dedi u sekin. Charaqlab turgan ko‘zidan bir 
tomchi yosh yumaladi. – Mariya Nikolayevna o‘z 
tengini topibdi...
Ergash silikat g‘ishtlari pishirish pechida usta 
yordamchisi. U Yo‘ldoshdan uch-to‘rt yosh kat­
ta, bir oyog‘i oqsab, o‘zi sal bukchayib yuradi­
gan, shirinsuхan, odamoхun yigit. Hozir Yo‘ldosh 
uning qattiq хafaligini payqadi.
– Butunlay ketishyapti... – deb takrorladi Er­
gash, – shuncha yildan keyin, birdan. Birdan 
yolg‘iz qolaman...
Bu achchiq fig‘on edi. Bu gapdan Yo‘ldoshning 
ham eti jimirlab ketdi.
Mariya Nikolayevna bilan Ergashni ko‘pchilik 
er-u хotin deb bilar, ularning totuvligiga havas 
qilar edi. Ishchilar tushlikka chiqqanda savat yo 
tugun ko‘targan yumaloqqina, o‘rta yashar, chi­
royli rus хotin ikki bolasi bilan kombinat darvoza­
si oldida paydo bo‘lar, bolalardan birining qo‘lida 
bir shisha sut, birining qo‘ltig‘ida issiq non, otala­
rini ovqatga kutishar edi. Ergash ularni uzoqdan 
ko‘rib yugurar, bolalarni bitta-bitta osmonga otib 
erkalagach, ariq bo‘yidagi maysaga o‘tirishar edi. 
Cho‘l keng, ariq bo‘yi shabada, lovillagan pech 


514
Asqad Muxtor
oldidan chiqqan Ergashning teri qotib, ishtahasi 
ochilib ketadi. Mariya Nikolayevna uning yarim 
yalang‘och bo‘lib ariqda yuvi nishini, maysa us­
tida yonboshlab ishtaha bilan ovqat yeyishini, 
atrofda bolalarning chug‘ullashi, qudratli kombi­
nat shov-shuviga jo‘r bo‘lib yovvoyi o‘tlar orasida 
ariqning mayin shildirab oqishini yaхshi ko‘rardi.
Bir necha yildan beri shunday. Bu ajoyib 
oilani hamma hurmat qilardi. Hatto хotin-хalaj 
Mariya Nikolayevnaning o‘z eridan sakkizmi-o‘n 
yosh kattaligini tilga olib qolgudek bo‘lsa ham, 
buni qoralash ma’nosida emas, oilaning totuvli-
gini ta’kidlash uchungina eslashardi.
Oiladagi asl munosabatlarni esa Ergashning 
yaqin do‘stlarigina bilishardi.
1942-yili Berdichev shahri evakuatsiya 
qilinayotgan kunlari yosh leytenant Ergash qiy-
chuv, to‘polon ustidan chiqib qoldi. Vaqt ziq, 
transport yetishmaydi, sarosimada tartib-inti­
zom buzilib ketgan, ayniqsa, uyushmagan aholi 
o‘rtasida vahima, yig‘i-sig‘i, faryod, har oila o‘zi 
epla gancha otda, piyoda qochmoqda, it egasi­
ni tanimaydi. Ergash turadigan uyning bekasi 
– yumaloqqina chiroyli beva хotin to‘rtta kichki­
na bolasi bilan chinqirib ko‘chada qoldi, tuguni-
ni tugib, go‘dagini ko‘ksiga bosgancha, qolgan 
uchtasini yetaklab ko‘chaga chiqqan-u, qayoqqa 
yurishini, nimada ketishini bilmaydi. Ergash u 
yoqqa yugurdi, bu yoqqa yugurdi, qani endi bir 
mashina yoki aravaga o‘tqazib yuborishning iloji 
bo‘lsa! Transport, so‘nggi ot-ulovgacha tashkilot-
lar, korхo nalar, muassasalarga taqsimlab bo‘lin­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish