537
Chinor
– Gapirmang menga u shuhratparastni! Bila-
miz-ku uning bizdan nima talab qilganini! Siz
kimlarning tarafini olmoqchisiz, akasi?
–
Akasi demang, otim bor. Aslida Said ni
ma-yu, siz nima! U jamoani mensimay ketib
qoldi. Siz-chi? Siz mensiysizmi? Siz hech qay
simizni tanimaysiz, bilmaysiz. Said-ku dilidagi
ni har holda ochiq-oydin bildirdi. Siz bo‘lsangiz
mensimasligingizni yashirmoqchi bo‘lasiz, «ja
moa», «omma» og‘zingizdan tushmaydi, ashaddiy
«demokrat»siz. Shoshmay turing hali sizni ham
tarbiyalab olishga kuchi yetadi jamoaning. Tarbi
yalay
olmasa ham, esingizni kiritib qo‘yadi.
Yo‘ldosh taхta eshikni taraqlatib yopib chiqib
ketdi. Farmonovning rangi o‘chib, g‘ujanak bo‘lib
qoldi. U birinchi marta o‘zini bunchalik ojiz sezi
shi edi, хo‘rligi keldi. Qanday adolatsizlik? Bu
lar nega uning yuziga oyoq qo‘yishadi? Nega
bunchalik yomon ko‘rishadi? Bu sovuqlik ilgari
ham bormidi yoki shu yerga kelganlaridan keyin
paydo bo‘ldimi? Ilgari ham bor edi shekilli. Bor
edi-yu, lekin u vaqtlarda Farmonovning bu haq
da o‘ylashga ehtiyoji yo‘q edi. Mana endi o‘ylanib
qoldi. Nega bunday?
Nahotki boshliq bo‘lsa-yu, o‘z jamoasi bilan
bo‘lgan munosabatni o‘zi belgilab berolmasa? Yo
bu unga bog‘liq emasmi? Nega?
Nega? Nega? Nega? Qo‘l ostidagi odamlar bilan
yuzma-yuz yaqinlashgan sari, Farmonov o‘cha-
kishganday nizolarga tikka qarab boraverdi. Bu
uning asabini buzar, ayni choqda zavq ham be
rar, qiynar, ming хil savollar tug‘dirar edi.
Oradagi munosabat
tobora tarang tortmoqda
edi. Yo‘ldosh ba’zan o‘zining Farmonovga qilgan
538
Asqad Muxtor
shaddodligidan pushaymon bo‘lar, lekin bosh
liq ba’zan yoshlar bilan qattiq olishib qolsa ham,
idoraga chaqirtirmay, o‘sha yerning o‘zida ishni
bir yoqlik qila boshlaganini ko‘rganda esa, mu
nosabatlarining mana shunday tarang turgani
ma’qulmikan deb o‘ylab ham qo‘yar edi.
Bu vaqt hamma
jabhalarda ish boshlanib
ketgan edi. Qirlarning orqasidan skreperlar-
ning ovozi eshitila boshladi, qiyalikdagi tandir
da chirsillab archa yonadi, daryo sohiliga yangi
so‘qmoq lar tushdi, ishga chaqiruvchi rels jarangi
quloqlarga sinashta bo‘lib qoldi. Trassaning o‘zi
uzun emas, lekin ishning qiyini bo‘lg‘usi yo‘lni
to‘sib turgan ikki yassi tepalikni qirqib olib tash
lash edi. Ayniqsa narigisi, tog‘
etagidagisi devor
kabi tikka, uzoqlarga cho‘zilib ketgan, go‘yo bu
yerdan yo‘l o‘tmasin deb ataylab yasab qo‘yilgan
dek, Dovtepa degan nom ham ehtimol shu bilan
bog‘liqdir. Bu tepa nuqul qoya toshli tog‘ jinslari-
dan iborat bo‘lib, uni portlatishdan boshqa cho
ra yo‘qligi loyihadayoq ko‘rsatilgan edi. Shuning
uchun bu tepada hozirdan o‘nlab qiya quduqlar,
shurflar kovlash zarur deb topilib, asosiy kuch
o‘sha yerga tashlandi, cho‘kichli
parma dast-
gohlari o‘rnatila boshladi.
Farmonov bolalarning ishidan mamnun bo‘lsa
ham, muomalalarini hazm qilolmasdi. Ular ning
muomalalari juda jo‘n, sodda, «boshlig‘imiz» deb
hayiqish yo‘q, go‘yo o‘z tengqurlaridek. Aslida
hech kim boshliqning obro‘sini tushirishga uri
nayotgani yo‘qdir, lekin Farmonovga ularning
har bir qilig‘i shunga qaratilgandek tuyular edi.
Bir kuni portlatish tarmoqlarining monta
ji haqida yo‘riqnoma bo‘ldi. To‘lagan
bilan yana