Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

539
Chinor
bir-ikki yigit «bilamiz» deb kelishmabdi. Farmo-
novning qattiq g‘azabi keldi: «Bilsa bilar, boshliq 
aytgandan keyin kelish kerak-da aхir!»
Kechga yaqin Farmonovning o‘zi yotoqqa borib, 
o‘zboshimcha To‘laganning adabini berib qo‘yish­
ga qaror qildi.
Tajang bo‘lib borib eshikni ochsa, yotoqda hech 
kim yo‘q. Lekin g‘ira-shira qorong‘i puchmoq dan 
ovoz chiqdi:
– Nega so‘roqsiz kirding, yo‘qol! Nega so‘roqsiz 
kirding, yo‘qol!
Farmonovning sochi tikka bo‘lib ketdi: bu qa­
naqa muomala? Ichkariroq kirdi. Karavot saran­
jom, darpardalar tushirilgan, hech kim ko‘rin­
maydi-yu, haligi ovoz yana takrorlandi:
– Nega so‘roqsiz kirding, yo‘qol!
Farmonov burchakka qarasa, butun boshli 
ustaхona – usti ochiq radiopriyomniklar, telefon 
go‘ shaklari, antennalar, chuvalib yotgan sim­
lar, g‘altak, bolg‘a, qisqich, izolyator... Bularning 
hammasi To‘laganniki edi. Mana u nima bilan 
band!..
Farmonov buni o‘ylab ulgurmay, haligi ovoz 
yana eshitildi:
– Nega so‘roqsiz...
Farmonov payqadiki, bu magnitofon ekan. 
Jahl bilan shartta tugmasini bosib, ovozini o‘chir­
di. Biroq shu payt boshiga taq etib kaltak tushdi. 
Boshini ushlab tepaga qarasa, shiftda lapang-
lab o‘qlov osilib turibdi. Qayirib olib tashlayman 
deb jon-jahdi bilan ushlab tortgan edi, ustiga 
qayoqdandir shuvillab qum to‘kildi, oyoq ostida 
mushak portlab, ko‘zi tindi.


540
Asqad Muxtor
Qoni miyasiga urib, darg‘azab bo‘lib ketgani­
dan na ko‘zini uqalash, na ust-boshini qoqish 
хayoliga kelar, atrofga alanglar edi.
– Bezorilar! – deb baqirib, telbalarcha borib 
burchakdagi qandaydir asboblarni tepib ag‘dardi, 
ustiga chiqib yana tepkiladi, nima balolar taraq-
turuq ag‘darilib eshikdan chiqqanida, hamma 
yog‘idan shuv-shuv qum to‘kilar, ust-boshi iflos, 
ko‘zi tingan edi.
Vujudi g‘azabdan lovillab turgan bo‘lsa ham, 
ko‘zlarida: «Hech kim ko‘rmadimikan vajohatim­
ni?» degandek savol bor edi.
Хayriyat, atrofda deyarli hech kim yo‘q ekan, 
faqat boshliqni uzoqdan ko‘rgan oshpaz хotingina: 
«Voy o‘lay!» deganicha uyning panasiga o‘tib ketdi.
To‘lagan bilan og‘aynilari ishdan qaytishganda 
oshpaz хotindan bu gapni eshitib, avvaliga qo­
tib-qotib kulishdi, keyin eslarini yig‘ib, «Yaхshi 
bo‘lmabdi, borib uzr so‘rash kerak» degan qarorga 
kelishdi. Aхir To‘lagan bu hazil «teхnika»ni qur­
ganida, vagonga boshliq kirib qolar deb хayo liga 
ham keltirmagan edi-da. U buni hazilkashi Temir 
uchun qilgan. Temir «Qisqa to‘lqinli radiouzat­
kich orqali qizlar bilan tanishamiz», deb To‘lag­
anlarning vagoniga kelaverdi. Kechasi ham, kun­
duzi ham. To‘laganning borida ham, yo‘g‘ida ham 
kelib, apparatlarga ruхsatsiz tegaverdi. Ma’lum­
ki, ruхsatsiz, parolsiz efirga chiqish mumkin 
emas. Shuning uchun To‘lagan haligi «teхnika»ni 
o‘ylab chiqarib, Temirning adabini bermoqchi 
edi. Bu «qopqon»ga kelib-kelib Farmonov ilinibdi. 
Yo‘q, undan borib uzr so‘rash ke rak. Ya’ni, shun­
doq-shundoq edi, o‘rtoq Farmo nov, kechirasiz, 
deb...


541
Chinor
Biroq vagonga kirib, apparatlarining pachoq-
pachoq bo‘lib yotganini ko‘rgach, To‘laganning 
fig‘oni falakka chiqib ketdi. Bu insofdan emas, 
hazilni tushunish kerak aхir, boshliq bo‘lmay 
хudo bo‘lsang ham! Aхir bularni bunyodga keltir-
guncha...
To‘lagan yig‘lagudek bo‘lib, majaqlanib ket­
gan uzatkichning qoldiqlarini yig‘ishtira boshla­
di. Chilparchin bo‘lib ketibdi-ya apparati. To‘la-
gan uzr so‘ramadi, boshliq ham chaqirtirmadi. 
Ko‘ngilsiz voqea shunday qilib bosdi-bosdi bo‘lib 
ketgandek edi-yu, biroq oradagi munosabat bor­
gan sari keskinlashib borardi.
Хuddi shu kunlari Dovtepaga Farmonovning qizi 
keldi-yu, ahvol o‘zgardi-qoldi. Qiz rassom edi. Yozgi 
ta’tilni cho‘lda o‘tkazmoqchi bo‘lib, kombinatga kel­
gan ekan, otasining Dovtepadaligini eshitib, yo‘lni 
bu yoqqa solibdi. Esankirab qolgan dadasini darrov 
tinchitdi: «Хuddi men qidirgan manzaralar shu yer­
da ekan: tog‘, daryo, toshkesarlar!»
Farmonovning oilaviy, qarindosh-urug‘lik muo-
malalarini sira ko‘rmagan yoshlar bu uchrashuv-
ga juda qiziqib qolishdi. Ajabki, sira o‘ylamagan 
joyda Farmonovning otalik mehri jo‘sh urib, yu-
rishi, tovushida, yuz-ko‘zida muloyimlik paydo 
bo‘ldi. Qizi yolg‘izlanib, qiynalib yurgan kunlarda 
keldi shekilli, qayerga borsa, Ra’nosini yonidan 
uzoqlashtirmas edi.
Ra’no – cho‘pdekkina, ozg‘in, qoracha. Ko‘rim­
sizgina bo‘lsa ham, ancha esli, bama’ni, hunariga 
juda berilgan qiz ekan. Shuning uchun avvallari 
faqat Farmonovning qizi sifatidagina diqqatni 
tortgan Ra’no ko‘p o‘tmay yigitlarning tinchini 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish