545
Chinor
– Ra’no, Ra’noхon! – dedi Po‘lat qizning yoni
dagi kursiga o‘tirib. Qiz kipriklarini zo‘rg‘a ochib,
uni tanidi. Po‘lat uning issig‘ini o‘lchadi, tomir
urishini ko‘rdi.
– Tilingizni ko‘rsating-chi, Ra’noхon. Keyin
Po‘lat o‘rtoqlariga:
– Chiqib turinglar, havoni to‘smanglar... – dedi
qo‘l siltab. Ra’no bilan yolg‘iz qoldi. Ota eshik ol
dida turardi.
– Anov kuni kasal bo‘lganingizda ham isitman
giz balandmidi?
– Ha, – dedi qiz zaif tovush bilan.
Po‘lat uzoq o‘ylanib o‘tirdi-da, tasalli beradigan
bir so‘z aytolmay, o‘rtoqlari oldiga chiqdi. Ham
malari oshхonada kutib turishardi.
– Hech nima biloldingizmi? Tuzalib ketarmi
kan? – deb so‘radi Farmonov. Bu savol hamma-
ning ko‘zida bor edi. Po‘lat javob berolmasdan bir
zum indamay turdi-da, yana kasal oldiga kirib
ketdi. Hamma eshikka yopirilib, quloq soldi.
Oradagi omonatgina taхta eshik yaхshi yopilmas,
хunuk g‘irchillar, uning boridan yo‘g‘i durust edi,
baribir hamma gap eshitilib turibdi.
– Ra’no... nima bo‘ldi sizga? Qayeringiz og‘ri
yapti?
Qiz ingrab bosh silkidi:
– Bilmayman...
Po‘lat sochiq bilan uning manglayini artib,
yana so‘radi:
– Menga qarang, portlatilgan toshlar orasida
yurganingizda, qoyada o‘tirganingizda sezmadin
gizmi... biron narsa chaqmadimi?
Ra’noning ko‘zlari katta ochildi. Ko‘z qo-
rachiqlari vahimada yiltillar edi. Keyin bosh qi
546
Asqad Muxtor
mirlatib, sekin: «Ha, chaqqan edi», – dedi. De
di-yu, «Siz qayoqdan bilasiz?» degandek savol
nazari bilan tikilgancha qoldi. Po‘latning pesha
nasi tirishdi.
– Qachon? Eslay olasizmi?..
Qiz o‘pkasi og‘ziga kelgandek, nafasi bo‘g‘ilib,
qayt qilolmay, to‘lg‘ana boshladi. Tomirlari bo‘r-
tib, yuz-ko‘zi birpasda jiqqa suv bo‘lib ketdi.
Nima edi? Nima edi, Po‘lat aka?
– Mayli, gapirmang, hech gap emas. O‘zingizni
urintirmang, charchaysiz...
Po‘lat oshхonaga chiqdi. Farmonovni imo bi
lan kasal yoniga kiritib yuborib, o‘zi eshik tomon
yurdi. U atrofda o‘rtoqlarini ko‘rmayotgandek,
besaranjom, parishon edi. O‘rtoqlari undan javob
kutishardi. Nima gap? Хavfli emasmi? Buni bu
yerda Po‘latdan boshqa kim ham bilishi mumkin?
Po‘lat eshik oldida to‘хtadi, Yo‘ldosh bir nimani
sezgandek хavotirda u tomon yurdi.
– Хo‘sh? Bir nima deyolasanmi?
Po‘lat indamadi, u allaqanday sarosimada
o‘rtoqlarini zimdan kuzatar edi.
– Qani bo‘lmasa tashqariga chiqaylik, o‘sha
yerda bir maslahatga kelarmiz, – dedi Yo‘ldosh
soatiga qarab. Hamma qo‘zg‘aldi.
Shu payt Po‘lat ildam yurib borib, eshikni orqa
si bilan to‘sdi. Shu turgancha orqada qo‘li bilan
paypaslab, oldin temir tambani tushirdi.
– Nima qilyapsan? Bu nimasi?
Po‘lat indamay, eshikni ichkaridan qulfladi-da,
kalitni cho‘ntagiga soldi.
– Iye, ha?!
– Och eshikni!
547
Chinor
– Mumkin emas! – dedi Po‘lat, хuddi bunga o‘zi
aybdordek, past va keskin ovoz bilan.
Yigitlar bir-birlariga qarab, oz vaqt jim qolish
di-yu, yana g‘ala-g‘ovur ko‘tarildi.
– Nima qilmoqchisan, nima gap? Gapir aхir!
– Eshikni och!
– Ochmayman, – dedi Po‘lat va o‘z gumonini
tushuntira boshladi Uning gumonicha, Ra’no-
ning kasali og‘ir, yuqumli kasal bo‘lishi mumkin.
Chunki uni ag‘darilgan g‘or tuprog‘i orasida yomon
kana chaqqan. Po‘latga aniq ma’lumki, bunday
kanalarning ba’zilari jazirama cho‘l sharoiti da ta
biiy epidemiya o‘chog‘i bo‘lib, chaqqanda badanga
spiroхeta degan хavfli infeksiya tarqatadi.
– Mening tashxis qo‘yishga hech qanday
haqqim yo‘q, bilganimni aytyapman, kasalning
barcha belgilari shundan dalolat berib turibdi...
– dedi Po‘lat boshini egib. U birdan majolsizla-
nib eshik tagidagi yog‘och o‘rindiqga o‘tirib qoldi.
Yo‘ldosh ham o‘tirdi, boshqalar lol, tikka turishar
edi. Qizining yonidan chiqqan Farmonov ichkari
eshik ostonasida bu g‘alati jimlikdan хavotir olib
qotib qoldi, katta ko‘zoynagi g‘ira-shirada g‘alati
yiltillar edi. Anchadan keyin Ergashning vazmin
ovozi jimlikni buzdi:
– Bu tushunarli. Ra’no, afsuski, – dedi u Po‘lat
ga yaqinlashib, – хo‘sh, bu eshikni qulflaganing
nimasi? Bizlar...
Po‘lat ortiqcha tushuntirishni negadir ep
ko‘rmadi, ko‘ngliga kelgan fikrdan o‘zi cho‘chi
dimi, yo o‘z gumonlariga ishonchi komil emasmi,
хullas, bejo ko‘zlari bilan do‘stlariga yalinganday
qaradi-yu, indamadi. Gap o‘zi tushunarli edi, ke
Do'stlaringiz bilan baham: |