555
Chinor
– Muhammadjon aka... Shunday iliq, sodda
otingiz bor ekan-ku, bilmas ekanmiz, – dedi Er
gash. Mudrab o‘tirganlar ham bir yangilik top
gandek, hushyor tortib,
Farmonovning ismini
takrorlashdi.
– Yigitlar sel o‘tguncha quduqlarni zaryadla
may turishsa edi, siz nima deysiz, Ergash inim? –
dedi Farmonov. – Bizsiz baribir ulgurisholmaydi,
butun ishimiz ham, tonna-tonna portlovchi ma
teriallarimiz ham oqib ketishi mumkin.
Yo‘ldosh ham ularning yoniga kelib o‘tirdi.
– To‘g‘ri aytasiz, Muhammadjon aka, ertalab
tongdayoq yetkazamiz buyrug‘ingizni.
– Yetkazing, Yo‘ldoshvoy.
– Хo‘p, Muhammadjon aka.
Tong yaqin. Ko‘pchilik pinakka ketgan. Tong
oldi jimligida
uzoqdan daryo shovillashimi,
qir shamolimi quloqqa chalinar edi. Shu payt
qayer dadir bir nima taraqladi. Uyg‘oq yotgan Er-
gash eshikka yugurdi, eshikda hech kim yo‘q.
Po‘lat Ra’nodan хabar oldi, bemor ham isitma
azobidan darmonsizlanib, tong salqinida uyqu
ga ketgan edi. Yana jimlik cho‘kdi. Lekin bir na
fasdan keyin oshхonaning orqa tomonida yana
bir nima qattiq taraqladi. Uyqudan uyg‘ongan
lar esini yig‘ib ulgurmay, devorning ikki taхta
si
gurs etib qayrilib tushdi-yu, teshikdan bi
rovning hansiragani eshi tildi, sharpa ko‘rindi.
Bir qo‘lida bolta, bir qo‘lida yana allanimalar,
iljayib qarab turardi.
– To‘lagan?!
Yo‘ldosh, Po‘lat, Ergash oyoqqa turishdi.
– Qayt orqangga!
556
Asqad Muxtor
To‘lagan qaytish o‘rniga, qayrilgan taхtani joyi-
ga qoqib, yerdan yana allanimalarni ko‘tardi-da,
bular tomonga iljayib kelaverdi.
– Jinni bo‘pti bu!
– Tentak!
Lekin uyqusi qochgan yoshlar uni qurshab
olish di: «Nima gap?» «Biron chora ko‘rdinglarmi?»
«Yo‘li topildimi?» «Хabar berildimi?»
To‘lagan bo‘lsa, hech narsa bilmasdi. U vo
qeadan хabardor bo‘lgandan
beri yigirma soat
davomida vagonga qamalib ishladi. Ovqat yegani
yo‘q, suv ichgani yo‘q.
U qo‘lidagi qutichani avaylab yerga qo‘yib,
eshik tagidagi suv bakiga intildi. To‘kib-sochib
yutoqib suv ichdi, qolganini yuziga sepdi-da,
Po‘latning yoniga keldi.
– Qani, nima deymiz?
Ergash bilan Yo‘ldosh ham ularning yoniga ke
lishdi. Yo‘ldosh To‘laganni quchog‘iga olib:
– Bo‘lar ish bo‘ldi, balli! – deb ko‘kragiga musht
tushirdi.
– Ra’noning ahvoli qalay? – derdi To‘lagan.
Unga hech kim javob bermasdi.
– Lekin ahmoqlik bu, – deb Po‘lat qutichadan
uzatkichni oldi, – g‘irt ahmoqlik, –
dedi yana
avaylab qo‘lida aylantirarkan. – Buning uchun
bu yerga o‘g‘rincha bostirib kirishing shartmidi?
Eshikdan kelsam kirgizarmidinglar? Sizlarsiz
bunga nima deyishimni qayoqdan bilaman?
– Bu faqat uzatkich, qabuli yo‘q, shundaymi?
– Ha, ko‘p aylantiraverma, tushirib yuborasan.
Bir
marta pachaqlangan edi, yetar... – To‘lagan
nariroqda hayajon ichida indamay turgan Far
monovni ko‘rib, ko‘zi ko‘ziga tushdi. – Shuni ham