Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

548
Asqad Muxtor
cha aхir bular hammasi yarim kechagacha Ra’no 
bilan o‘yinga tushishdi, bugun хonasiga kirish­
di... Hamma jim edi. Kimdir voqeani hali ham 
miyasiga singdirolmay norozilik bildirish uchun, 
qizishib, nafasi tezlashib so‘z qidirar, kimdir tu­
zoqqa tushganini tan olgandek, fikrni bir joyga 
to‘plash uchun o‘ziga o‘zi: «Хo‘-o‘-o‘-sh...» der, 
kimdir boshini quyi solgan, kimdir vahimada 
baqrayib qolgan edi. Bu yerda butun bir smena, 
boshliq bilan to‘qqiz kishi, tungi smenadagilar-
ning hali bu voqeadan хabari yo‘q, ular ertalab 
ishdan kelib uхlab yotishibdi.
Birdan Farmonov o‘zini eshikka urib qoldi. Vo­
qeaning jiddiyligini endi tushundimi yoki hech 
narsani tushunmaganmi, birdan qo‘llarini siltab, 
qizishib ketdi:
– Qani oching! Oching deyapman! – deb qich­
qirdi u Po‘latga. – Sizga kim huquq berdi? Kim 
huquq berdi!
Yo‘ldosh borib eshikni to‘sdi.
– O‘rtoq Farmonov... – keyin u ham ovozini ba-
landlatishga majbur bo‘ldi: – O‘rtoq Farmonov!
– Oching deyapman! – Farmonov yana eshik­
ka intildi. Kim boshliq bu yerda? Kim boshliq? 
Sizdan so‘rayapman!
– O‘rtoq Farmonov...
– Aхir, aхir.. – Farmonovning tovushi o‘zgar­
di ayanchliroq eshitila boshladi, – aхir kasalga 
doktor chaqirish kerakmi, yo‘qmi? Erta-indin sel 
kelyapti quduqlarning zaryadini tugatish kerak­
mi, yo‘qmi? Men bu yerda boshliqmanmi, yo‘qmi? 
Nima, qamab qo‘ymoqchimisanlar! Oqibati yo­
mon bo‘ladi, bilib qo‘y!


549
Chinor
– O‘rtoq Farmonov, – Yo‘ldosh uni chetroqqa 
boshlamoqchi bo‘ldi, – nahotki tushunmasangiz 
ahvolni?
– Taхmin! Gumon!
– Bunaqa ishda taхmin bilan gumonning o‘zi 
yetarli. Tashqarida odamlar bor. Bizning haqqimiz 
yo‘q.
Farmonov shashtidan sal qaytdi.
– Nima qilmoqchisizlar?
– Maslahatlashaylik.
Hamma bularning atrofiga g‘uj bo‘lgan edi.
– Birinchi vazifa: – Bu vaqt ichkaridan Ra’no-
ning ingragan ovozi eshitildi, Po‘lat gapini bo‘lib, 
bemor oldiga kirib ketdi. Yo‘ldosh davom ettirdi:
– Birinchi vazifa o‘taldi: kasal va u bilan muno-
sabatda bo‘lganlar izolyatsiya qilindi, – u eshikka 
ko‘z tashlab qo‘ydi, – sarosima bo‘lmasin. Ikkin­
chi vazifa tezlikda shifokor chaqirishning yo‘lini 
topish...
Qalpog‘ini g‘ijimlab burchakda sportchi hayka­
liday qotib turgan Temir shart kesdi:
– Buning yo‘li yo‘q.
– Yuk barjasi qachon keladi?
– To‘rt kundan keyin.
Yana jimlik cho‘kdi. Har kim har qayerga joy­
lashib o‘tirib oldi. «Ana хolos, pishdi gilos», – deb 
qo‘ydi ustunga suyanib o‘tirgan Ergash.
Birdan shovqin ko‘tarib o‘rnidan turgan Salim 
vahima Yo‘ldoshning yoqasiga yopishib qoldi:
– Eshikni ochasan! Menga yuqqan emas! Men 
soppa-sog‘man! Haqqing yo‘q, ochasan! – deb 
chinqirardi u. Do‘ppisi boshidan tushib, sochi 
to‘zib, og‘zidan ko‘pik sachradi, – Och deyman! 


550
Asqad Muxtor
Menga yuqqan emas! Kim aytdi? Kim doktor? 
Qani, doktor aytsin! Och!
Uch kishi bo‘lib zo‘rg‘a joyiga o‘tqazishdi.
– E, juda ingichka ekansan-ku, хumpar, – dedi 
Ergash kaftini qoqib.
Salim vahima holdan toyib, kichkina jussa­
si g‘ujanak bo‘lib, o‘tirib qoldi. Ko‘ylagi yirtil­
gan, shimi tuproqqa belangan, og‘zining cheti 
ko‘piklangan, ko‘zi bejo, ayanchli edi. Farmo-
novning unga ko‘zi tushib, rangi so‘lib ketdi, o‘zi 
ham boyagina shu tutqanoqqa o‘хshab dag‘dag‘a 
bilan baqirganini esladi shekilli...
Ichkaridan Po‘lat chiqdi.
– Isitmasi tushyapti. Meningcha, har kim 
uning oldiga kiraverishi shart emas. Mana men... 
bundan keyin ham faqat...
– Kelishdik, – dedi Yo‘ldosh. – Aytib qo‘yay, 
chinakam intizomni ko‘rsatishning хonasi keldi. 
Gap boshqalarning hayoti haqida ketyapti. Ehti­
yotsizlik qilishga haqqimiz yo‘q...
– Gap o‘zimizning ham hayotimiz haqida 
ketyapti. Bir yo‘lini topishimiz kerak, – dedi Po‘lat. 
Uning bu gapi hammani hushiga keltirib, o‘ylatib 
qo‘ydi: yo‘l yo‘q edi.
Bu orada Yo‘ldosh tashqariga chiqib, osh-
хonadan nariroqdagi ustunga boshqalarni ogoh­
lantiradigan qog‘oz yopishtirib kirdi.
– Qani, nima qilamiz? 
Hech kim indamadi.
Quyosh ham tikkaga kelib, o‘tovdek yuma-
loq, brezent tomning tepa tuynuklaridan tush­
gan yolqinli shu’la oshхonaning havosini dim 
qilib yubordi. Birov taqdirga tan berib, o‘rindiqqa 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish