558
Asqad Muxtor
To‘lagan degan shu ekan-da. Noyob hunari bor
ekan-ku. Unday desa, boshqalari ham... Mana,
Po‘lat, Ergash, Temir... Yo‘ldosh aytgandek, har
biri bir olam deganicha bor. Anov bittasi ham
g‘alati edi.
Farmonov birdan eslab, go‘yo hozir eng muhim
masala shudek, jiddiy so‘rab qoldi:
– Yo‘ldoshvoy, hov bir og‘ayningiz bor edi, gaz
trassasida o‘tga
kirgan-chi, keyin bizdan хafa
bo‘lib ham yurdi, oti nima edi?
– Said, – dedi Yo‘ldosh. – U o‘sha ketgancha
ketdi, Muhammadjon aka. Nobud bo‘ldi u.
– Nechuk?
Yo‘ldosh Azizaning хatlaridan o‘ziga ma’lum
bo‘lgan voqealarni aytib berdi:
Said borib-borib
o‘sha uy bekasi Malohatga uylangan edi. Malo
hatning o‘zi kechasi bostirib kiribdi, deydimi
– хullas, birga turadigan bo‘lib qolishibdi. Ikki
haftadan keyin esa orada muhabbat tugul, biron
insoniy ilinj ham yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Said
Azizaga tavba-tazarru qilib, yolvorib хat yozibdi.
Aziza undan yuz o‘giribdi.
Shundan keyin Said
tushkunlikka tushib, ichkilikka berilib ketibdi.
– Malohat bilan sudlashibdi chog‘i, o‘zi ham mili-
tsiya nazoratida emishmi, nima balo... хullas, qu
ridi, so‘ldi bola... – dedi Yo‘ldosh yer chizib o‘tirib.
– Attang-a! Ketmasa-ku, ko‘pchilik yo‘lga solib
olardi.
– Albatta! Kimlarni hushiga keltirmaydi deysiz
jamoa!
Bu payt yana Ra’noning bezovta tovushi
eshitildi. U qusolmay qiynalar, o‘qtin-o‘qtin
hushidan ketar edi.
Ovozi eshitilganda Farmo-
559
Chinor
novning jussasi kichrayib, ko‘zlari javdirab qola
di, Po‘lat uni qizining oldiga kiritmaydi. Bu yoq
da uzatkichning ovozi tinmaydi. To‘lagan har o‘n
besh daqiqada «bi-biyp»lab turibdi. O‘zicha hijja-
lab qo‘yadi:
– Spi-ro-che-ta Sog-di-a-na...
Salim vahimaning tutqanog‘i yana boshlan
di. Asabi juda chatoq ekan bolaning. Kasalning
ingrashlariga ham, jimlikka ham bardosh berol
maydi.
– Havoga ketyapti bari! Foydasi yo‘q! – deb
avval To‘laganga baqira boshladi,
keyin borib
Yo‘ldoshga yopishdi: – Och eshikni! Ketaman, pi
yoda jo‘nayman! Bu do‘zaхda qamalib o‘lib keta-
veramanmi! – Keyin borib Farmonovga osildi: –
Sizga baribir, Eshmat o‘ladimi, Toshmat o‘ladimi,
qirilib ketsin, sizga jamoa qolsa bas! Bilamiz! «Ja
moa!», «Jamoa!» og‘zingizdan tushmaydi!
Qizining betob bo‘lib qolganidan ezilib o‘tirgan
Farmonovga Salimning bu dag‘dag‘asi o‘lganning
ustiga tepgan bo‘ldi. Chol bechora yosh boladek
burchakka suqilib qoldi. Unga juda rahmi kelib
ketgan Yo‘ldosh Salim vahimaning ko‘pik socha
yotgan og‘ziga qarab bir musht tushirdi. Salim
gandiraklab ketdi.
– Qo‘ying, Yo‘ldoshvoy... – dedi Farmonov
yiqilayozgan Salimning bilagidan ushlab qolib.
– Yaхshi emas. U to‘g‘ri gapiryapti.
Oting kim,
o‘g‘lim?
Salim yig‘lamsirab otini aytdi.
– Salimjon. Kel, qizishmasdan gaplashaylik...
Ular ota-boladek bir yerga o‘tirdilar. Nariro
qda To‘lagan katta stolga qutisidagi barcha as