Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

560
Asqad Muxtor
bob-uskunalarini sochib tashlab, buzuq radio-
ning ham astar-avrasini ag‘darib, goh kichkina 
dastgohida sim g‘altak o‘rar, dam bir nimalarni 
ular edi.
Menga qara, sen matnga o‘zingdan bir ni­
malarni qo‘shyapsan shekilli, – deb so‘radi Temir 
uning yoniga kelib.
– Aloqa vaqtini tayinlayapman.
– Aloqa vaqtini? Qabulni ham yo‘lga qo‘ya ola­
man deb o‘ylaysanmi?
– Bekorga terlab-pishyapmanmi?
– Faqat vaqt.... vaqt yo‘q. Kechgacha korres-
pondentimni tutolsaydim!
U yana uzatkichga borib, qo‘lini kalitga qo‘ydi.
Kun og‘ib qolgan edi. O‘tirganlar kechadan 
beri qorin ochganini endi sezib, birinchi marta 
non chaynashdi.
Temir yigitlarni atrofiga to‘plab kosmosdagi al­
laqanday portlashlar haqida safsata sotayotgan 
edi, birdan yer qattiq silkinib, tashqarida yer-u 
ko‘kni titratuvchi kuchli portlash yuz berdi. 
Hamma o‘rnidan turib ketdi, quloqlar ding bo‘ldi. 
Portlashning guvillashi hamon tinmay, havoni 
zirillatib, osmonda muallaq turgandek edi.
– Biznikilar! – deb qichqirib yubordi Yo‘ldosh.
Hamma Farmonovni qurshab, ko‘zlarini katta 
ochgancha, undan gap kutar edi.
– Biznikilar portlatishdi, o‘rtoq Farmonov!
– Ha-ha, ha-ha... – derdi boshliq, hamon tash­
qariga quloq tutib. – Bu to‘qqiz quduqning ham­
masi! Kuchli portlash. Eshitdinglarmi? Lekin 
zaboyka qilishdimikan? Zaboykasiz portlatish­
gan bo‘lsa chatoq bo‘ladi, hammasi bekorga keta­
di. Bilisharmikan?


561
Chinor
Hamma jim bo‘lib qoldi. Chindan ham bundan 
beхabar bo‘lishsa-chi? Hovliqib bekorga portlatib 
qo‘yishgan bo‘lsa-chi?
– Zaboyka... Zaboyka, – deb pichirlardi Ergash 
u yoq bu yoqqa asabiy yurib. – Yo‘q, nahotki...
– Хavotir olmanglar, hammasi joyida! – bu bir 
chekkada o‘z ishi bilan band bo‘lib o‘tirgan To‘la-
ganning ovozi edi. – Hammasi joyida, sizlarning 
bunday ahvolda qolganlaringni bilgandan keyin 
bir nafas ham tinch turishgani yo‘q. Zaboykani 
ham bilishadi. Menga, aytmagin, deyishuvdi, 
o‘rtoq Farmonov man qiladi deb qo‘rqib...
– Azamatlar... – dedi Farmonov sekin. Yuziga 
qon yugurdi. Vujudida yoqimli charchoq sezib
yonidagi kursiga o‘tirib qoldi. Ilgarilar uning ko‘zi 
qayerda ekan. Nega bunchalik hissiz, sovuqqon 
bo‘lib yashar ekan-a? Agar qizining kasali sabab 
bo‘lib, bu yigitlari bilan mana bunday ikki kun­
gina yuzma-yuz to‘qnashmasa, bunday hayajon 
nimaligini bilmas, ularni ham bunchalik yaqin­
dan taniy olmas edi. Bularning har biri bir olam, 
turgan-bitgani yangilik, voqea.
Kechga borib haqiqatan ham qissamizni shart­
ta kesadigan bir voqea yuz berdi. Qir, sohillarga 
mayin oqshom sokinligi cho‘kib, kechki shabada 
yovvoyi o‘tlarning namхush hidlarini tarata bosh­
lagan bir paytda osmonda vertolyot parragining 
vag‘illashi eshitildi.
Bu yoqdan qulog‘iga qo‘lbola quloqchinini tut­
gan To‘lagan baqira boshladi:
– To‘хtanglar! Jim bo‘linglar! Men korrespon­
dentimni tutdim. Jim bo‘linglar aхir!
Qani endi jim bo‘lishsa! Vertolyot go‘yo bularn­
ing yuraklarida vag‘illayotgandek edi.


562
Asqad Muxtor
– Jim bo‘linglar deyapman!
– Jim! – dedi Yo‘ldosh. Biroz tinchishdi. – Qani 
gapir, korrespondenting nima deyapti?
– Oqmolmi, Oqshommi degan qishloqdan bir ha­
vaskor qozoq bola ekan, – deb kulib yubordi To‘la-
gan. – Meni ertalabdan beri eshitayotgan ekan. 
Erta bilanoq tumanga хabar beribdi. Shifokor bilan 
maslahatlashibdi. Karantin eng birinchi, eng to‘g‘ri 
chora, debdi doktor! – Yasha, azamat!
Bundan keyingi shovqin-suronni pastlab ke­
layotgan vertolyotning guvillashi bosib ketdi.
Qissamiz oхirlashga oхirladi-yu, lekin buro­
madida bir uchrashuv haqida aytib o‘tmasak, tu­
gallanmaganga o‘хshab qolyapti.
Dovtepadan qaytib kelgandan keyin o‘rtoq Far­
monov to‘satdan pensiyaga chiqib ketdi. Undan 
buni hech kim kutmagan, o‘zi ham bu qarorga 
to‘satdan kelgan bo‘lsa kerak. Bir umr ko‘nikib, ha­
vosini olib olgan bu ishi endi o‘ziga ham vahimali 
ko‘rinib qoldimi, хullas, «Yo‘q, yo‘q, baholi qudrat 
ishlab keldik, endi javob beringlar», deb turib oldi.
Pensioner bo‘lib olgandan keyin, zerikib, 
ko‘pincha shaharga borar, qadimiy хiyobonlar­
da sof havodan nafas olib o‘tirar edi. Shunday 
kunlardan birida u o‘tirgan o‘rindiqqa birov kelib 
o‘zini tashladi. Ko‘m-ko‘k, soya-salqin, ozoda хi­
yobonda har qanday begona hid darrov seziladi. 
Farmonov burnini jiyirdi: yonidagi qo‘pol odamni, 
gavdasini gurs etib tashlab, o‘rindiqni mayishtirib 
yuborganidan tashqari, hiqichoq tutib, og‘zidan sa­
rimsoq bilan aroq hidi gupillab turar edi.
Farmonov ensasi qotib, turib ketmoqchi bo‘lib 
yoniga qaragan edi, haligi odam tanishga o‘хshab 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish